Mavzu: Boshlang’ich ta’limda axborot kommunikatsiya texnologyalaridan foydalanish



Download 2,31 Mb.
bet10/19
Sana28.05.2022
Hajmi2,31 Mb.
#612999
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
Boshlangich talimda azborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish

Kompyuter - bizniing do‘stimiz
Dunyo shunday shiddat bilan o‘zgarmoqdaki, bugungi kun o‘qituvchisini o‘quv, tarbiyaviy faoliyatini fan va texnikaning rivojlangan texnologiyalaridan ayri holda tasavvur qilishning o‘zi qiyin. O‘qituvchilar vazifalari keng qamrovlidir. Ular o‘quvchilarni o‘qitibgina qolmay, ularni ana shu davr talablariga “labbay “deb javob beradigan qilib tayyorlashlari ham davr talablaridan biridir. Yangi avlod darsliklari yaratilmoqda, yangi fanlar kirib kelmoqda. Bular bilan ishlash o‘qituvchidan nafaqat vaqt, balki, zaruriy bilimni ham talab qiladi.
Savol tug‘iladi, o‘qituvchining mashaqqatli mehnatini yengillashtirish uchun kompyuterdan foydalanish mumkinmi? Hech ikkilanmay javob berish mumkinki, albatta ha. Bunday ishonch bilan javob berishimizning asosiy sababi bor. U ham bo‘lsa, bugungi kunning deyarli har bir o‘quvchisiga kompyuter bilan ishlash, unda o‘yinlarni o‘ynab vaqt o‘tkazish yoqadi. Nima uchun ana shu qiziqishni to‘g‘ri yo‘lga solishga harakat qilmasligimiz kerak.
Buning uchun bir oz hohish, birozgina chidam, bir ozgina bo‘sh vaqt va albatta bolalarga va kasbimizga bo‘lgan muhabbat bo‘lsa yetarlidir. Kompyuter texnologiyalarisiz zamon talablariga javob beradigan bolani tarbiyalash anchayin qiyindir. Bu zamon talabidir. Pedagog o‘zi esa yanglikdan xabardor bo‘lib, zamon bilan hamnafas yashamog‘i darkor.
Bolalar pedagogning zamonviy texnologiyalardan xabardor, ulardan ta'lim-tarbiya jarayonida foydalana oladigan zukko ekanliklarini his qilsalar u bilan aloqaga oson kirishadilar.
Elektron tarbiyachi. Biz “MAKTAB” deganimizda, faqatgina bolalarni o‘qitadigan maskanni emas, balki ularga hayot yo‘lida o‘z o‘rnini topishga yordam beradigan pedagoglarni, ularga to‘g‘ri yo‘lni topishga yo‘naltiradigan tarbiyachilarni ham ko‘z oldimizga keltiramiz. Biz hozir aynan tarbiya jarayonida yangi informatsion texnologiyasidan foydalanish xususida so‘z yuritamiz. Ma'lumki, kompyuter bugungi kunda ham bizning, ham bolalar hayotining, faoliyatining bir bo‘lagiga aylanib ulgurdi. Biroq hamma yerda bo‘lgani kabi bu o‘rinda ham yangilikka qarshi chiquvchilar, kompyuter imkoniyatlaridan tarbiya jarayonida foydalanishni istamaydiganlar talaygina. Albatta, biz bolalarimiz tarbiyasini hyech qanday aqlli mashinalarga ishonolmaymiz. Biroq, kompyuter bizning faolitimizda beminnat yordamchi bo‘lishi, ta'lim-tarbiya jarayoniga yangi informatsion texnologiyalarni mahorat bilan olib kirishi lozimki, o‘quvchilar sezmay ham qolsinlar!
O‘qituvchining tarbiyaviy funksiyasi maktab ishidagi yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Bu funksiyani to‘laqonli amalga oshirish imkoniyatlaridan biri, sinf tarbiyaviy soatlaridir. Sinf tarbiyaviy soatlarini tayyorlash va o‘tkazishda kompyuterdan foydalanish o‘quvchilarni qiziqishini ortishiga, tarbiyaviy soat sifatini ortishiga xizmat qilishi tabiiy hol deb bemalol aytishimiz mumkin.
Barchamizga ma'lumki, bugun sotuvda tarbiyaviy xarakterga ega ko‘plab badiiy va hujjatli filmlarning disklari va kassetalari mavjud, shuningdek, tayyor sinf tarbiyaviy soatlarining ishlanmalarini ham topish mumkin. Televizorda ham tamaki mahsulotlarini chekish, alkogolli ichimliklarni iste'mol qilishning zararli oqibatlari haqida hikoya qiluvchi ko‘rsatuvlar ham talaygina. Bu filmlarni bolalar tarbiyaviy soatlarda ko‘rishlari va muhokama qilishlari kerak. Bu o‘rinda ham albatta, internetga ulanish imkoniyati bo‘lgan kompyuter kerak bo‘ladi. “Dunyo global tarmog‘i”da biz hohlagan yo‘nalishdagi, mavzudagi badiiy va hujjatli filmlarni topish imkoniyati mavjud. Undan nafaqat tarbiyaviy soatda, balki ayrim mavzularni o‘rganishda ham foydalanish mumkin.

Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish