Yozma standart yo‘riqnomalar
|
Emersonning fikricha, yozma standart yo‘riqnomalar to‘plami qonunlar va xo‘jalik yurituvchi subyekt amaliyotining kodifikatsiyasi hisoblanadi. Bu xo‘jalik yurituvchi subyektda erishilgan muvaffaqiyatlar yozma ravishda mustahkamlanishi uchun zarurdir.
|
12
|
Unumdorlik uchun mukofot
|
Ishdagi yaxshi natijalar uchun rag‘batlantirish va ish haqini oshirish tizimining yo‘qligi unumdorlikning pasayishiga olib keladi. Ishchilarning rag‘batlantirish uchun ish haqidan tashqari, rag‘batlantirishning boshqa shakllaridan ham foydalanish maqsadga muvofiqdir.
|
Yuqoridagi tamoyillarning juda ko‘pchiligining hozirgi bosqichidagi ahamiyati va uning yangicha mohiyati Birinchi Prezidentimiz I.Karimov tomonidan biznes, xususan, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga qaratilgan muhim yig‘ilish va tadbirkorlar bilan uchrashuvlarda, mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining o‘ziga xos tomonlarini xisobga olgan holda ochib berilgan, kengaytirilgan1.
Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarni boshqarish jarayoni, ularda ishni tashkil qilish, bozorga o‘zi ishlab chiqargan mahsulot, ish va xizmatlarni olib chiqish, qolaversa chet mamlakatlarga yuqori sifatli mahsulotlarni chiqarish borasidagi juda keng qamrovli yo‘nalish berilgan tamoyillarni barcha xo‘jalik yurituvchi subyekt va tashkilotlar o‘z amaliy faoliyatida qo‘llashlari lozim deb hisoblaymiz.
Boshqaruvni tashkil qilish borasida muhim amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan va umuman, boshqaruv fanining fan sifatida shakllanishida Anri Fayolning (1841-1925 yy.) xizmatlari ham katta ahamiyatga ega. Anri Fayolnig o‘zi juda ko‘p yillar (taxminan
30 yildan ortiq davr mobaynida) Frantsiyadagi yirik tog‘-kon va metallurgiya kompaniyasini boshqargan. U kompaniyani bankrotlik arafasida qabul qilib, o‘zidan keyin eng yirik frantsuz kompaniyalarini qoldirdi. Ijodiy fikrlarning katta amaliy tajribalar bilan uyg‘unlashib ketishi va tashkilotni boshqarish sohasida eksperimentlar olib borish imkoniyatlari boshqaruvga doir qarashlarning rivojlanishida sezilarli turtki bo‘lgan.
U ilmiy ishlarida ko‘targan masalalar mohiyatini ochishda o‘zi ishlayotgan bitta kompaniya doirasida cheklanib qolmadi, aksincha o‘z g‘oyalarini boshqaruv obyekti bo‘lgan ixtiyoriy tashkilotga targ‘ib qildi.
Anri Fayolning boshqaruv fani oldidagi muhim hissasi – u birinchi bo‘lib “boshqaruv” tushunchasiga quyidagicha aniq ta’rif bergan, ya’ni: Boshqarish – xo‘jalik yurituvchi subyektda mavjud bo‘lgan barcha resurslardan maksimal darajada foydalangan holda, xo‘jalik yurituvchi subyektni maqsadlari sari yetaklashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |