Shov-shov etadi arik,
Karim ekadi tarik.
Yoki:
Echki keladi ma’rab,
О‘z egasiga karab.
Yuqorida kо`rsatib о`tilgan о`yinlardan ertalab va kechki soatlarda keng foydalanish mumkin.
Tez aytishlarni qо`llashda kо`rgazmali qurollardan (о`yinchoqlar, rasmlardan) foydalanish lozim, shundagina bolalar uni katta qiziqish bilan takrorlaydilar va aytadilar.
Maktabga tayyorlov guruhida о`tqaziladigan о`zbek tili mashg`ulotlarida sо`z qо`shilishi lozim bо`lgan topishmoqlardan foydalanish maqsadga muvofiq, chunki bu topishmoqlar bolalarni she‘rni diqqat bilan eshitishni о`rganishga, ma‘no va mazmun jihatidan bir-biriga yaqin bо`lgan sо`zlarni tanlashga yordam beradi.
Ok gulim oppoq guli,
Ushlab kо`rsam yumshoq gulim,
Terib xirmon qilgan edim
Bо`lib ketdi tog`-tog` gulim.
(Paxta)
Oyoqlari katta-kattatо`rt ustin,
Tumshug`ida kо`tarar yо`g`on pо`stin.
(Fil)
Bir simi bor xо`p uzun,
Ketgan juda uzoqqa,
Eshitasan sо`zini
Tutib kо`rsang qulokqa.
(Telefon)
Bir tuyam bor guldiroq
Hamma yeri yaltiroq,
О`zi filday,
Tovushi zilday.
(Traktor)
Qulog`i ikkita, kо`zi yо`q,
Og`zi yо`g`u tishi kо`p.
G`ir-g`ir deydi ishlaydi,
Yerga kukun tashlaydi.
(Arra)
Yuqorida keltirilgan topishmoqlar turli yо`nalishda bо`lishiga qaramay, mazkur topishmoqlar:
Bolalarda tabiatga nisbatan hura, uni asrashni his etish;
Bolani erkin fikrlash, aqliy kamolotiga ijobiy ta‘siri;
Topishmoqlar bolalarda insoniy fazilatlarni shakllanishiga imkon yaratuvchi vosita sifatida xizmat qiladi.
Topishmoqlarni tanlashda ularning bolalarni aqliy jihatdan tarbiyalashdagi ahamiyatini nazarda tutish lozim. Topishmoqlardan tovushlar talaffuzini mustahkamlash, tovush madaniyatining boshka jihatlarini ham rivojlantirish uchun nutqiy material sifatida foydalanishda bolalarning bu topishmoqlarni topish uchun umumiy tayyorgarlikka egaligini ham hisobga oldik.
Mashg`ulotda boladan tezroq javob olishga intilmaslik lozim. Har bir bolaga topishmoqni topish uchun о`ylashga imkon berish kerak. Hatto topishmoq topib bо`linganidan sо`ng ham ikki-uch boladan quyidagicha sо`rab kо`rish lozim: "Lena, sen nima deb о`ylaysan? Kim (nima) bu?" "Sen nima deb о`ylaysan, Sasha?" va h.k.
She‘rlar nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash uchun material sifatida kо`p maqsadli yо`nalishga egadirlar. Ulardan о`rganilgan tovushlarni mustahkamlash, talaffuzni joyiga qо`yish, tovush apparatini rivojlantirish uchun mashq sifatida foydalanish lozim. Bolalar yaxshi mexanik xotiraga ega bо`lganliklari sababli ularni oson esda saqlab qoladilar. Bundan tashqari, maxsus tanlangan she‘rlarni yod olish orqali bolalar bir vaqtning о`zida о`zlarining atrof-muhit haqidagi taassurotlarini kengaytiradilar. Bu esa nafaqat tovushlarni talaffuz qilish kо`nikmalarini ishlab chiqish, balki bolalarning tilidagi sо`z boyliklarining faollashuviga, nutqning grammatik jihati, fikrlash va xotiraning rivojlanishiga yordam beradi.
Masalan, bolalar B Akbarovning "Karim" she‘rini yod olish orqali "k" tovushini talaffuz etishni mashq qiladilar.
Karim ekkan karamlar,
Kо`karib katta bо`ldi.
Karimning mehnatidan
Dadasi kо`ngli tо`ldi.
Yodlash orqali nafaqat о`zbek tilidagi barcha tovushlarni tо`g`ri aytishni о`rganadilar, balki ularni shoshmasdan, baland ovozda aniq aytishni mashq qiladilar. Bolalar sanashni avtomatizm darajasiga yetkazib olishlari va о`yin sharoitida undan mustaqil ravishda foydalana olishlari uchun sanoq о`yinini bir necha bor takrorlab bordik. Qiyin tovushlar talaffuzini о`zlashtirishda ta‘limning texnikaviy vositalari katta yordam kо`rsatdi. Mashg`ulot boshlangunga qadar qiyin tovushli sо`zlar magnit lentasiga yozib olindi. Magnitofonni qо`yishdan oldin bolalarga sо`zlarni diqqat bilan tinglash va eslab qolish taklif etildi. Magnitofondagi sо`zlarni tinglab bо`lgandan sо`ng bolalar sо`zlarni takrorladilar va ularning mazmunini gapirib berdilar, masalan: maktab, bola, qizaloq; bu bizning maktabimiz. Mana bu bola, bu esa qizaloq. Bu Sasha degan bola, bu esa Masha degan qizaloq. Har bir mavzu bо`yicha tо`g`ri talaffuz etish uchun mashq qilish talab etiladigan sо`zlar yozib olindi. Artikulyatsiya apparati tuzilishi va uning harakatchanligining ayrim xususiyatlarini bilib olish bolalarga nafaqat о`zbek tili tovushlarini tо`g`ri talaffuz qilishni tezroq egallab olishga, balki artikulyatsiya apparati faoliyati hamda tovushlarni ifoda qilishning aniqligi о`rtasidagi aloqa va bog`liqlikni aniqlashga yordam berdi.
Artikulyatsiya kо`nikmalari va fonetik farqlarni talaffuz qilish kо`nikmalarini о`yinli vaziyatlarga asoslangan alohida mashqlarda о`rganish tavsiya etiladi. Bu yerda «Kim kelganini top» (Ugaday, kto prishyol), «Ovoziga qarab aniqla» (Uznay po golosu), «Qaysi qо`ng`iroqcha jiringlamoqda: kattasimi yoki kichigimi» (Kakoy kolokolchik zvenit: bolshoy ili malenkiy) kabi topshiriqlarni berish mumkin. Ushbu ishni amalga oshirishda kо`rgazmalilikka katta e‘tibor berildi. Mashg`ulot jarayonida tarbiyachi о`yinchoqlar, turli buyumlar, suratlardan foydalandi. Xususan, «m» tovushini о`rganishga doir ishlarni amalga oshirish chog`ida tarbiyachi bolalarga qator savollarga javob berishni taklif qiladi. Oldindan flanelegrafda nomlarida «m» tovushi uchraydigan suratlar tasodifiy tartibda terib chiqiladi: malina, muzqaymoq, moshina. Suratlar kerakli javobni topish uchun asos bо`lib xizmat qildi. U yoki bu hayvonlar nomlarini aytishda bolalar sо`zlar va tovushlarni aniq talaffuz qilishni mashq qildilar.
Bolalarda tо`g`ri va yaxshi jaranglaydigan nutqni rivojlantirar ekan, tarbiyachi quyidagi vazifalarni hal etishi zarur: bolalarda tinglash qobiliyatini tarbiyalash, uning komponentlarini, ya‘ni, tinglash e‘tibori -biron-bir tovushni jaranglashiga qarab qanday tovush ekanligini va uning yо`nalishini aniqlay olish, fonematik tinglash, mazkur nutq sur‘ati va ritmini qabul qila olish qobiliyatlarini asta-sekin rivojlantirib borish. Shuningdek, artikulyatsiya apparatini rivojlantirish; -nutqiy nafas olish ustida ishlash, ya‘ni iboralar bilan erkin sо`zlay olish uchun qisqa nafas olish va davomli nafas chiqarishni о`rgatish; muloqot sharoitidan kelib chiqqan holda ovoz balandligini boshqarish qobiliyatini tarbiyalash; ona tilining barcha tovushlarini tо`g`ri talaffuz qilishni shakllantirish; har bir tovushni, shuningdek sо`zlar va iboralarni aniq va tushunarli talaffuz qilishga, umuman yaxshi talaffuzga odatlanish; sо`zlarni adabiy tilining orfoepiya qoidalari meyorlariga mos holda talaffuz qilishni rivojlantirish; normal nutq sur‘atini shakllantirish, ya‘ni sо`zlar va iboralarni nutqni tezlashtirmay va sekinlashtirmay hamda shu bilan birga tinglovchiga aniq tushunish imkoniyatini yaratgan holda talaffuz qilishni о`rgatish; nutqning ohang ifodaliligini tarbiyalash, ya‘ni fikrlar, hissiyotlar va kayfiyatni mantiqiy pauza, urg`u, ohang, sur‘at, ritm va tembr yordamida aniq ifodalash qobiliyatini shakllantirish.
Tarbiyachi nutqdagi kamchiliklarni о`z vaqtida aniqlash va uni mutaxassisga yuborishdan oldin bunday nuqsonlar haqida yetarli tasavvurga ega bо`lishi lozim. Nutqni shakllantirishning dastlabki davrida uni tinglashga oid asosiy komponentlarni rivojlantirish bir tekisda bormaydi. Chunonchi, nutqni rivojlantirishning birinchi bosqichlarida tinglash e‘tiboriga alohida ahamiyat beriladi. Vaholanki, bunda asosiy mantiqiy vazifa yuqori tovush tinglash qobiliyati zimmasiga tushadi. Bolalar tovush balandligi о`zgarishini nutqning his-hayajonli xususiyatiga, masalan jahl qilinsa unga javoban yig`laydilar hamda xushmuomala va mayin munosabatga javoban jilmayadilar. Shuningdek tembrga, masalan onasi va boshqa yaqinlarini ovozlaridan taniydi va shunga muvofiq holda qarab tanib olishni biladilar, shuningdek sо`zning ritmik suratini, ya‘ni uning sheva-bо`g`in tarkibini -sо`zning bо`g`inlar soni va asosiy urg`uning joyiga bog`liq bо`lgan tovush tuzilishi xususiyatlari, nutq sur‘ati bilan birlikda tо`g`ri qabul qiladilar. Kelgusida nutqni rivojlantirishda fonematik tinglash qobiliyatini, ya‘ni bir tovushni boshqasidan aniq ajrata olish va buning natijasida ayrim sо`zlarni tanish hamda tushunish qobiliyatini shakllantirish muhim о`rin tutadi. Yaxshi rivojlangan nutqni tinglash qobiliyati ona tilining barcha tovushlarini aniq va tо`g`ri talaffuz qilishni ta‘minlaydi, sо`z aytishda uning balandligini tо`g`ri boshqara olish va uni ohista sur‘atda, ohang jihatdan ifodali qilib sо`zlash imkonini beradi.
Nutqni tinglash qobiliyatini rivojlantirish artikulyatsiya apparatini rivojlantirish bilan uzviy bog`liqdir. Nutqni tinglash qobiliyatini tarbiyalash bolalarda nutq jarangdorligining turli xil kо`rinishlarini, ya‘ni tovushlarni tо`g`ri talaffuz qilish, sо`zlarni aniq va tushunarli aytish, ovozni pasaytirish yoki kuchaytirish, nutq balandligi, tezligi, ohistaligi, uni jadallashtirish va sekinlashtirish, tembral ishlov berish - iltimos, buyruq kabilarni qabul qila olish qobiliyatini shakllantirishga qaratilgandir. Kо`pincha bunday bolalar sо`zlarni oxirigacha aytmaydilar va ba‘zan ibora sо`nggida ularni shivirlab aytadilar. Ba‘zida bolalar uzun iborani nihoyasiga yetkazish uchun nafas olib sо`zlashga majbur bо`ladilar, buning natijasida nutq noaniq bо`ladi, bolalar xuddi tiqilib qolgandek sо`zlaydilar. Chunki, tezlashtiriligan nafas chiqarish iboralarni mantiqiy pauzalarga rioya qilmasdan jadal sur‘atda sо`zlashga majbur qiladi. Shuning uchun biz tarbiyachilarning vazifalarimiz quyidagilardan iborat: maxsus о`yinli mashqlardan foydalangan holda erkin, bir tekis va uzaytirilgan nafas chiqarishni о`rgatish; pedagog nutqiga taqlid qilgan holda undan tо`g`ri, oqilona foydalanishni (kichik iboralarni uzoq nafas chiqarish bilan talaffuz qilish) tarbiyalash. Ovoz apparati vositasida balandligi, kuchi va tembri turlicha bо`lgan tovushlar chiqariladi: ularning umumiyligi aynan inson ovozini aniqlaydi. Ovoz balandligi – ohangning kо`tarilishi va pasayishi, yuqori ovozdan past ovozga о`tish va aksincha. Ovoz kuchi – tovushlarni muayyan balandlikda talaffuz etish, shuningdek tovushni bor ovozi bilan talaffuz eta olish qobiliyati. Ovoz tembri – ovozga sifat jihatdan ishlov berish, ya‘ni jarangdor, ma‘nosiz, titroq, bо`g`iq va boshqalar. Ovoz tugunchalarining tebranishi natijasida vujudga keladi. Uning sifati nafas olish, ovoz va artikulyatsiya apparatlarining birgalikdagi faoliyatiga bog`liq bо`ladi. Yuqori nafas yо`llarining turlicha tebranishlari, surunkali shamollash, adenoid о`simtalar va hokazolar ovozdagi buzilishlarning yuz berishiga yordam beradi. Kо`pincha maktabgacha yoshdagi iyzabon bolalarda ovoz buzilishi undan notо`g`ri foydalanish: doimiy ravishda baqirib sо`zlash, ayniqsa yilning sovuq davrida kо`chalarda baland ovozda sо`zlash orqali ovoz tugunchalarini zо`riqtirish, bola ovozi diapazoniga mos kelmaydigan ohangda sо`zlashi, masalan, ba‘zi bolalar о`zidan kichikroq bolalarning chiyilloq nutqiga taqlid qiladilar yoki gо`yoki adasi nomidan past ovozda sо`zlashga urinish. oqibatida yuz beradi. Ovozdagi buzilishlar burun-tomoq yoki yuqori nafas yо`llariga oid kasalliklarni boshdan kechirgan hamda kasallik paytida yoki sog`ayganidan sо`ng darhol ovozni asrash rejimga rioya qilmagan bolalarda ham vujudga kelishi mumkin. Ovoz imkoniyatlaridan notо`g`ri foydalanish bola shaxsining о`ziga xos xususiyatlari (juda uyatchan bola kо`pincha past ovozda sо`zlaydi; tezda g`ayratga keladigan bolalar baland ohanglarda sо`zlaydilar); notо`g`ri tarbiyaga (agarda atrofdagilarning о`zlari baland ovozda sо`zlasalar bolalar ham noiloj shunga о`rganadilar); agarda xonada doimiy shovqin-suron bо`lsa (radio, televizor, bolalar bog`chasi guruhidagi doimiy shovqin-suron va h.k.) bolalarning baland ovozda sо`zlashga majbur bо`lishlariga bog`liqdir. Tarbiyachining vazifalari quyidagilardan iborat: о`yinlarda, о`yinli mashqlarda ovozning asosiy sifati–kuchi va balandligini rivojlantirish; bolalarni zeriqmasdan sо`zlashga о`rgatish, ularni ovozdan turli vaziyatlarga mos holda foydalanishga odatlantirish: past-baland. Maktabgacha davr tilning barcha tovushlarini tо`g`ri talaffuz qilishni shakllantirish uchun eng qulay davr hisoblanadi. Bu ishlar maktabgacha ta‘lim muassasida nihoyasiga yetkazilmog`i lozim.
Tovushlarni tо`g`ri talaffuz qilishga о`rgatishda bolalarda artikulyatsiya apparati organlarining harakatchanligi va tez о`zgara olishi, nutqiy nafas olishi yetarli darajada rivojlangan, ular о`z ovozlarini boshqarishni uddalay olgan taqdirdagina shakllantirish mumkin. Tо`g`ri talaffuzni shakllantirish uchun yaxshi rivojlangan nutqni tinglay olish qobiliyatiga ega bо`lish ham juda muhimdir, chunki u о`z-о`zini nazorat qilish imkonini beradi, о`z-о`zini nazorat qilish esa doimo о`z ustida ishlashga undaydi. Tovushni talaffuz qilishdagi kamchiliklar nutqiy apparatdagi nuqsonlar (og`izning yuqorigi qattiq va yumshoq qismlaridagi nuqsonlar), tish-jag` tizimi tuzilishdagi xatoliklar, til osti tugunchalarining qisqaligi, artikulyatsiya organlarining yetarli darajada harakatchan emasligi, fonematik tinglay olish qobiliyati (bir tovushni boshqasidan farqlay olmaslik) yetarli rivojlanmaganligi oqibatida yuz berishi mumkin. Jismoniy tinglay olish qobiliyatining susayganligi, о`z nutqiga beparvolarcha munosabatda bо`lish (о`zini ham, boshqalarni ham tinglay olmaslik), atrofdagilarning notо`g`ri nutqlarini о`zlashtirib olish ham talaffuzda kamchiliklarga olib kelishi mumkin.
Bolalarning tovushni notо`g`ri talaffuz qilishlari tovushlarni tashlab ketishda, bir tovushni boshqasi bilan almashtirishda va tovushni buzib talaffuz qilishda namoyon bо`ladi. Ayniqsa, tovushlarni almashtirib yoki buzib talaffuz qilish holatlari aniqlangan bolalar bilan ishlashni о`z vaqtida boshlash juda muhimdir, chunki tovushlar о`rnini almashtirish keyinchalik yozma nutqda ham paydo bо`lishi mumkin (bir harfni boshqasi bilan almashtirish), buzib talaffuz etilayotgan hamda о`z vaqtida tuzatilmagan tovushlar keyinchalik uni bartaraf etish uchun logoped va bolaning birgalikda kо`p vaqt va mehnat sarflashlarini talab qiladi. Bundan tashqari, tovush talaffuzidagi kamchiliklar kо`pincha bolaning о`zi nutqda xatolikka yо`l qо`yishi emas, balki faqat maxsus davolash va ta‘lim berishni talab qiluvchi nisbatan murakkab nutq buzilishlarining (alaliya, dizartriya va boshq.) bir belgisi hisoblanadi.
Bolalarga har qanday pozitsiyada (sо`z boshida, о`rtasida va oxirida) va sо`z tarkibi turlicha bо`lganida (har qanday undosh birikmalari va bо`g`inlar soni istalgancha bо`lganida) barcha tovushlarni tо`g`ri talaffuz qilishni о`rgatish; nutqida kamchilik bо`lgan bolalarni о`z vaqtida aniqlash va zarur hollarda ularni о`z vaqtida maxsus bolalar muassasalariga yuborish. Diksiyaga oid ishlar. Yaxshi diksiya, ya‘ni har bir tovushni, shuningdek sо`zlar va iboralarni alohida va aniq, tushunarli qilib talaffuz etish bolada bir vaqtning о`zida artikulyatsiya apparatini rivojlantirish va takomillashtirish bilan bir qatorda asta-sekin shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |