3-BOB BO‘YICHA XULOSALAR
Ta'lim jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish masalasining ilgari surilishi muhim pedagogik muammo. Ta'lim jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishda muayyan samaralarga erishish uchun o‘qituvchilar axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish omillarni, shakl va metodlarni bilishlari maqsadga muvofiqdir.
Ta'lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy axborot texnologiyalarini ma'lum bosqichlar asosida joriy qilish maqsadga muvofiq. Boshlang‘ich ta'lim-tarbiya jarayonida axborot texnologiyalari asosida dars va tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish, «ta'lim beruvchi-ta'lim oluvchi» dialogidan voz kechishni va «ta'lim beruvchi- AKT-ta'lim oluvchi» ko‘rinishidagi uch tomonlama o‘zaro munosabatga o‘tishni nazarda tutadi. Axborot – kommmunikatsiya texnologiyalari asosidagi ta'lim berish sharoitlariga nisbatan o‘qituvchilarda ko‘nikmalar hosil qilish, ularga axborot–kommunikatsiya texnologiyalarining shaxs kamolotidagi o‘rni va roli bilan tanishtirish maqsadga muvofiqdir.
UMUMIY XULOSALAR
Tadqiqotimiz shuni ko‘rsatadiki, ta'lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshiradigan omillari ichida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari oldigi o‘rinlardan birida turadi. O‘zbekistonda ta'lim jarayonida AKTni qo‘llash bo‘yicha keng qamrovli ishlar olib borilmoqda va uning huquqiy va me'yoriy asoslari yaratilgan. Axborot texnalogiyalari asosidagi darslarning qulayligi shundaki, unda o‘quvchining o‘quv materiallarini o‘zlashtirib olayotganligini doimiy ketma-ket kuzatishga, nazorat olib borishga, ta'lim oluvchilarda o‘quv jarayoniga nisbatan qiziqishlarning paydo bo‘lishida ko‘rinadi. Ta'limda AKTning qo‘llanilishi (kompyuterli o‘qitish; ta'limda multimediya-tizimlarni qo‘llash; ta'limda interaktiv kompyuter vositalarini qo‘llash)lardan foydalanish yuqori samara beradi. O‘quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish foydalanuvchilarning tafakkur ko‘nikmalarini va murakkab vazifalarni hal qilish malakalarini rivojlantirishning yangi yo‘llarini ochib beradi, ta'limni faollashtirish uchun prinsipial yangi imkoniyatlarni taqdim qiladi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari auditoriya va mustaqil mashg‘ulotlarni yanada qiziqarli va ishonchli, o‘rganiladigan axborotning katta oqimini oson o‘zlashtiriladigan qilish imkonini beradi. Axborot texnologiyalaridan foydalanishda axborotlarning jamlanganligi, ko‘rgazmaliligi, ya'ni turli xil taqdim etish imkoniyatlariiing mavjudligi, animatsiyalardan foydalanish, ta'lim-tarbiya oluvchilarning yoshi va fiziologik xususiyatlariga mos axborotlarni taqdim etib borish o‘quvchilarda bilim olishga bo‘lgan ichki harakatlantiruvchi kuchlar(motiv)ni yuzaga keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |