Mavzu: Bolaning intelektuval bilish malakalarini shakillantirish


Turli guruhdagi bolalarni bilim darajasini aniqlash



Download 54,19 Kb.
bet5/10
Sana26.02.2022
Hajmi54,19 Kb.
#471575
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
0620 polvontosh kolleji amaliyot hisoboti

Turli guruhdagi bolalarni bilim darajasini aniqlash
Bolalarning ta'lim olish jarayonida mas'uliyatli qatnashmoqchi bo’lgan tarbiyachi va o’qituvchilar uchun erta yoshda chet tillarini o’rganishdagi o’quv jarayonini kuzatib borish, hujjatlashtirish va uzviy tahlil qilib borish muhim hisoblanadi. Shu tarzda ular har bir boladagi o’zgacha moyillik va qiziqishni bilib oladilar va ularga maqsadli yordam bera oladilar. Biroq, chet tillarini o’rganishni asta-sekin o’zlari boshqara olishlari va undan o’z maqsadlari yo’lida foydalanishlari uchun ota-onalar ham, avvalambor, bolalarning o’zlari ham chet tili bilan imkon qadar ongli ravishda shug’ullanishlari lozim.

Bolalarning o’quv jarayonlari asosan tarbiyachi yoki o’qituvchilar tomonidan uzluksiz kuzatib, hujjatlashtirilib boriladi yoki bola o’z-o’zini kuzatish orqali o’zlashtirishini mustaqil baholashni o’rganadi. 

Birinchi shaklda bolalar bilim darajalari to’g’risida o’qituvchining fikrini biladilar va til o’rganishdagi bilimlarini yanada rivojlantirishga doir maslahatlar oladilar. O’qituvchi bilan suhbatlashish, kichik yutuqlar ham e'tibordan chetda qolmaganligi va ayniqsa tan olinganligini his etish o’qishni yanada shijoat bilan davom ettirishga dalda bo’ladi. Hujjatlardan esa qaysi o’quv strategiyalari boladagi til o’rganish jarayonini osonlashtirishini bilib olish mumkin.

O’z-o’zini kuzatishni tarbiyalash boshqa bir tomondan tahlil qilishni o’rganish yo’lida qo’yilgan birinchi qadam hisoblanadi va til o’rganishni mustaqil boshqarishga asta-sekin yetaklovchi omil bo’ladi. Bilim darajasini bunday tushunib aniqlash „Men“ tuyg’usini kuchaytiradi va shaxsiyatni rivojlantirishga yordam beradi. 

O’quvchi o’z-o’zini baholash natijalari asosida o’qituvchi o’zining metodik-didaktik faoliyatidagi yutuq va kamchiliklar haqida xulosalar chiqarib oladi. Bola tomonidan tayyorlangan har bir hujjat yoki bajarilgan vazifalar bolaning lingvistik va ijtimoiy rivojlanishi to’g’risida ma'lumot beradi. Darsni rejalashtirish, o’tkazish va uni tahlil qilishni asosan o’z-o’zini baholash natijalari asosida amalga oshirish mumkin. 

O’z-o’zini baholash orqali bilim darajasini aniqlash ota-onalarga ham farzandlarining o’zlashtirishi to’g’risida va ayniqsa bolaning o’z qarashlaridan ma'lumot olish imkonini beradi. Shunda ularga o’qituvchilarning qarashlarini tan olish va ularga yordam berish oson bo’ladi. Bolalarning uyda to’ldiriladigan, masalan oila va uylarining suratlari va rasmlari bilan bezaladigan til o’rganishni qayd qilib boradigan kundalik daftari bolaga va uning ota-onasiga ularning shaxsiy qiziqishlari haqida alohida gaplashib olish imkoniyatini beradi. Boshqa tomondan esa o’qituvchiga bola bilan samimiy ishlashni yengillashtiradigan bilimlarni beradi. 

O’quv jarayoni boshidanoq har tomonlama hujjatlashtirilib borilsa, bola navbatdagi o’quv maskaniga borganida ham unga me'yoridan ortiq yoki kam talab qo’yilishiga yo’l qo’ymaslik ta'minlanadi. 

Darslarni rejalashtirishda masalan, dars jarayonida ma'lum bir maqsadda guruhlar tuzish orqali bolaning o’qishini individual tarzda rivojlantirish hollarining oldi olinadi. Bunday baholash til o’rganish yo’lini uning bosqichlari ketma-ketligi asosida aniqlash maqsadiga xizmat qiladi. Biroq, nafaqat ma'lum bir bosqich yakunidagi natijalar, balki, avvalambor, individual sharoitlar va say’-harakatlar til o’rganish jarayonini davom ettirishga turtki beradi.

O’zlashtirish yutuqlarini aniqlash uchun qo’llaniladigan uslublar bolalarga har kunlik ta'lim jarayonidan va o’quv vazifalaridan tanish bo’lgan odatiy usullardan farqli bo’lmasligi lozim. Bolalarning bilim darajalarini o’qituvchilar tomonidan hamda ularning o’z-o’zlarini kuzatish va tahlil qilish orqali aniqlash va nazorat qilish maqsadiga xizmat qilmaydi va ular hayajon uyg’otishi yoki o’qishga nisbatan bosim o’tkazishi mumkin emas. Tayyorlov maktablari va boshlang’ich maktabning dastlabki yillarida baho qo’yishdan butunlay voz kechish va verbal baholash, bolaning o’quv jarayonida o’zini qanday tutishini ta'riflash bilan kifoyalanish hamda u orqali kompetentsiyalarning rivojlanishini aniqlash o’rinli hisoblanadi. Hatto bolaning o’zlashtirishini ehtiyotkorlik bilan baholash yoki umuman uni baholash bolaning o’qishga bo’lgan havasini va o’qishni davom ettirishga bo’lgan ishtiyoqini so’ndirishi mumkin. 

Bolalar bog’chasida, tayyorlov maktabi va boshlang’ich maktablarning boshlarida masalan, bolalarning tushunish qobiliyatlari tekshiriladi, unda bolalardan hikoya yoki o’qib berilgan matnga munosabat bildirish (mimika, imo-ishora, harakatlar, chizish v. b.) talab etiladi. Keyinchalik esa bilim darajasini aniqlash uchun boshqa qobiliyatlari tekshirilishi mumkin; albatta, o’quv jarayoni tekshirish bilan cheklanib qolmasligi uchun oddiy savol-javoblardan qochishga, bolaning bilim darajasini aniqlash hamda imkon qadar, qobiliyatini baholashning ijodiy usullarini topishga e'tibor qaratish lozim. 

Til o’rganish portfoliosi bilim darajasini aniqlash vositasidir va u bolalarning ham til o’rganish jarayonini, ham bilim va tajribalarini hujjatlashtirib boradi. Uning qo’llanilishi bosqichma-bosqich va o’qituvchi orqali bolada o’z-o’zini kuzatish va baholash qobiliyatini shakllantirishini talab etadi.

Yevropa Ittifoqi kengashi rasmiy milliy “Yevropa til o’rganish portfoliosi”ni ishlab chiqish tashabbusini kiritdi. Bunday portfolio uch qismdan, ya'ni „til o’rganish biografiyasi“, „dosye“, „lingvistik pasport“dan iboratdir.



  • “Til o’rganish biografiyasi” o’quvchining til o’rganishi to’g’risidagi, o’quv tajribasi va madaniyatlararo kuzatuvlarga doir shaxsiy ma'lumotlarni, o’zining bilim darajasini baholash uchun yordamchi vosita sifatida berilgan o’z-o’zini baholash jadvali, o’qish jarayonini rejalashtirish va o’zlashtirgan o’quv usulini rivojlantirish uchun yordamchi vosita sifatida berilgan o’quv maqsadlari v.h. o’z ichiga oladi.

  • “Dosye“ (til o’rganishga doir hujjatlar to’plami – tarjimon izohi) o’quvchining o’zi tanlagan o’quv natijalaridan (suratlar, insholar, she'rlar, kompakt disklar, rasmli plakatlar v. h.) [1] hosil qilingan to’plamdir,

  • “Lingvistik pasport” portfolio egasining til bilimlari to’g’risida kompetentsiya bosqichlari bo’yicha ma'lumot beradi va u o’qituvchi tomonidan to’ldiriladi.

  • Yosh guruhlariga qarab portfolioning mazkur uch qismi turli suratlarda yuritiladi. Bolalar bog’chalarida, avvalambor, til o’rganishga doir dosyedan foydalaniladi va undan bolaning o’quv yutuqlari to’g’risidagi mulohazalar uchun asos sifatida foydalaniladi. Boshlang’ich maktabda esa bolalar asta-sekinlik bilan til o’rganish biografiyasi ustida ishlashga o’rgatib borilishi mumkin [2].

Neben der Selbsteinschätzung bietet das Portfolio die Möglichkeit, andere Personen (Eltern und Lehrkräfte bei Übergang in die Schule oder nächste Schulstufe) über den Lernstand des Portfolioinhabers zu informieren. Besonders sinnvoll ist das Portfolio beim Übergang von einer Lernstufe zur weiterführenden Schulform. Es ist aber kein Zeugnis, kein Leistungsnachweis, sondern eine Art Tagebuch, das individuell gestaltet dem Kind ganz persönlich nützen soll.

Portfolio o’z-o’zini baholash imkoninini berishi bilan bir qatorda boshqa shaxslarni (maktabga yoki maktabning navbatdagi bosqichiga o’tish paytida ota-ona va o’qituvchilarni) portfolio egasining bilim darajasi haqida xabardor qilish imkoniyatini yaratadi. Ayniqsa maktabdagi bir o’quv bosqichidan navbatdagi bosqichga o’tishida portfoliodan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Lekin u guvohnoma, o’quvchining o’zlashtirishi to’g’risidagi hujjat emas, balki bolaga shaxsan yordam berish lozim bo’lgan individual tuzilgan kundalik daftar turidir. Portfolioni ta'lim muassasasining bosimi bilan o’qituvchilar va o’quvchilar uchun majburiy vazifaga aylantirish tavsiya qilinmaydi

Download 54,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish