Mavzu: Boshlang'ich sinf o'quvchilarining tasavvuri rivojlanishiga nutq nuqsonlarining ta'siri Mundarija Kirish I- bob. Tasavvur rivojlanishining ilmiy pedagogik va psixologik adabiyotlarda yoritilishi


II-bob. Boshlang‘ich sinf о‘quvchilarida nutq kamchiliklarining о‘ziga xos xususiyatlari



Download 52,65 Kb.
bet6/10
Sana12.01.2022
Hajmi52,65 Kb.
#353706
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Boshlang'ich sinf o'quvchilarining tasavvuri rivojlanishiga nutq

II-bob. Boshlang‘ich sinf о‘quvchilarida nutq kamchiliklarining о‘ziga xos xususiyatlari

2.1 Nutq kamchiligiga ega boshlang'ich sinf o'quvchilarni tasavvurini tekshirish metodikasi.

Kuzatuvchi eksperimentning maqsadi:, Nutq kamchiligiga ega boshlang'ich sinf o'quvchilarni tasavvurini tekshirish, ularning о‘ziga xos nutqiy rivojlanish xususiyatlarini о‘rganish, tahlil qilish, 2, 3-sinf о‘quvchilarida og‘zaki va yozma nutq kamchiliklarini aniqlash va о‘rganish, tahlil qilish.

Tajriba-sinov ishlari ikki yо‘nalishda olib borildi. Kuzatuvchi eksperimentning vazifalari:



  1. 1, 2, 3-sinf о‘quvchilarining og‘zaki nutq kamchiliklarini aniqlash.

  2. 3-sinf о‘quvchilarining yozma nutqini tekshirish.

  3. olingan natijalarni qiyosiy tahlil qilish.

Kuzatuvchi eksperiment о‘tkazishda quyidagi tamoyillarga asoslanib logopedik tekshirish ishlarini olib bordik.

Tekshiruvlar quyidagi tamoyillarga tayangan holda olib borildi: komplekslilik tamoyili. Bu tamoyil boshlang’ich sinf о‘quvchilari bilan ish olib borish faoliyatiga jalb qilingan barcha mutaxassislardan, shuningdek о‘quvchilarning ota-onalari yoki ota-onalarining о‘rnini bosuvchi shaxslardan olingan barcha ma’lumotlarni kompleks о‘rganishni talab qiladi. Rivojlantirish tamoyili. Bu tamoyil boshlang’ich sinf о‘quvchilarining anamnezlari va ruhiy-pedagogik xususiyatlarini о‘rganishda turli ruhiy chekinishlarning yuzaga kelish shart-sharoitlarini tadqiq etishni, kamchiliklarning rivojlanish tendensiyalarini, rivojlanishdagi kamchilikni qoplash (kompensatsiya qilish)ning qanday hollari mavjudligini, shuningdek о‘quvchilarning nutqi takomillashuvi, rivojlanishi, sinzetiv (uch yoshgacha) va undan keyingi yoshlarda ruhiy-jismoniy о‘sishi qanday kechganligini aniqlashni ko’zda tutadi. Tekshiruv natijalari bo’yicha xulosa chiqarishda boshlang’ich sinf

о‘quvchisining eng yaqin rivojlanish zonasini aniqlab, belgilab olish g‘oyat muhimdir. Sistemali dinamik о‘rganish tamoyili. Bu tamoyil ruhiy rivojlanishdagi kamchilikning barcha pog‘onalarini aniqlab olishni, shuningdek о‘quvchi ruhiy faoliyatining barcha jihatlari (biron ishni bajarishda sabab topish, yо‘l-yо‘riq izlash, uni ijro etish va nazorat qilish)ni tahlil etishni nazarda tutadi. Ma’lumotlarni sifat jihatdan tahlil etish tamoyili. Ma’lumotlarni faqat son jihatdan tahlil qilish bilan cheklanmay, balki har qanday topshiriqni о‘quvchi tomonidan bajarilish jarayoni, о‘quvchi xatti-harakatlarining xususiyatlari (u yо‘l qо‘ygan xatolar turi va xususiyati, topshiriqni bajarish jarayoniga kirishuvi, faollik darajasi) hamda tekshiruv natijalarini sifat jihatdan tekshirish g’oyat muhimdir. R topshiriqlarni bajarish jarayonining sifat jihatdan tahlili tamoyili quyidagilarni aniqlab berishga qaratiladi: о‘quvchining topshiriq shartlarini tushunib yetishi, faktlarni aniqlash, topshiriqni bajarish shartlarini angab yetish qobiliyatiga egalik darajasi; о‘quvchi qо‘yilgan masalani yechish usullarini izlay oladimi yoki urinishlar va xatolar yо‘lidan boradimi; о‘quvchi qо‘yilgan masalani yechish jarayonini nazorat qila oladimi, har bir yechim bosqichini umumiy masala bilan qiyoslay oladimi; о‘quvchi masala yechimini chetdan yordamsiz, о‘zi mustaqil topishga harakat qiladimi yo yо‘qmi; olingan natijani tekshirib kо‘rishga harakat qiladimi hamda topilgan usulni о‘xshash masalalarni yechishda qo’llay oladimi.

Olingan natijalarni tahlil etishda kо‘rgazmali-ta’sirchan, kо‘rgazmali-obrazli, nutqiy-mantiqiy tafakkur shakllarining taraqqiyot darajasi va ularning о‘zaro aloqalarini aniqlash talab etiladi. Bundan tashqari fikrlash operasiyalari (analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, mavhumiylash, tasniflash va b.) ning shakllanganlik va о‘zaro ta’sir darajasini, nutqiy-fikrlash xususiyatlariga amal qilish jarayonlarini tadqiq qilish alohida ahamiyat kasb etadi.

Logopedik tekshirish metodikasini ishlab chiqishda biz L.Mo’minovaning “Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini logopelik tekshirish” metodikasiga tayandik va uni boshlang‘ich sinf о‘quvchilarga moslashtirdik, yozma nutqini tekshirishda I.N.Sadovnikovaning rusi zabon о‘quvchilarga tuzgan diktant

tо‘plamidan foydalandik13.

О‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqining logopedik tekshiruvi olti yо‘nalish bо‘yicha olib borildi:


  1. tovushlar talaffuzini tekshirish;

  2. fonematik idrok va fonematik tasavvurlarni tekshirish;

  3. lug‘at boyligini tekshirish;

  4. nutqning grammatik tomonini tekshirish;

  5. nutq sur’ati va ravonligini tekshirish;

  6. о‘quvchilarning yozma nutqini tekshirish14;.


Download 52,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish