Maktabgacha yoshdagi iyzabon bolalarni о`zbek tilida tо`g`ri talaffuzga о`rgatishning samarali shakllari.
Ta‘lim-tarbiya о`zbek tilida olib boriladigan MTMsida о`zbekcha sо`zlashuv nutqqa о`rganinishda, fonetik о`yinli mashqlarda erishilishi zarur bо`lgan maksad, amalga oshirilishi lozim bо`lgan eng murakkab ish turlaridan biridir. Murakkabligi shunda kо`rinadiki, bolalarni shunga tayyorlash bilan bog`liq, xal etiladigan masalalar kо`p. Bir kancha masalalar uzviylikda xal etilmog`i darkor. Bolalarni tovush nutq madaniyatiga о`rgatishda fonetik na‘munalari, imitatsiyadan tо`g`ri foydalana bilish katta ahamiyatga ega.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni о`zbekcha nutqqa о`rgatish uchun о`rganilayotgan tildagi tovush va tovush birikmalarni tо`g`ri talaffuz qilishga о`rgatish asosiy maksadlardandir.
Bolalarga о`rganilayotgan tilda tо`g`ri talaffuzni shakllantirish ishiga aloxida e‘tibor berish lozim. Shu bois, pedagog oldiga kuyidagi vazifalarni qо`ymoq lozim:
-bolalarda artikulyatsiya apparatining xarakatchanligini rivojlantirish;
-eshitish organlarini yangi til tovushlariga о`rgatish;
-bо`g`inlardagi, sо`zlardagi tovushlarni tilining orfoepik koidalariga mos ravishda sof, tushunarli ifodalashni shakllantirish.
Tо`g`ri talaffuz kо`nimalarini shakllantirish nutqning tovush madaniyatini tarbiyalashga oid ishlarning muhim qismi xisoblanadi. Bu ish lug`atni, ravon va grammatik tо`g`ri nutqni rivojlantirish bilan bir vaktda amalga oshiriladi.
О`zbek tilidagi tovushlarni tо`g`ri talaffuz etishni о`rganish jarayonida bolalar о`zbek tili va tilidagi tovush tizimlari bir-biridan farqlanishi tufayli muayyan kiyinchiliklarga duch keladilar. О`rganuvchilarning, xatto, ona tilida yaxshi gapira oladigan bolalarning xam artikulyatsiya bazasi tilinining о`ziga xos tovushlarini ifoda etishga moslashmagan. О`zbek tilini о`rganishni ilk bor boshlagan bolalarga «о`, q, g`» tovushli sо`zlarni tо`g`ri talaffuz qilishga о`rgatish birinchi navbatdagi masaladir.
Tо`g`ri talaffuz poydevori aynan sо`zlashish mashg`ulotlarida yaratiladi. Bolalarning о`zbek tili tovushlari va sо`z birikmalarini tо`g`ri talaffuz qilishni о`rganib olishlari ularga sо`zlashuv nutqini о`rgatish davrida muvaffaqiyat bilan ish olib borishning sharti xisoblanadi.
Talaffuzga о`rgatish kuyidagi boskichlarda amalga oshiriladi:
- ayrim tovushlar talaffuzini shakllantirish;
- ayrim sо`zlar talaffuzini shakllantirish – bu leksikani tо`g`ri talaffuz qilishdan iborat.
talaffuzni о`rgatishda tili tovushlarini uchta guruhga ajratish mumkin.
О`zbek tili va tilining tovush tizimlarini taqqoslash kuyidagilarni ajratib kо`rsatish imkonini beradi:
a) oson о`zlashtiriladigan va fonetik jixatdan anglashni talab etmaydigan о`xshash tovushlar;
b) talaffuzidagi farki shunchalik axamiyatsizki, maxsus mashklarga extiyoji bо`lmagan tovushlar;
v) faqat о`zbek tiliga xos bо`lgan tovushlar, ularning talaffuzini о`rganish maxsus mashklar tizimini tashkil etadi.
Pedagog nutqi taklid uchun xaqiqiy na‘muna bо`lishi lozim. Bolalar tarbiyachi tomonidan tо`g`ri talaffuz etilgan barcha tovushlarni aniq eshitishlari darkor. Buning uchun xar bir tovushni aniq ifoda qilish xamda bolalarga pedagogning nutq organlari xarakatini kuzatish taklif qilinishi lozim, shunda tovush artikulyatsiyasini ilg`ab olish oson bо`ladi.
Talaffuzni о`rgatishning dastlabki bosqichida pedagog imitatsiya usulidan foydalanadi. Ushbu usulning mohiyati shundan iboratki, bunda pedagog о`rganilayotgan tovushni talaffuz qilish na‘munalarini namoyish qiladi, bolalar diqqat bilan tinglaydilar. Keyin esa tarbiyachiga taqlid qilgan xolda takrorlaydilar. О`zbekcha tо`g`ri talaffuzni о`rgatishda bolalarda fonematik tinglash qobilyatini rivojlantirish katta axamiyatga ega. Ba‘zi bolalarda fonematik tinglash qobilyati yaxshi rivojlangan va ular aralash tovushlar talaffuzidagi farkni tez ilgab oladilar, boshqa bolalarda esa bu qobilyat yaxshi rivojlanmagan, va shuning uchun, ular tovushdagi farkni darxol ilgab ololmaydilar. Tarbiyachi tinglash qobilyati sust bо`lgan bolalarga aloxida e‘tibor berishi va ular bilan yakka tartibda ish olib borishi zarur. Biroq, ta‘limda doimiy ravishda fakat shu usuldan foydalanish maqsadga muvofik emas. Bolalarga kiyin tovushlar artikulyatsiyasini kо`rsatish va tushuntirib berish usulidan doimiy ravishda foydalanish lozim, bu esa talaffuzning ongli ravishda о`zlashtirilishiga yordam beradi.
Pedagog u yoki bu tovush tarkibida turli nutq organlari: lablar, tishlar va til ishtirok etayotganini kursatadi xamda tushuntirib beradi. Bolalarning tovushlarni ifoda etishda nutk organlari xolatini kо`rib olishlari ularning tо`g`ri talaffuzni о`zlashtirib olishlarida yordam beradi. Bu yо`nalishdagi olib borilgan tajriba sinov, shuni kо`rsatmokdaki, ushbu yо`nalishdagi fonetik о`yinli mashqlar ijobiy natijalarga olib keladi.
Olib borgan ishimiz shuni kо`rsatdiki, bolalar о`zlarining yosh xususiyatlaridan kelib chiqib tо`g`ri о`zbekcha talaffuz kо`nikmalarini, mashg`ulot о`yin shaklida о`tkazilgan taqdirdagina о`zlashtiradilar. О`z-о`zidan maxsus fonetik о`yinlar bolalarda nutqning tovush madaniyatini shakllantirishning samarali vositasi bо`lib xizmat qiladi. Eng avvalo, biz talaffuzdagi xatoliklarni bartaraf etishga yordam beradigan о`yinlarni tanlab olishga xarakat qildik. Bu borada tovushlarni bir-biriga qarama-qarshi qо`yishga qaratilgan о`yinlar keng qо`llanildi.
Masalan, bolalar «о`» va «u» tovushlarini farqlamaydilar, buning ustiga «о`» tovushini tо`g`ri talaffuz qilishni bilmaydilar. Zarur kо`nikmalarga erishish uchun bolalarga quyidagi fonetik о`yinlarni taklif qildik. «Toping-chi, bu nima»
deb ataladigan о`yinning maqsadi bolalarning «g`» va «g» tovushlarini farqlashni о `rganishidan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |