Tarbiyaviy soatlar kompyuter bilan.
Maktabda kompyuter paydo bo‘lganidan beri tarbiyaviy soatlarda ulardan foydalanish imkoniyati tug‘ildi. Kompyuterdan foydalanib, tashkil etilgan tarbiyaviy soatlar o‘quvchilarning qiziqishlari ortishiga, tarbiviy soatning sifati, samaradorligi ortishiga imkoniyat yaratadi. Buning uchun slaydlar tayyorlash maqsadga muvofiq. Ko‘plab rasmlar videofragmentlar, musiqalar o‘quvchilarni qiziqishlarini ortishiga xizmat qiladi. Bir so‘z bilan aytganda, faqatgina o‘quvchilar tasavvuriga asoslanadigan oddiy suhbatda esa bunday natijaga erishib bo‘lmaydi.
Sinf rahbarlarining diqqatini ana shunday tarbiyaviy soatlarni o‘tkazishga qaratish mumkin. Buning uchun MS Power Point dasturidan foydalanish talab etiladi. Slaydlardan foydalanganda musiqali, video rolikdan foydalanish imkoniyati ham mavjud bo‘ladi, bunda kolonkalardan foydalanish kerak bo‘ladi. Eng qiyin ishlardan biri, aynan mavzu xarakterini aks ettiruvchi rasmlarni izlab topish bo‘lib, bunda Internet imkoniyatlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Masalan “Qomusimiz-baxtimiz” mavzusidagi tarbiyaviy soatda Power Point dasturida yaratilgan quyidagi slayddan foydalanish mumkin:
Kitoblardan foydalanganda esa ularni skaner qilish kerak. Shunday qilib, topilgan materialga umuman boshqacha tus berib foydalanish mumkin: uni ko‘rgazmali, tushunarli va qiziqarli, milliylik ruhini aks ettirgan holda tayyorlash mumkin. Misol uchun, mustaqillik yillari haqida gapirganda, og‘zaki ravishdaga hikoyadan foydalanganda hyech bo‘lmaganda, mustaqillik uchun kurashgan insonlar hayoti, qismati haqida hikoya qiluvchi rasmlardan foydalanish, shahid ketgan insonlar haqida hikoya qiluvchi videolavhalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Bayramlar va o‘yinlar yuqori darajada!
Bugun maktabdagi bayramlarda kompyuter o‘qituvchining beminnat yordamchisiga aylanib qolganligi hyech kimga sir emas. Multimediyalardan, proektorlardan foydalanib, musiqali tashkil etilgan bayramlar, bayramni yuqori sifat bilan tashkil etish imkoniyatini beradi va o‘quvchilarga juda yoqadi.
Bugun turli o‘yinlarni ham tashkil etish imkoniyati tug‘ildi. Qayd etish lozimki, bolalarga teledasturdan o‘rin olgan o‘yinlarda ishtirok etish ko‘proq ma'quldir. Har bir bolada televizorda chiqish imkoniyati bo‘lmasligi, bu esa teledastur o‘yinlarga bo‘lgan ularning qiziqishlarini yanada ortishiga xizmat qiladi, bugun zamonaviy texnika bolalarning bu qiziqishlarini qondirish imkoniyatiga ega. Masalan: «Quvnoq startlar» o‘yinini misol tariqasida keltirish mumkin. Qiziqarli va intellektual tadbirlar o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytiradi, fikrlashga o‘rgatadi. Ko‘rgazmalilik va yuksak texnologiya darajasi shaharlardan uzoqda yashovchi bolalarga zamon bilan hamnafas yashash imkonini yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |