Mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, vazifalari, ilmiy tadqiqot



Download 195,01 Kb.
bet27/41
Sana25.02.2022
Hajmi195,01 Kb.
#462268
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   41
Bog'liq
1 MAVZU Boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti Boshqaruvda intel

Xarakter. Inson xarakteri – bu uning atrof muhitga va o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatlari majmuasidir. Xarakter quyidagi ob’ektlarga bo‘lgan munosabatlarda ifodalanadi:

    1. Mehnatga munosabat – shaxsning mehnatkashligi yoki yalqovligi, biron topshiriqni oxirigacha yetkazishi yoki yarmisida tashlab ketishi, pala- partish yoki tartibli faoliyat yuritishi, yakka taribda yoki jamoaviy mehnat turini tanlashi va shu kabi sifatlari orqali namoyon bo‘ladi.

    2. Odamlarga munosabat – samimiylik yoki ikkiyuzlamachilik, mulokotga moyil yoki yakkahol, haqiqatparvar yoki yolg‘onga moyillik, o‘zgalar manfaati haqida qayg‘urish yoki o‘z manfaatini har narsadan ustun qo‘yish va shu kabi shaxs xislatlari.

    3. Narsalarga bo‘lgan munosabatda – buyumlarni tartibli saqlash yoki betartiblilik, narsalarni asrab-avaylash yoki ayamaslik, narsalarning qaerdaligini xotirada saqlash yoki parishonxotir.

    4. O‘z-o‘ziga munosabat – g‘urur, obro‘ saqlay olish, o‘ziga talabchanlik, o‘zini nazorat etishning kuchliligi, o‘zini takomillashtirishga intilish va h.k.

Temperamentdan farqli ravishda inson xarakteri hayot davomida va tarbiya ta’sirida shakllanadi. Temperament insonda u yoki bu xarakter xislatining shakllanishiga katta ta’sir o‘tkazadi va hatto poydevor sifatida ishtirok etadi ham. Lekin, xarakter temperamentning oqibati dagan fikr noto‘g‘ri. Temperament va xarakterni bir-biridan farqlar ekanmiz, ular inson faoliyatining turli darajasi ekanligini ta’kidlab o‘tish lozim. Temperament inson faoliyatining miqdoriy ifodasi bo‘lsa, xarakter uning sifat ko‘rsatkichidir. Odam biron faoliyatni tez yoki sekin bajarishi mumkin – bu uning ayni temperamentga mansubligi belgisi, lekin ushbu faoliyatni bajarishga qanchalik vijdonan munosabatda bo‘lish, vazifani chin ko‘ngildan ado etish - bu xarakter ifodasidir. Ko‘pchilik odamlar bilan muloqotga moyillik bu temperament belgisi, lekin bu munosabatlarning yuzaki yoki samimiyligi, insoniy yoki xirsiyligi xarakter xislatidir.
Insonning tashkilot miqyosida mehnatga munosabati bo‘yicha ham klassifikatsiyalash o‘rinlidir. Odatda bunday yondoshuvda quyidagi toifa xodimlarni farq qilishimiz mumkin:
Professionallar va ijrochilar. Professional, ya’ni o‘z kasbining mohir ustasi – bajaradigan mehnati mazmuniga e’tibor beradi, qiyin vaziflarni yaxshi ko‘radi, yangi va kasbga oid ma’lumotlarni olishga intiladi, mustaqil tarzda harakat qilishni ma’qul ko‘radi, o‘zgalarni boshqarishni ham va bo‘ysunishni ham hohlamaydi. Uning uchun asosiy motivatsiya – vazifani tanlashdagi erkinlik, mustaqillik va nazoratning yo‘qligidir.
Ijrochi – jamoada, boshqa hamkasblar guruhida shijoat bilan va faol ishlaydi. Ishga o‘z vaqtida kelib, vaqtida ketishni yaxshi ko‘radi. Ish joyida mas’uliyatni va vazifani aniq taqsimlash tarafdori, o‘zi nima bajarishi kerakligini aniq bilishni xohlaydi, buyruq va topshiriqlarni bajarishga moyillik bildiradi, mas’uliyat va yetakchilikdan o‘zini olib qochadi. Bunday toifaga mansub xodimlar uchun asosiy motivatsiya – rahbariyat tomonidan ularning xulqi va faoliyati natijasini ijobiy baholash, jamoa oldida ma’naviy rag‘batlantirish, tashkilot vakilligini ifodalovchi vazifalarga jalb etish.
Xarakter xislatlarining shakllanishida oilaning roli katta. Ota- onaning turli voqea va hodisalarga, narsalar va atrofdagilarga munosabati bola uchun namuna vazifasini o‘taydi. Shuning uchun tarbiya davomida bolani turli hayot jabhalariga jalb etish, ota va ona bilan hamkorlikda biron vazifalarni oxiriga yetkazish birlamchi xarakter xislatlarini shakllantiradi. Pedagogik psixologiyada juda o‘rinli ibora mavjud: “Ikkichi o‘quvchilar bo‘lmaydi, balki e’tiborsiz va intizomsiz ota-onalar bor”.
Xarakter shakllanishi haqida gapirilar ekan, ko‘pchilikning fikricha, xarakter maktabgacha tarbiyalanadi, degan tushuncha hukm suradi. Hatto 5 yoshgacha bola shakllanib bo‘ladi, degan fikrni qattiq turib himoya qiladigan kimsalarni ko‘plab uchratish mumkin. Umuman olganda, shaxsning shakllanishi bir umr davom etuvchi jarayon bo‘lib, bunda, ayniqsa, o‘smirlik davri va insonning o‘z-o‘zini tarbiyalashi jarayoni beqiyos katta o‘rin tutadi. Hozirgi paytda katta yoshlilar ta’limi dasturlarini faol tatbiq etish, ulg‘aygan insonning komillikka erishishiga ko‘mak ko‘rsatish bir qancha ta’lim muassasalarining markaziy vazifasiga aylanmoqda. Hatto ulg‘aygan shaxsning rivojlanish va komillikka erishish jarayonini o‘rganuvchi maxsus fan – Akmeologiya xam paydo bo‘ldi.
Yuqoridagi fikrlar tashkilot miqyosida shaxs xarakteri xislatlarini shakllantirishda, tashkilot maqsadlariga muvofiqlash tadbirlarini amalga oshirishda rahbariyatga katta umid bag‘ishlaydi degan fikrdamiz.
Tashkilotdagi xodimlarga xos xususiyatlarni inobatga olishda oxirgi paytda fanda o‘z tasdiqini topayotgan yana bir ta’limot - reprezentativ tizimlar haqidagi nazariyadir.
Shaxsning reprezentativ tizimi deganda – insonning tashqi olamdan ma’lumotni idrok etishi, uni miyada qayta ishlashi va bayon etish uslubi tushuniladi. Ma’lumki, odam tashqi olamdagi ma’lumotni beshta sezgi organlari – ko‘rish, eshitish, tana sezgisi (tuyish), ta’m va hid bilish orqali qabul qiladi. Sanab o‘tilganlar ichida birinchi uchtasi asosiy ma’lumot yetkazuvchi sezgi turlari bo‘lib, ularni ba’zan uch asosiy reprezentativ tizim ham deb ataladi. Bunday talqinda ko‘rish-vizual, eshitish-audial, tuyish- kinestetik reprezentativ tizimlar nazarda tutiladi. Aniqlanishicha, har bir inson tashqi muhitdagi ma’lumotni qabul qilishda uchchala reprezentativ tizimdan foydalanadi. Lekin, har bir odamning tabiiy moyilligi va yashash muhiti unda bironta reprezentativ tizimni yetakchi qilib qo‘yadi. Mana shu yetakchi reprezentativ tizimning turliligi tashkilot miqyosidagi xodimlar tipologiyasi uchun yana bir asos bo‘lib xizmat qiladi. Mehnat jamoasini boshqaruvchi rahbar uchun o‘z qo‘li ostidagi xodimda qaysi reprezentativ tizim yetakchiligini bilish muhimdir. Bunday xususiyatni bilgan holda xodimning odatiy harakatlari sababini bilishga, uning xulqi natijalarini oldindan taxmin qila olishga va kezi kelganda biron masalani uning idrokiga mos ravishda tushuntira olishimizga imkon beradi.
O‘zaro muloqot davomida o‘zganing yetakchi reprezentativ tizimini aniqlash quyidagi usullar orqali amalga oshirilishi mumkin:


  1. Download 195,01 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish