MAVZU: Boshqaruv hisobini isloh qilishni nazariy va amaliy jihatlari
Eng murakkab san’at - bu boshqaruv san’atidir.
Karl Veber
Boshqaruv hisobi elementlari respublikamiz iqtisodiyoti uchun yangilik emas. Sobiq ittifoq davrida yuqoridan markazlashtirilgan rejalashtirish sharoitida reja va moliyaviy bo'limlarining buxgalteriya xizmatidan asta- sekin ajralib chiqishi unga buxgalteriya vakolatining bir qismi berilishiga imkon tug'dirdi. Buxgalter va boshqa iqtisodchi mutaxassislar (reja bo'yicha iqtisodchi, mehnat va ish haqi bo'yicha iqtisodchi, moddiy-texnika ta’minoti bo'yicha iqtisodchi va h.k.) tor doiradagi hisob va rejalashtirish bilan cheklanib qoldi.
Bu jarayon natijasida buxgalteriya hisobining butun tizimi deyarli moliyaviy tizimga aylandi va faqat voqealami qayd etuvchi xizmat turiga aylanib qoldi.
Mustaqillik davrida esa bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqarishning mark azlashgan tizimidan voz kechilib, ko'p ukladlilik , biznes-rejalashtirish, erkin narxlarni shakllantirish, istiqbolli loyihalarni tanlash, segmentlarning javobgarligi kabi yangi iqtisodiy kategoriyalar va tushunchalar kirib keldi, mulk egasiga ko'p sonli xodimlar saqlab turish samarali bo'lmay qoldi. Bu holatlar mamlakatimiz buxgalteriya hisobi tarkibida boshqaruv hisobini tashkil etish va rivojlantirish zaruratini yuzaga keltirdi.
Boshqaruv hisobining shakllanishi bilan buxgalter-analitik zimmasiga nafaqat xarajatlar hisobi va mahsulot tannarxini kalkulatsiya qilish, balki korxona hisob siyosatini shakllantirish, byudjetlashtirish, loyihalar tahlili, segmentlar bo'yicha xarajat va daromadlami hisobga olish, ichki xo'jalik transfert baholarini o'matish, hisob tizimini kompuyuterlashtirish kabilar ham yuklatildi.
Hozirgi vaqtda boshqaruv hisobini qo'llashda ma’lum qiyinchiliklar mavjud. Ko'pgina hollarda buxgalterlar moliyaviy hisob va hisobot, soliqlar hisobi va hisoboti fan sifatida tan olinganligi, uning ob’ektlari va sub’ektlari ma’lum bolganligiga qaramasdan buxgalterlaming ko'p vaqti shu masala bilan band bo'lib, boshqaruv hisobining samarali tizim ini tashkil etish uchun vaqt etish masligini ta’kidlashadi. Shunga qaramasdan, amaliyotning ko'rsatishicha, buxgalterning buxgalter-menejerga aylanishi tendentsiyasi kuchaya boshladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, mamlakatimizda boshqaruv hisobini rivojlantirishning nazariy va amaliy yo'nalishlarini belgilash mumkin (9.1-chizma).
Keltirilgan chizmadan ko'rinib turibdiki, respublikamizda boshqaruv hisobini isloh qilishning asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat:
— korxonalar faoliyatini byudjetlashtirish (rejalashtirish);
— boshqaruv hisobini yuritishga mo'ljallangan yangi schetlar rejasini ishlab chiqish;
— xarajatlar hisobi va mahsulot tannarxini aniqlashning zamonaviy usul va tizimlarini qo'llash imkoniyatlarini baholash;
— investitsiya loyihalari bo'yicha boshqaruv qarorlari qabul qilish;
— segmentlar bo'yicha hisob yuritish va hisobot tuzishni tashkil qilish;
— korxonalarda transfert bahoni shakllantirish usullarini joriy etish. Korxonalarda boshqaruv hisobi tizimida byudjetlashtirishni amalga oshirishning zarurati shu bilan belgilanadiki, uning yordamida rejalashtirilgan hisobot davrida korxona rahbari va xodimlari oldida turgan maqsad va vazifalarni shakllantirish, ishlab chiqarish dasturining bajarilishi, daromad va xarajatlami aniqlash, amalga oshiriladigan hisob- kitoblar to'g'riligini kuzatib borish mumkin. Mamlakatimizda boshqaruv hisobining rivojlanishi mavjud buxgalteriya hisobi tizim ining ikki mustaqil: moliyaviy va boshqaruv hisobi schetlar rejasiga bo'linishiga olib keldi.
Boshqaruv to‘g‘risidagi fan XX asrning boshlaridan intensiv ravishda rivojlana boshladi. Insoniyat faoliyatining dastlabki davrlaridan bizgacha faqat boshqaruv tajribalarining tahlili va umumlashgan ko‘rinishlarini o‘zida aks ettirgan uzuq-yuluq ma’lumotlar etib kelgan2.
Xususan, "Ptaxxotepa o‘gitlari" kitobida (Qadimgi Misr, eramizgacha 2000— 1500 yy.) subyekt boshqaruvi boshlig‘iga quyidagicha maslahatlar tavsiya qilingan: ... shikoyatchining so‘zlarini eshitayotganingda bosiq bo‘l, u senga aytishi mumkin bo‘lgan so‘zlarni aytgunicha, ko‘nglini bo‘shatgunicha uning ko‘nglini cho‘ktirma. Baxtsizlikka uchragan odam o‘zining savoliga ijobiy yechimga erishishdan ko‘ra ko‘proq ko‘nglini ochishni xohlaydi"3.
Boshqaruv borasidagi va rahbar bo‘lgan shaxslarga tavsiya qilinadigan shu kabi maslahatlarni zamonaviy adabiyotlarda ham uchratish mumkin. Xususan, S.Parkinson, M.Rustomdji, K.Xovardlar ana shunday maslahatlarni to‘plab, ularni ma’lum tamoyillar asosida guruhlashga harakat qilishgan. Ular tomonidan ishlab chiqilgan ana shunday guruhli maslahatlar rahbarlarga aniq yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘l keladi4.
Qadimgi Gretsiyada Platon ishlab chiqarish jarayonlarini ixtisoslashtirish zarurligi to‘g‘risida gapirgan edi. Suqrot turli faoliyat sohalari boshqaruvchilarining faoliyatlarini tahlil qila turib, ular mehnatining asosini tashkil qiluvchi umumiy tamoyillar to‘g‘risida gapirgan edi: "Asosiy vazifa — kerakli odamni kerakli joyga qo‘yish va o‘zining ko‘rsatmalarini bajarilishiga erishish".
Qadimgi Rimda Katta Katon (eramizgacha 234-149 yy.) yer egasiga quyidagicha maslahat bergan: "Qarash kerak, ishning borishi qanday, nimalar qilindi va yana nimalar qilinishi kerak. Shundan keyin u boshqaruvchidan bajarilgan ishlar to‘g‘risida hisobot va nima uchun ishning bir qismi bajarilmaganligi to‘g‘risida tushuntirish talab qilishi lozim". Shuningdek, boshqaruvchiga yillik ish rejasini berish taklif etilgan5.
Shu bilan birgalikda, qadim zamonlarda odamlar qanday qilib hokimiyatga egalik qilish, ko‘p pul topish va hokazolarga katta e’tibor berganlar va pirovardida, maqsadlariga ishonchli erishish kafolatini beruvchi boshqaruv jarayonini samarali amalga oshirish masalalari ustida kam bosh qotirganlar1.
Boshqaruv "nou-xau"lari boshqaruv elitasining tor doiralarida avloddan- avlodga o‘tib kelgan.
Boshqaruv fanining rivojiga italiyalik davlat arbobi Makiavelli (1469-1527 yy.) katta hissa qo‘shgan. U shunday degan edi: "Hukmdorning aqliga birinchi navbatda, u qanday odamlarni o‘ziga yaqinlashtirayotganligiga qarab baho beriladi; agar bu odamlar sodiq va qobiliyatli bo‘lsalar, u holda har doim uning donoligiga ishonish mumkin, ya’ni u (hukmdor) ularning qobiliyatliligini seza oldi va ularning sodiqligini saqlab qola oldi"1.
Makiavelli ta’kidlagan ediki: "Yordamchining sodiqligini bilishning bitta bexato usuli bor. Agar yordamchi davlatdan ko‘ra ko‘proq o‘z manfaati haqida o‘ylasa va har bir ishda o‘z foydasini izlasa, u hech qachon hukmdorning yaxshi xizmatchisi bo‘la olmaydi"2.
Quyidagi boshqaruvchilikka oid ajoyib fikrlar ham Makiavelliga tegishlidir: "Ko‘pchilik hukmdorlarning ayrimlari o‘zlarining donoligi va shon-shuhrati uchun o‘zlariga emas, balki o‘z yaqinlarining to‘g‘ri maslahatlari oldida qarzdordirlar, deb o‘ylaydilar, lekin bu xato fikrdir. Aslida, ideal qoida quyidagichadir: dono bo‘lmagan hukmdorning maslahatlari foydasizdir"3.
Evropada XVIII asrning o‘rtalarida sanoat inqilobidan keyin boshqaruvga oid qarashlar intensiv rivojlandi. Undan keyin ishlab chiqarishning gurkirab rivojlanishi yig‘uv kombaynining va mashinaning o‘zaro almashinuvchi qismlarini joriy qilinishiga, sifat nazorati usullaridan foydalanishga (E.Uitni), ishlab chiqarish ishchilarining ixtisoslashuviga (Ch.Bebbidj) va hokazolarga olib keldi.
Ilmiy tadqiqotlar natijasi ko‘rsatadiki, hozirga kelib, boshqaruv bo‘yicha juda ko‘p yo‘nalish hamda tadqiqot natijalari mavjud, binobarin, jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida boshqaruv faoliyatini yoki uning tarkibiy qismlarini tizimlashtirishga (bir tizimga solishga) urinishlar ko‘p bo‘lgan.
Ana shu boradagi, aniqrog‘i, boshqaruv faoliyatini tizimlashtirishda eng birinchi va muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ishlar eramizdan oldingi 5 minginchi yillikda qadimgi Shumerda amalga oshirilgan. Shu boradagi urinishlar natijasida nafaqat boshqaruv, balki insoniyat taraqqiyotida muhim omil hisoblangan yozuv yuritila boshlagan edi.
Ularning natijasi o‘laroq, ma’lumotlarni uzatish va jamlash imkoniyatlari paydo bo‘ldi. Bu ana shu vaqt uchun boshqaruv faoliyatini intensifikatsiyalashda rag‘batlantiruvchilik rolini bajargan. Bir tomondan, yozishni biladigan biznesmenlar sinfi paydo bo‘lgan bo‘lsa, boshqa tomondan esa, qadimgi Shumerda savdo operatsiyalari va tijorat hisobotlarida, stixiyali savdo munosabatlarida yuzaga keladigan boshqaruv tizimini yaratish va tartibga solishda ishtirok etuvchi shaxslar sinfi paydo bo‘ldi.
Vavilon podshohi Xammurapining (eramizdan oldingi 1792-1750 yy.) hukmronlik yillarida davlat boshqaruvining Jami qonunlari ishlab chiqildi va kuchga kiritildi. Ushbu Jami qonunlarga muvofiq, davlat boshqaruvi diniy usuldan demokratik usulga o‘tkazildi. Ishlarning bajarilishi ustidan nazorat va javobgarlik kuchaytirildi.
Navuxodonosor II (eramizdan oldingi 605-562 yy.) zamonida boshqaruvning davlat usullari bilan ishlab chiqarish va qurilish sohasidagi nazorat funksiyalarini o‘z ichiga oluvchi boshqaruv usullarining birlashuvi ro‘y berdi4.
Boshqaruv borasidagi maktablarning xizmatlari va qarashlarini bir tizimga solib, undan samarali foydalanishda B.Karlof juda muvaffaqiyatli ishlagan va shu borada uning xizmatlari kattadir. Boshqaruvga oid qarashlar rivojlanishining to‘liq xronologiyasi va boshqaruv faoliyatini tizimlashtirilgan ko‘rinishlari B.Karlof tomonidan quyidagicha keltirilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |