Mavzu: Boshqaruv hisobini isloh qilishni nazariy va amaliy jihatlari


Boshqaruvga oid qarashlarning rivojlanish bosqichlari



Download 197,55 Kb.
bet2/9
Sana13.01.2022
Hajmi197,55 Kb.
#355283
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
mustaqil ish

Boshqaruvga oid qarashlarning rivojlanish bosqichlari




Yillar

Shaxs yoki etnik

guruh

Menejmentning rivojlanishidagi asosiy hissasi










1

2

3

Eramizdan oldin

5000

Shumerlar

Yozuv vujudga keldi, ma’lumotlar qayd qilina boshlandi

4000

Misrliklar

Rejalashtirish, tashkillashtirish va nazorat qilish zarurligi asoslandi

2600

Misrliklar

Boshqaruvni tashkil etishdagi nomarkazlashtirish tamoyiliga

amal qilish asoslandi



1800

Xammurapi

Nazorat qilishda guvohlar va yozma hujjutlardan foydalanish, eng kam ish haqining belgilanishi, javobgarlikni

boshqalarga yuklashlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi tan olingan



1491

Yahudiylar

Tashkillashtirish konsepsiyasi asoslandi

600

Navuxodonosor

Ishlab chiqarishni nazorat qilish va rag‘batlantirishni ish

haqi orqali amalga oshirish



400

Suqrot

Menejmentning universallik tamoyili shakllantirildi

400

Ksenofont

Menejmentning alohida san’at turi sifatida tan olinishi

175

Katon

Ishlarni yozib borilishidan foydalanish

Eramizda

20

Iisus Xristos (Iso

payg‘ambar)



Yagona boshlanish. Oltin qoida. Insoniy munosabatlar

1100

Gazali (Imom

G‘azzoli)



Menejerga qo‘yiladigan talablar

1835

Marshall, Logman

Menejmentning tan olinishi va nisbatan muhimligining

muhokama qilinishi



1881

Jozef Varton

Kollejlar uchun tadbirkorlik menejmenti kursining ishlab

chiqilishi



1900

F.U.Teylor

Ilmiy Menejment, tizimli yondashuv, kadrlar Menejmenti, mehnat va Menejment o‘rtasida kooperatsiyaning zarurligi,

funksional tashkilot, baholash



1916

G.Fayol
A.G.Chern

Menejmentning dastlabki to‘liq nazariyasi shakllandi, uning funksiyalari, tamoyillari, Menejmentning o‘qitilishini zarurligini tan olinishi

Menejmentning funksional konsepsiyasi



1919

Morris Kuk

Menejmentdan turli sohalarda foydalanish imkoniyati

ochildi


1927

Elton Meyo

Guruhli intilishlarning sotsiologik konsepsiyasi

1943

Lindell Urvik

Menejment tamoyillarining yagona korelyatsiyasi ishlab

chiqilishi



1949

Norbert Viner

Informatsiyalar nazariyasida tizimli tahlilning ishlab

chiqilishi



1976

Romari Styuart

Har xil vaziyatlarda Menejer faoliyatini cheklash va alternativ usullar

1985

Tom Peters


Iste’molchilarga odamlar singari, tashkilot personaliga esa biznes rivojlanishining muhim resursi kabi munosabatda


Boshqaruv hisobining kontseptsiyasi schetlar rejasini amaliyotga joriy etish ikki razryadli buxgalteriya hisobi schetlari tizimidan to‘rt razryadli tizimga o'tish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu amaliyotda qo'llanib kelinayotgan schetlar rejasi bo'lib, bunda barcha schetlar balans tuzishda ishtirok etadi. To'rt razryadli schetlar tizimi ulam i to'rtta razryadga ajratadi:

a) balans schetlari, ya’ni, balans tuzishda ishtirok etuvchi schetlar;

b) operatsion, "Xarajatlar — ishlab chiqarish hajmi — foyda" usuli bo'yicha moliyaviy natijalam i aniqlashda qo'llaniladigan va boshqaruv buxgalteriyasida foydalaniladigan schetlar (9.1-jadval).

Korxonalarda xarajatlar hisobi va tannarx kalkulatsiyasining zamonaviy usul hamda tizimlarini qo'llash ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxini to'g'ri aniqlash, chetlanishlar hisobi va tahlilini yuritish kabi imkoniyatlarni beradi. Ularga "Direkt-kosting", "Standart-kost", "JIT", "ABC", "SCA" va "FQT’’la m i kiritish mumkin.

Boshqaruv hisobi manfaati jihatidan qaraladigan bo‘lsa, oddiy qilib aytganda, "Standart-kost" tizimi boshqaruv tomonidan xarajatlarni rejalashtirish va ularni nazorat qilish uchun ishlatiladigan quroldir. U o‘z o‘zidan xarajatlarni hisobga olish tizimi sifatida ishlatilmaydi, jarayon bo‘yicha tannarx hisob-kitob uslublari, yoki ularning har qanday kombinatsiyalarida buyurtma sifatida ishlatilishi mumkin. Xo‘jalik yurituvchi subyekt «Standart-kost» tizimini to‘liq qo‘llaganda, sotilgan mahsulotlar tannarxi va zahira hisobiga ta’sir etuvchi barcha xarajatlar amalga oshirilgan xaqqoniy xarajatlar ko‘rinishida emas, balki oldindan aniqlangan xarajat yoki me’yoriy ko‘rinishda ifodalanadi. Xarajatlar xarakati va hisob tizimiga kiritilgan me’yoriy xarajatlar «xarajat

- hajm - daromad» ko‘rsatkichlari bilan birgalikda byudjetlarni nazorat qilishda ma’lumotlar manbaini ta’minlaydi.

Bu usuldan – xo‘jalik yurituvchi subyektni boshqarishning turli qirralarida va maxsus ishchilarning ish faoliyatini baholashda, har xil ishlab chiqarish istiqboli variantlarini ko‘rib chiqishda va byudjetni tayyorlashda foydalaniladi va bu usul, shuningdek ishlab chiqarilgan mahsulotga (bajarilgan ishga, ko‘rsatilgan xizmatga) sotish bahosini belgilashda yordam beradi.

«Standart-kost» tizimi rivojlangan mamlakatlar ishlab chiqarish kompaniya va xo‘jalik yurituvchi subyektlarining deyarlik barchasida qo‘llaniladi. Lekin, bu tizimda qo‘yilgan maqsadga erishishda omillarning mohiyatini va ta’sirini baholash turli mamlakatlarda turlicha (jadvalga qarang). Masalan,





ahamiyatlilik darajasiga qarab tizimda tutgan o‘rni

AQSh-

da


Kanadada

Yaponiyada

Angliyada

Xarajatlarni boshqarish

1

1

1

2

Baholarni belgilash va baho siyosati

2

3

2

1

Byudjetli rejalashtirish va uni nazorat

qilish


3

2

3

3

Moliyaviy hisobotni tayyorlash

4

4

4

4

Boshqaruv hisobida oqilona investitsiya qarorlari qabul qilishni ta’minlash korxonaning investitsiya faoliyati murakkabligi va dastlab taqdim qilinayotgan loyihalarning iqtisodiy samaradorligini baholash hamda ularning ko'p mablag' talab qiladigan tomonlarini tahlil qilish zarurati bilan belgilanadi.

Shuningdek, korxona bo'linmalarida sodir bo'lgan muomalalami to'liq hisobga olish ularni muayyan vakolatlar va m as’uliyatlar bo'yicha segmentlarga ajratishni taqozo etadi. Segm entar hisobot axborotlari biznesning har bir segmenti faoliyatini sifat jihatdan baholash imkonini beradi.

Korxona segmentlari (javobgarlik markazlari) faoliyatini boshqarishda ular o'rtasida transfert bahoni to'g'ri shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Transfert baho korxonaning bir javobgarlik markazidan boshqa javobgarlik m arkaziga o'tkaziladigan m ateriallar, yarim tayyor mahsulotlar yoki xizmatlar bahosini aniqlashda qo'llaniladi.

Boshqaruv qadimdan paydo bo‘lib, rivojlanib kelmoqda. Boshqaruv faoliyati samarali tashkil etilmaganda edi, Misr ehromlari qurilmagan, Vavilonning go‘zal bog‘lari bunyod etilmagan, urushlar bo‘lmagan, shaharlar va davlatlar paydo bo‘lib, gullab-yashnamagan bo‘lar edi3.

Boshqaruv xo‘jalik yurituvchi subyekt va tashkilotlar paydo bo‘lishi bilan shakllana boshladi. Ammo qadimda tashkilotlar hozirgi zamonaviy xo‘jalik yurituvchi subyekt va tashkilotlardan sezilarli darajada farq qilgan. Bu farqlarni xo‘jalik yurituvchi subyekt va tashkilotlar ko‘lamining juda kichikligi va shunga muvofiq yirik tashkilotlar va rahbarlar sonining kamligi; o‘rta bo‘g‘in rahbarlarining amalda yo‘qligi; rahbarlik lavozimlarini kuch, ya’ni zo‘ravonlik bilan egallash;

buyruqbozlikka katta e’tibor berish; tashkilot uchun muhim qaror qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar sonining kamligida kuzatish mumkin.

Karlof tomonidan bir tizimga solingan boshqaruvga oid qarashlarning eng muhim rivojlanish bosqichlari shu sohani o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun muhim yo‘riqnomadir. Ana shu tizimda keltirilgan, ya’ni qadimda o‘rganilgan boshqaruv usullarining aksariyati bugungi kunda ham o‘z dolzarbligi va ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Shunga muvofiq, ularni yanada rivojlantirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga yaqin bo‘lgan jihatlarini takomillashtirish, zamonaviy boshqaruv fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi, deb hisoblaymiz.

Taraqqiyotning hozirgi bosqichida, boshqaruvga oid qarashlarning tez rivojlanayotganligini kuzatish mumkin.

Bu taraqqiyot bosqichidagi boshqaruv qanday bo‘lishi, xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini samarali tashkil qilish uchun uning qaysi yo‘nalishlari, tamoyillari va usullari asos qilib olinishi lozim degan muhim masalani yechish maqsadida uning iqtisodiy rivojlanish tarixiga yaqin bo‘lgan davrdagi nazariyasi mohiyatini, tashkil qilishning yo‘nalishi va usullarini yaqindan o‘rganish lozim.

Bu borada butun dunyoda tan olingan amerikalik injener Teylorning (1856-1915 yy.) hissasi katta bo‘lgan. U boshqaruv nazariyasining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan. Bunga, asosan, XX asr boshlarida

AQShda yuzaga kelgan ijtimoiy-siyosiy vaziyat turtki bo‘ldi. AQSh uchun ushbu davrda sanoatning gurkirab rivojlanishi xususiyatli bo‘lib, temir yo‘l tarmoqlari mamlakatni samarali boshqaruvga ehtiyoj sezgan yirik ishchi kuchi bozoriga aylantirdi. Birinchi navbatda tadbirkorlar boshqarish usullariga katta e’tibor bergan xo‘jalik yurituvchi subyektlar gullab- yashnadi.

Qayd etish lozimki, ana shu vaqtgacha tadbirkorlarga menejmentning sirlari o‘rgatilmas edi. Ammo oldindan to‘plangan tajribalar o‘z ijobiy natijasini berdi1.

Eng muhimi va mamlakatimiz amaliyoti uchun e’tiborlisi — ana shu davrda boshqaruv san’ati tajribalar asosida rivojlandi, boshqaruvga o‘qitish esa, faqat tadbirkorlarning shaxsiy xatolari va kashfiyotlari evaziga amalga oshirildi. Ana shu vujudga kelgan iqtisodiy-ijtimoiy vaziyatning barchasi boshqaruvning fan sifatida kelib chiqishi uchun asos yaratdi.

Boshqaruv to‘g‘risidagi zamonaviy fan 1911 yilda Teylorning "Ilmiy boshqaruv tamoyillari" kitobi nashrdan chiqishi bilan boshlandi. Teylor quyidagicha tavsiflanadigan "Ilmiy boshqaruv" tizimini taklif qildi: "An’anaviy bilimlar o‘rniga

— fan; qarama-qarshiliklar o‘rniga — garmoniya; yakka mehnat o‘rniga — hamkorlik; unumdorlikni cheklash o‘rniga — maksimal unumdorlik; har bir alohida ishchining eng maksimal unumdorlikka erishishi va eng yuqori darajadagi farovonlik"

Teylor birinchi bo‘lib, har qanday ixtiyoriy olingan xo‘jalik yurituvchi subyektda boshqaruvni samarali tashkil qilish uchun quyidagi 4 ta mezon bajarilishi lozimligini ilmiy jihatdan asoslagan1:




Download 197,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish