II BOB. BOSHLANG’ICH TA’LIMDA FANLARNI INTEGRATIV VA INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA TASHKIL ETISH YO’LLARI
Boshlang’ich ta’limda integratsiya va innovatsion yondashuv metodlari va usullari
Pedagogik fanda integratsiya tushunchasi. muhim ilmiy termin bo‘lib, u umumlashtirish, xulosalash va metodologik vosita bo‘lib hisoblanadi, chunki, uning yordamida jarayon va hodisalar mazmunlari orasidagi umumiy uyg’unlik algoritmlari yaratiladi.
O’quv jarayonida fanlararo aloqadorlik ta’minlangan sharoitda o’quvchilarning egallagan bilimlari samarali rivojlanishi bilan bir qatorda ularning idrok etish qobiliyati, faolliklari, qiziqishlari, aqliy intellektual imkoniyatlari ortishiga erishiladi. O’quv jarayonida fanlararo aloqadorlikni turli o’quv fanlari bo’yicha o’quv dasturlari, darsliklar mutanosibligini ta’minlovchi didaktik imkoniyat sifatida tushunish lozim.
Integratsiyada - bu borada ikki tushuncha mavjud:
- tizim, organizimning alohida tabaqalashtirilgan qism va vazifalarning bog‘liqlik holatini bildiruvchi tushuncha va shu holadga olib boruvchi jarayon;
- tabaqalashtirish jarayonlari bilan birga amalga oshirilayotgan fanlarni yaqinlashtirish jarayoni.
Differensiatsiya fransuzcha “defferention”, lotincha “differentia” - farq, har xillik, ya’ni butunni bo‘laklarga bo‘lish, ajratish. Ta’lim mazmunini integratsiyalash - dunyo an’anasi (g‘oya, fikr, intilish). Integrativ yondashish turli darajadagi tizimli aloqalarning ob’ektiv yaxlitligini aks ettiradi (tabiat - jamiyat - inson). Integratsiya ilgari bo‘lingan qismlarni bir butunga birlashtirish bilan bog‘liq. U tizim elementlarining yaxlitlik va uyushqoqlik darajasini oshirishga olib keladi.
Integratsiyalash mobaynida bir - biriga bog‘liqlik hajmi oshadi va tartibga tushadi, shu tizim qismlarining ishlashi va o‘rganish ob’ekti tartibga solinadi. Bu umumiy qoidalarni qanday qilib maktab ta’limida qo‘llash mumkin? Zamonaviy didaktik va metodikada ta’kidlanishicha, o‘quvchilarni o‘qitish va tarbiyasining muvaffaqiyatlari ularda dunyo birligi haqida tushunchaning shakllanganligi, o‘z faoliyatlari umumiy tabiat qonunlari asosida yo‘lga solish zaruratini tushunishlari, tabiatshunoslik kursida fanlararo va fanlar ichidagi aloqalarni yecha olishlari bilan bog‘liq.
Ta’limni integratsiyalash o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini faollashtiradi. Bunda, o‘quvchi o‘z faolligini tanish fan bilimlarini mavjud bo‘lgan noma’lum munosabatlarni izlashga yoki aniq o‘rnatilgan fanlararo aloqadorlik asosida yangi tushunchalarni shakllantirishga safarbar etadi. Fanlararo aloqalarni o‘zlashtirishdagi tajriba natijasida olingan bilimlarga intilish faolligi kuzatiladi. Fanlararo aloqadorlik har bir o‘quv fani uchun maxsus bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar orasidagi aloqadorliklarga va turli fanlar uchun umumiy bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar orasidagi aloqadorliklarga bo‘linishi mumkin. Fanlararo aloqadorlik bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish sohasida ham, ijodiy faoliyat va borliqdagi o‘zlashtiriladigan obyektlarga hissiy - qadriyatli munosabatni shakllantirishda ham o‘rnatilishi kerak. Fanlararo aloqadorlik o‘quv - tarbiya jarayonining barcha tarkibiy elementlari (mazmun, shakl, usul va vositalari) ni yaxlit bir tizimga birlashtirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, u ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlashning muhim omili hisoblanadi.
Fanlararo aloqadorlikni amalga oshirish yo‘llari quyidagilar:
- turli xil fanlarni o‘rganish ketma - ketligi va izchilligini vaqt bo‘yicha shunday tanlash lozimki, ulardan birini o‘rganish ikkinchisini o‘rganishga ko‘maklashsin;
- umumiy tushuncha, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga bir xil yondashuvni ta’minlash;
- bilimlarni o‘zlashtirish hamda ko‘nikma va malakalarni egallashga bo‘lgan talablar birligini ta’minlash;
- bir o‘quv faniga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘rganishda boshqa fanlarga oid bilim, ko‘nikma va malakalardan keng foydalanish.
Shuningdek, ta’lim muassasalarida fanlararo aloqadorlikni amalga oshirish kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanishni taqozo etmoqda. Chunki o‘rgatuvchi, modellashtiruvchi, namoyish etuvchi va nazorat qiluvchi pedagogik dasturiy vositalar o‘quvchilarga bilimlarni umumlashtirish va sintezlash, bilish va masalalar yechishning umumlashgan metodlarini o‘zlashtirishga imkon beradi.
Ta’limning integraktiv kursi ko’rgazmali ta’lim sistemasi bo’lib, integrativ bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish asosida ko’rgazmali, mahoratni vujudga keltirish sirlarini o’rganadi. Ko’rgazmali ta’lim sistemasi turli xildagi tiplar, shakllar, usullar, ob’ektlar asosida qurilgan.
Integratsiya kursi va yo’nalishlari - Integratsiya kursi o’quv fanlaridan biri bo’lib, fanlararo bilimlarni (integrativ bilimlarni) chuqurlashtirish va oshirish, ularni shakllantirish uchun o’rganiladi. U har xil turlar, usullar, uslublar, fanlararo integratsiya ob’ektlari asosida tuzilgan.
Integratsiya kurslarining sinflarga bo’linishini turli asoslarda qo’llash mumkin:
- maqsad va muammolar asosida;
- maktab tabiiy - ilmiy tizimidagi vazifalari asosida;
- qo’shiluvchi fan tarmoqlari asosida;
- integratsiya usullari va yo’llari asosida;
- o’quvrejasidagi o’rni asosida;
- kursni o’rganishga sarflangan vaqt asosida;
- o’quvchilar uchun qiyinlik darajasi asosida.
Integrativ yo’nalish - axborotlarni tashkil qiluvchi, ularning yaxlitligi, bir butunligi asosida yagona to’g’ri xulosani aniqlash jarayoni.
Bu texnologiyalar o’rganilayotgan bo’limlarning didaktik tizimi chuqur mazmunga ega bo’lishi, bilimlarga tizimli nuqtai nazardan yondoshish, o’quvchilar bilimlarini egallashning eng maqsadga muvofiq yo’llarini o’rgatishdan iborat.
Jumladan, ta’lim jarayonidagi fanlararo aloqadorlik o‘quvchilarning o‘quv - bilish faoliyatini faollashtiradi. Bunda, o‘quvchi o‘z faolligini tanish fan bilimlarini mavjud bo‘lgan noma’lum munosabatlarni izlashga yoki aniq o‘rnatilgan fanlararo aloqalar asosida yangi tushunchalarni shakllantirishga safarbar etadi. Fanlararo aloqalarni o‘zlashtirishdagi tajriba natijasida olingan bilimlarga intilish faolligi kuzatiladi. Fanlararo aloqadorlik har bir o‘quv fani uchun maxsus bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar orasidagi aloqadorliklarga va turli fanlar uchun umumiy bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar orasidagi aloqadorliklarga bo‘linishi mumkin. Fanlararo aloqadorlik bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish sohasida ham, ijodiy faoliyat va borliqdagi o‘zlashtiriladigan obyektlarga hissiy - qadriyatli munosabatni shakllantirishda ham o‘rnatilishi kerak.
Zamonaviy dars berish metodlaridan asosiysi “interaktiv” metod bo’lib, hozirda uning chala tarjimasi ko’p hollarda “interfaol” deb yuritiladi, “interaktiv” atamasi aslida inglizcha “interaktiv” so’zidan olingan bo’lib, “o’zaro ta`sirlashish” ma`nosini bildiradi va biror faoliyat yoki metodda o’zaro baxs munozara, fikrlash asosida faoliyat yoki hamjixatlik bilan hal etish tushuniladi. Ammo biz ayrim o’quv qo’llanmalarini varaqlaganimizda “o’qitishning interaktiv metodlari” termini qo’llanishini ham guvoxi bo’ldik. Ta`lim berish jarayoni bevosita o’qitish metodi bilan uzviy bog’liqdir. Metodika sizning qanday texnik vosita yoki kitoblardan foydalanayotganinggiz emas, balki sizning ta`limingiz qanday tashkil etilishidadir.
Boshqacha qilib aytganda, o’qitish metodi ta`lim oluvchi va o’qituvchining o’qitish jarayonidagi o’zaro aloqa shaklidir. O’qituvchi va o’quvchi orasidagi jarayon aslida o’quvchini u yoki bu bilim ko’nikma va malakalarini o’zlashtirish maqsadida bog’lab turganligini ko’rsatib turadi. Agar keng ko’lamda oladigan bo’lsak, o’qitishning birinchi kunlaridan to shu kungacha o’qituvchi va o’quvchi orasidagi keng ma`noda uch hil bog’lanish shakllangan bo’lib, u o’z tasdig’ini topgan. Ko’rinib turibdiki, uslubiy yondashuvda o’qituvchining barcha metodini uch guruhga bo’lishiimiz mumkin:
1. Nofaol metod.
2. Faol metod.
3. Interaktiv metod
Ko’rsatib o’tilgan har bir uslubiy yondashuv o’ziga xos xususiyatga ega. Quyida biz uslubiy yondashuvlarni ko’rib chiqamiz. SHu bilan birga asosiy diqqatimizni o’qituvchining interaktiv usullariga qaratamiz. Nofaol uslubiy yondashuv-bu o’quvchi bilan o’qituvchi orasidagi bog’liqlik shaklidir. Bunda o’qituvchi darsning asosiy xarakatlanuvchi figurasi hisoblanadi, o’quvchilar esa nofaol eshituvchi sifatida namoyon bo’ladi.
Boshlang‘ich ta’lim uchun zarur va ustivor yo‘nalishlaridan biri ta’lim mazmunining yangilanishi, darsni integratsiyalangan tajriba va g‘oyalarga tayanib, zamonaviylashtirilgan, takomillashtirilgan hamda ilmiy-innovatsion texnologiyalar asosida o‘tish zaruriyatini keltirib chiqardi. Chunki, dars ta’lim - tarbiya berishning asosiy o‘zagidir. O‘quvchining o‘quv fanlarini chuqur o‘rganib borishi davomida uning bilimi mustahkamlanadi, savodxonligi oshib boradi.
Integratsiyalangan yondashuv metodlari va usullariga quyidagilar kiradi:
- evristik suhbatlar;
- umumiy suhbatlar;
- ekskursiyalar;
- ijodiy ishlar;
- o’qitishning ko’rgazmali metodlari;
- mustaqil ishlar;
- o’qish, matematika darslarida og’zaki rasim chizish;
- tabiatshunoslik darslarida tabiat tasvirlarini ifodali o’qish;
- ona tili darslarida tabiatshunoslikka oid diktantlar, matnlar yozish.
Do'stlaringiz bilan baham: |