Мавзу: “Bolalarni to`g`ri talaffuzga o`rgatishning asosiy vazifalari”



Download 0,98 Mb.
bet6/15
Sana20.02.2023
Hajmi0,98 Mb.
#913110
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Bolalarni to`g`ri talffuzga o`rgatishning asosiy vazifalari

Курсни тугатиш ишининг тадқиқотнинг амалий аҳамияти. Мактабгача таълим ёшидаги болаларга дастлаб оилада сўнгра боғча ва мактабда турли ақлий ва жисмоний меҳнат шакллари орқали ўйинларини ўргатиш ва тасвирий фаолият орқали ватанга мухабббатни шакллантириш муҳим ўрин тутади.
Малакавий битирув иши кириш, асосий қисм, хулоса ва адабиётлар рўйхатидан иборат. Битирув малакавий иш асосий қисм 2 та боб, хулоса ва фойдаланилган адабиётлардан иборат.


I.BOB.Bolalarni to‘g‘ri talaffuzga o‘rgatishning mazmuni va mohiyati.
1.1.Talaffuzga o‘rgatishning asosiy bosqichlari.
Bolalarni to‘g‘ri talaffuzga o‘rgatishning mazmuni va mo­hiyati. Tarbiyachi u yoki bu tovush tarkibida turli nutq organlari: lablar, tishlar va til ishtirok etayotganini ko‘rsatadi hamda tushuntirib beradi. Bolalarning tovushlarni ifoda etishda nutq organlari holatini ko‘rib olishlari ularning to‘g‘ri talaffuzni o‘zlashtirib olishlarida yordam beradi. Bu boradagi ish tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, ushbu yo‘nalishdagi mashqlar ijobiy natijalarga olib keladi. Аmaliyotda bu metodik usullar ko‘pincha birgalikda qo‘llaniladi va ular doimo bir- birini to‘ldiradilar.
«I» qattiq tovushining to‘g‘ri talaffuzini shakllantirish. Tarbiyachi tovush artikulatsiyasini namoyish etadi va bolalarga tilning talaffuz chog‘idagi holatini ko‘rishni taklif qiladi. So‘ngra u tovushni bir necha bor talaffuz qiladi, keyin esa bolalar uni takrorlaydilar. Аgar bolalar so‘zlardagi tovushni to‘g‘ri talaffuz eta olsalar, yangi gaplarga va to‘rt qatorli kichik-kichik she’rlarni yod olishga o‘tish mumkin. Ravon nutqni rivojlantirish asosida turli aloqa vositalaridan (so‘zlar, gaplar, matn qismlari o‘rtasida) foydalanish, turli toifadagi matnlar - tasvirlash, bayon qilish, mu- lohaza yuritish tuzilmasi haqidagi tasavvurlarni shakllantirish qo- biliyatini o‘rgatish yotadi.
Tovush. Ayrim tarbiyachi pedagoglarda tovush tabiatdan beriladi (xudo bergan) deyishadi. Maxsus tovush yillar davomida o‘zgarishi, aynishi mumkin. Shuning uchun doim mashq qilib uni rivojlantirib turish lozim bo‘ladi.
Tovush apparati uch bo‘limdan iborat: generator, energetik, rezonator.
Tovushning hosil bo‘lishi:

  1. Tovush kuchi bilan bog‘liq (nutq apparati organlari bilan bog‘liq).

  2. Tovush jarangdorligi (tovush jarangdorligi turli masofalarga yu- borib baland pastligini o‘zgartirish).

  3. Tovushning egiluvchanligi va harakatchanligi (tovushni o‘zgartira olishi, tovushning baland-pastligi).

  4. Diapazon-tovushning hajmi (chegarasi eng baland va eng pastki ton bilan belgidir).

  5. Tembr-tovushning yaqinligi, yumshoqligi, silliqligi, xususiyligi. Tovush apparatining charchashi, tovushda bo‘lgan nuqsonlar va buzilishlar orqali yuzaga keladi. Nutqning tovush madaniyatini tar- biyalashda intonatsion ifodalilik, temp, talaffuz va fikmi bayon qi- lishning ravonligi ustida ishlashga ko‘proq ahamiyat berish darkor, zero, ravon nutqning shakllanishi ushbu ko‘nikmalarga asoslanadi.

Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash ham til borlig‘ini eng oddiy anglashni shakllantirish bilan o‘zaro bog‘liqdir. Maktabga- cha yoshdagi katta bolalar so‘zlar, tovushlar, qofiyalar bilan faol o‘ynaydilar. Ular so‘z jaranglagandagi umumiy va alohida jihatlar- ni payqay oladilar, artikulatsion va akustik jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan tovushlarni (S-Sh, S-Z) farqlay oladilar, maqol, matal va tez aytishlardagi 4-5 ta so‘zda uchragan tovushlarni sezadilar.

  1. Talaffuzga o‘rgatishning asosiy bosqichlari.

Talaffuzga o‘rgatish 3-bosqichda amalga oshiriladi:

  1. bosqish Ayrim tovushlar talaffuzini shakllantirish - bu qattiq va yumshoq, jarangli va jarangsiz undoshlar talaffuzi ustida ishlashni ko‘zda tutadi;

B-lab portlovchi jarangli undosh tovush. So‘zning oxirida, boshida va o‘rtasida keladi. B..., .. B..., .. B, B-V kabi aytiladi, aroba-arava, kabob-kavob.
P-lab portlovchi jarangsiz undosh tovush.
P.... P..., .. ..P, B va F undosh tovushlari o‘rnida talaffuz qili- nadi, fabrika-pabrika, kelib-kelip.

  1. bosqich: Ayrim so‘zlar talaffuzini shakllantirish - bu leksikani to‘g‘ri talaffuz qilish, urg‘u berish, so‘zda urg‘u bo‘g‘inini ajratish- dan iborat;

Leksik jihatdan: «Ko‘klam keldi» biri fasilning nomini, ikkinchisi harakatni anglatadi.
Urg‘u so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga tushadi: Tikuvchi, ti-kuv-chi.

  1. bosqich: Namunaviy gaplar talaffuzini shakllantirish - bu ozgacha gap ohanglari ustida maxsus ishlashni kozda tutadi. Chum- chuq - kichkina qushcha.

Tilni amalda ozlashtirish ona tilining barcha tovush birliklarini (to­vush - bogin - ibora - matn) tinglab ajratib olish va ularni togri talaffuz qilishni nazarda tutadi, shuning uchun maktabgacha yosh- dagi bolada tovushni talaffuz qilishni shakllantirish borasidagi ishlar muntazam ravishda olib borilishi lozim.
Ohang, tembr, pauza, urg‘ulashning turli xillari tovush ifodaliligi- ning muhim vositalari hisoblanadi.
Bolaga intonatsiyadan to‘g‘ri foydalanishni, bildirilayotgan fikr- ning nafaqat mazmuniy ahamiyatini, balki emotsional xususiyatlarini ham bergan holda, uning intonatsion tasvirini qurishni o‘rgatish juda muhim. Shu bilan parallel ravishda, vaziyatdan kelib chiqqan holda, talaffuz tempi, past-balandligini to‘g‘ri qo‘llash, tovushlar, so‘zlar, iboralar, gaplarni aniq talaffuz qilish (diksiya) qobiliyatini shakllanti­rish ishlari ham olib borilishi lozim.
Bolalarda nutqning intonatsion jihatiga diqqat-e’tibor qaratishni tarbiyalar ekan, katta yoshli odam (pedagog) uning nutqni tinglash qobiliyatini, tembr (har bir tovushning o‘ziga xos bo‘lgan sifati) va vaznni his qilish, tovush kuchini sezishni rivojlantiradi, bu esa kelgusida musiqa tinglash qobiliyatini rivojlantirishga ham ta’sir ko‘rsatadi.
Nutq intonatsiyasi, tovushning ifodaliligi ustidagi ishlar bolalar- ning bildirilayotgan fikrga nisbatan, matndan kelib chiqqan holda, ovozini balandlatib yoki pasaytirib, talaffuz qilinayotgan matn- ga mantiqiy va emotsional urg‘u berish orqali o‘z munosabatini bildirishni o‘rganishlari uchun zarur. Buning uchun pedagog tegishli topshiriqlardan ko‘proq foydalanishi lozim. Aynan ushbu qobiliyat- lar bolaga turlicha intonatsion ifodalashni talab qiluvchi turli xildagi ravon fikrlami tuzish - hikoya qilish, tasvirlash, mulohaza yuritish uchun zarur bo‘ladi.
Tarbiyachi nutqning tovush jihatini rivojlantirar ekan, bolaga fikrlarning predmet, fikr bildirish mavzusi va tinglovchilardan kelib chiqqan holda kommunikatsiya maqsadlari va shartlariga mos ke- lishini hisobga olishni o‘rgatishi lozim.
Nutqning past-balandligi o‘rinli bo‘lishi, tezligi esa atrofdagi muhitga va fikrning maqsadiga mos kelishi lozim. Yaxshi, to‘g‘ri nutqning muhim ko‘rsatkichi bo‘lib uning ravonligi hisoblanadi.
Artikulatsion va intonatsion qobiliyatlarning uzviy bog‘liqligi keng ma’nodagi tinglash va artikulatsion-talaffuz ko‘nikmalarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Ish jarayonida tarbiyachi bolalarga so‘zning tovush tarkibini, so‘zdagi urg‘u o‘rnini tinglab, aniqlay olishga, qofiya va vazn- ni his qilish tuyg‘usini rivojlantirishga, aniq talaffuzni, so‘zlar, iboralar, gaplarning turli intonatsion tavsiflarini bera olish qobili- yatini shakllantirishga yordam beradigan mashqlardan foydalani- shi zarur.
Bu murakkab nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirish fonetik mashqlarni takrorlashni, ularni muntazam ravishda o‘tkazishni ta­lab qiladi.

  1. Tovush hosil qilishda ishtirok etadigan turli organlar- ning ahamiyati. Har bir nutqiy vazifa ustidagi ishlarning ustuvor yo‘nalishlarini ajratar ekanmiz, ularning barchasi o‘zaro bog‘liqlikda va yaqin o‘zaro hamkorlikda ishtirok etishini ta’kidlash lozim.

Tilning asosiy harakatlarini: tilni yuqoriga ko‘tarish, pastga tu- shurish, tilni og‘iz burchaklariga yo‘naltirishni mustaqil bajarishga o‘rgatish. (lablar,til, til uchi, til kuragi, tilning orqa qismi, tishlar, tanglay, tovush, og‘iz, lablar, tishlar va til, tanglay) haqida quyidagi- cha ma’lumot berish.
Tovush hosil qilishda ishtirok etadigan turli a’zolarning ahamiyati:

  1. Nafas apparati.

  2. Bo‘g‘iz (hiqildoq) bo‘shlig‘i.

  3. Og‘iz bo‘shlig‘i (til, tanglay, kichiktil, tish, va lablar).

  4. Burun bo‘shlig‘i (tovush ohangiga alohida tus berishda ish- tirok etadi).

Diksiya - talaffuz tarzi, talaffuzni aniq ravshanligi darajasi. O‘qituvchi uchun to‘g‘ri talaffuz eng kerakli qurol. Chunki eshitayot- ganlar tushunishi uchun - talaffuz ravon, har bir bo‘g‘in, so‘z va to- vushlarni aniq aytishi kerak.
Ritmika - ovoz maromi yoki vazni. Ba’zi bir so‘zlarning bo‘g‘inlarning talaffuzi, ularning tezligini nutq suratini tashkil etadi.
Ovoz tezligi har bir o‘qituvchining fazilati. Nutq mazmuni muomala vaziyatiga bog‘liq.
Pauza - temp va nutqning yoqimli bo‘lishi nutq ohangini tash­kil etadi. Monotonnost (bir ohangda nutq zerikarli bo‘lib qiziqish va diqqatni pasaytiradi).
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning nutqi yaxshi taraqqiy etishi uchun ularning nerv sistemasi, eshiyish va nutq organlari sog’lom bo’lishi lozim. Agar bola yaxshi eshita olmasa, u tovushlarni bir-biridan yaxshi farqlolmaydi; tomoq burun yo’llari, tishlari sog’lom bo’lmasa, tovushlarni, so’zlarni tog’ri talaffuz eta olmaydi. Nerv asab tizimi nosog’lom-tez qo’zg’aluvchan bo’lsa, bu uning nutqiga ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun maktabgacha ta’lim muassasalarida bolaning nutqini rivojlantirish uchun barcha sharoitlarni yaratish zarur.
Nutq to’liq rivojlanmagan maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun esa logopedik mashg’ulotlar jarayonida logopedik o’yinlar asosida so’z va tovushlarni to’g’ri talaffaz etishni tarbiyalash usullarini qo’llash kerak. Bolaning har bir tovushni to’g’ri talaffuz etishi bu bir murakkab, o’ziga xos ish xisoblanib, ana shu ish nutqni harakatga keltiruvchi va nutqni eshitish analizatorlarining barcha qismlari bir – birlari bilan o’zviy bog’langan holda aniq ishlashini talab etadi.
Uch yoshli bolalarning ko’pchiligida tovushlarni talaffuz etishning patologik kamchiligi emas, balki fiziologik kamchiligi uchrab turadi. Buning asosiy sababi shundan iboratki, uch yoshli bolalarda markaziy eshituv va nutq apparatining ishi hali takomillashmagan bo’ladi. Markaziy eshituv organi bilan nutq apparati o’rtasidagi uzviy bog’liqlik mustahkam va etarli darajada bo’lmaydi, periferik nutq apparatining muskullari esa hali kuchsiz harakat qiladi. Bularning barchasi bola nutq organlari harakatlarining yetarli miqdorda aniq bo’lmasligiga, tovushlarni eshitish orqali aniq ajrata olmasligiga olib keladi. Tovushlarni to’g’ri talaffuz etishning asosiy shart – sharoitlaridan biri artikulyasiya apparati organlarining harakatchanligi va bulardan bolalarning foydalana olish qobiliyatidir.
Demak, logopedik mashg’ulotlar jarayonida nutqi to’liq rivojlanmaganbolalar uchun logoped o’yinlar asosida so’z va tovushlarni talaffuz etishni tarbiyalashda nafas olish tovush chiqarish va nutqi bilan chambarchas bog’liq bo’lar ekan. Chunki maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning tovushlarini talaffuz etishlari nutqi harakatga keltiruvchi apparatning shunga bo’g’liqdir.shuning uchun bolalarda tovushlarni to’g’ri talaffuz etishni tarkib topdirib boorish bilan birga alohida nutq a’zolarini harakatga keltiruvchi apparatlarini: lab, til, tish, lunj muskullarini doimiy mashq qildirib boorish va jag’ning harakatchanligini o’stirish lozim.
Nutqi to’liq rivojlanmagan maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar nutqini rivojlantirish uchun lagoped tarbiyachi bunday bolalar bilan tovush talaffuzi va diksiya ustida ishlashi, aniqrog’i, muntazam ish olib borishi darkor. Tovush talaffuzi mashg’ulotlari muntazam, shu bilan birga, sistemali ravishda o’tkazilishi kerak.ko’pincha artikulyasion mashqlar ham o’yin tarzida o’tkaziladi.bunda bolalar aytilishi lozim bo’lgan so’zlarni bir necha bor takrorlaydilar. Bu kabi logopedik o’yin mashg’ulotlarini o’tkazishning bir qancha metodik turlari bor. Masalan, ko’rsatmali materiallardan foydalanib o’tkaziladigan o’yinlarda aytilishi lozim bo’lgan tovushlar ishtirok etadigan o’yinchoqlar to’plami bilan “Bu kimning o’yi” o’yinini o’ynash mumkin. Nutqi to’liq rivojlanmagan maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalar bilan so’zlarni to’g’ri talaffuz etish yuzasidan olib boriladigan logopedik mashg’ulotlarning ahamiyati kattadir. Chunki bolalar nutqining ravon bo’lishi juda ham muhimdir. Ayniqsa ashulali o’yinlarda, qiyin bo’lmagan she’rlarni aytish jarayonida logoped tarbiyachi bolalarga tovushlarni to’g’ri talaffuz qilishini ko’rsatadi, bolalar esa unga taqlid qilish orqali o’z nutq a’zolarini mashq qildiradilar.
Buning uchun xonada eng avvalo osoyishtalik bo’lish lozim. Baland ovoz bilan so’zlashishga, radioni yoki musiqalarni baland ovozda qo’yib qo’yishiga yo’l qo’ymas kerak. Chunki bularning barchasi bolalarning ham mustahkamlanmagan nerv asab tuzilishiga katta salbiy ta’sir ko’rsatadi. Tarbiyachining hadeb baland ovozda gapiraverishi ham bolani uning so’zlariga be’etibor bo’lib qolishiga olib keladi. Bu degani faqat jimjitlik bo’lishi kerak, degani emas, ahir bolalar o’ynaganlarida bir-birlari bilan so’zlashadilar. Tarbiyachining logoped esa bolalar nutqidagi kamchiliklarni aniqlashi va turli logopedik o’yinlar asosida bolalarning so’z va tovushlarni talaffuz etishlarini tarbiyalashi kerak.

  1. mashg‘ulot:

Mavzu: «Quvnoq tilcha haqida ertak».
Maqsad: Bolalarga og‘iz, lablar, tishlar va til, tanglay haqida tu- shunchalarini mustahkamlash. Tilning asosiy harakatlarini bolalar bi­lan birgalikda bajarish: tilni yuqoriga ko‘tarish, pastga tushurish, tilni og‘iz burchaklariga yo‘naltirish.
Vazifalar:
Mashg‘ulot vaqtida har bir bolani diqqat-e’tibor bilan kuzatib, mashqni qanday bajarayotganini tekshirib turish.
Kutilayotgan natijalar:
Bolalarning gapirishimiz uchun bizga nimalar yordam beri- shi (lablar, til uchi, til kuragi, tilning orqa qismi, tishlar, tanglay, tovush, og‘iz, lablar) haqidagi tushunchalari yanada mustah- kamlanadi. Tilning asosiy harakatlari: tilni yuqoriga ko‘tarish, pastga tushurish, tilni og‘iz burchaklariga yo‘naltirishni mus- taqil bajara oladilar.
Bolalar bilimlarini kengaytirishga yo‘naltirilgan, ishtirok etishga mo‘ljallangan interfaol usullar:
Aqliy hujum.
Qisqa hikoya.
Savol-javob.
Tetiklashtiruvchi mashqlar.
Kerakli jihozlar:
«Quvnoq tilcha haqida» ertagi bilan ishlashni mo‘ljallash.
Mashgulotning borishi.Tarbiyachi: Bolalar, qani ayting-chi: «Biz nima orqali gapiramiz?» (ogzimiz bilan). Togri, ogzimiz orqali. Ogzimiz uychaga oxshaydi. Bu uychada nima yashaydi? To‘g‘ri, til. Til haqida ertak eshitganmisiz? Qani eslab ko‘ring-chi. Til uychada yashaydi. U yashaydigan uychaning eshigi bor-a? Uning uychasida bitta eshikcha emas, balki ikkita eshikcha bor edi. Birin- chi eshigi-lablar, ikkinchi eshigi -tishlar. Bu uyning shifti ham bor edi. Bu nima deb atalar edi? To‘g‘ri, tanglay. Biz gapirmaganimizda uychaning ikkala eshikchasi yopiq bo‘ladi va tilcha ko‘rinmaydi. Hammangiz og‘zingizni yoping va bir-biringizni og‘zingizga qarang. Tilcha qorong‘ida o‘tiraverib zerikib, ko‘chaga chiqib sayr qilib kel- moqchi bo‘ladi. Avval til uchini chiqarib, havo qanday ekanligini bilib olmoqchi bo‘ladi. Kelinglar, hammamiz shunday qilamiz (tar- biyachi bolalarni bu harakatni qanday bajarayotganliklarini tekshirib chiqadi). Mana, qanday keng tilcha, hammangiz bir-biringizga qa- ranglar. Birdan qattiq shamol esdi, tilcha burishdi. Ingichka bo‘lib oldi, so‘ngra butunlay uychasiga yashirinib, uxlash uchun karavat- chasiga cho‘zildi. (bolalarni tekshirish).Uyqudan uyg‘ongan tilcha mashq qilmoqchi bo‘ldi, yuqoriga ko‘tarila boshladi.(yuqoridagi tishlar orqasiga), so‘ngra pastga tushadi (pastki tishlar orqasiga) (tar- biyachi har bir bolani tekshiradi). Tilcha avval mashqni sekin-sekin bajaradi, so‘ngra tez-tez sakray boshladi. U sakraganda shiftga yetay- yetay dedi, sakrab shiftni til uchi bilan silab qo‘ydi.Tilcha mashq qilib bo‘lgach, yana ko‘chaga chiqmoqchi bo‘ldi. Ko‘chaga chiqib zinapoyaga o‘tirdi(tilning keng oldingi qirrasini pastki labga qo‘yish, bolalar bu harakatni bajarayotganlarida pastki lablarini qiyshaytir- masinlar, pastki tishlarga tegizmasinlar). Bir o‘zi o‘tiraverib zerikdi, o‘ynash uchun ko‘chada hech kim yo‘q edi. Bolalar yo‘qmikin, deb tilcha avval o‘ng tomonga, so‘ngra chap tomonga qaradi. Hech bir bola yo‘q edi. Bolalami qidirib uyining atrofida yugura boshladi(til og‘iz atrofida aylanma harakat qiladi). Birga o‘ynash uchun sherik topdi, sevinganidan sakradi, va tili bilan cho‘lpillatdi (tilni tanglay- ga yopishtirib, uchi bilan cho‘lpillatadi (bolalar tekshiriladi). Tilcha mazza qilib sayr qilganidan so‘ng uyiga ketdi va ikkala eshikni yopdi. Uychasining eshiklari oddiy emas, ikki qavatli. Bular - lablar. Mana yuqorigisi, mana pastkisi (ko‘rsatadi). Lablar ham ko‘p harakat qila oladilar. Mana ular ko‘p harakat qilib jilmayishdi. Kelinglar ham- mamiz jilmayamiz, so‘ngra ular nimagadur achchiqlandilar va ol- dinga naychaga o‘xshab cho‘zildilar (tekshirish). So‘ngra lablar biroz ochilib, ikkinchi eshikni ko‘rsatishdi (tarbiyachi tishlarini ko‘rsatadi). Mana yuqorigi tishlar, mana bu pastki tishlar.
Hamma eshiklarni yopamiz, tilcha juda ham charchadi, uning dam olgisi kelyapti.
Jismoniy daqiqa.
Bolalar, yana bizning ovozimiz ham bor-a! U ham uychada ya- shaydi. Biroq uning uychasi og‘izda emas, bo‘yinda (ko‘rsatadi).
Ba’zan ovoz uxlaydi va sekingina pishillaydi, uning pishillashi eshitilmaydi (tarbiyachi «s» tovushini talaffuz etadi So‘ngra bolalar «s» tovushini talaffuz etadilar.Qo‘llarining orqa tomonini bo‘yinlariga qo‘yib, ovoz uxlayaptimi yoki yo‘qmi, tekshirib ko‘radilar). Ovoz uyqudan turgandan keyin ashula aytadi. U shunday ovozda ashula ay- tadiki, hatto uychaning devorlari titray boshlaydi (bola «z» tovushini bo‘yinga qo‘l kaftining orqa tomonini qo‘yib talaffuz etadi. Bu bilan ovoz uxlayaptimi yoki yo‘qmi, tekshiriladi. Xuddi shu tariqa bola­lar ikki - uch marta «s» va «z» tovushini navbatma-navbat talaffuz etadilar va tovush uxlayaptimi yoki ashula aytyaptimi aniqlashadi. Bolalar, bugun biz ko‘p narsalarni bilib oldik. Mashg‘ulot bolalarni rag‘batlantirish bilan yakunlanadi.
Ma`lumki, bola ijtimoiy va biologik omillar asosida nutqni egallaydi, ulardan birining buzilishi yoki yetishmasligi nutq patologiyasiga olib keladi. U yoki bu nutq buzilishi bor bola atrofdagilarning nutqini tushuna olmaydi va o`zi ham gapira olmaydi. Maxsus korreksion-pedagogik ta`sirsiz bolaning har tomonlama ma`naviy, jismoniy, nutqiy rivojlanishini va maktabga tayyorlashni ta`minlab bo`lmaydi.
Defektolog-olimlarning tadqiqotlarida A.S.Vigotskiyning o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lgan anomal bolalar ruhiyatining rivojlanishi normal bola rivojlanishida kuzatiladigan asosiy qonuniyatlarga bo`ysunadi degan qoidasi katta rol o`ynaydi. L.S.Vigotskiyning ilmiy-metodologik konsepsiyasi anomal bolalarni, xususan nutqida buzilishlari bor bolalarni maxsus o`qitish va tarbiyalashning ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqishga yordam berdi.
L.S.Vigotskiy defektologiya muammolariga nuqtai nazarining umumiy tizimida quyidagilarni yetakchi sifatida ko`rsatish mumkin:

      • anomal bolalarni ruhiy rivojlantirishning muhim imkoniyatlari g`oyasi;

      • anomal bolalar rivojlanishiga ijtimoiy ta`sirlarning, xususan pedagogik ta`sirlarning hal qiluvchi roli to`g`risidagi qoida;

      • patologik rivojlanayotgan bola shaxsining shakllanishida jamoa faoliyatining (o`quv, o`yin, mehnat) yetakchi ahamiyati to`g`risidagi xulosa.

Bola ruhiyatining shakllanishiga nutqdagi kamchiliklarning ta`siri to`g`risidagi fikr qo`llab-quvvatlandi va rivojlantirildi. Bundan tashqari, tadqiqotlarda u yoki bu nutq buzilishlari bolada ijtimoiy qiyinchiliklarni keltirib chiqarish to`g`risidagi fikr ham o`z aksini topdi. Bu qiyinchiliklarni bartaraf etish yoki oldini olish bolaning tengdoshlari bilan muloqotini yo`lga qo`yish, uni jamoa faoliyatiga qo`shilishiga yordam beradi. Ilmiy g`oyalar nutq patologiyasining turli shakllarini o`rganishda muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Nutqni normal egallashning individual xususiyatlari va umumiy qonuniyatlari nutq buzilishlarini bartaraf etish bo`yicha o`qitish metodikasi va dasturlarini oqilona tuzishda juda muhimdir. Bu shu bilan tushuntiriladiki, buzilgan analizator funksiyasini ushbu funksiyaning normal rivojlanishi qonuniyatlarini hisobga olmay turib tiklab bo`lmaydi.
Ba`zi tadqiqotchilar nutqni eshitish deganda bolaning ayrim tovushlarni va ularning so`zdagi ketma-ketligini eshitish qobiliyatini, ya`ni so`zni tovush yaxlitligida qabul qilish va nutq mazmunini tushunish qobiliyatini tushunadilar.
Boshqa tadqiqotchilar esa nutqni eshitishni insonning maxsus psixolingvistik qobiliyati deb qaraydilar, bunda nafaqat uning qabul qilish (o`zlashtirish), balki qayta ifodalash (eslash) funksiyasiga alohida ahamiyat beradilar. Nutqni eshitish nutq qobiliyatining tarkibiy qismlaridan biri bo`lib, har qanday qobiliyat kabi u ham rivojlanadi, takomillashadi va oxir-oqibatda tilning fonologik vositalarini va umuman nutq madaniyatini o`zlashtirishni ta`minlaydi.
Nutq buzilishlari his-tuyg`u (emotsiya) va iroda sohasining buzilishiga olib keladi, nutq rivojlanishiga halakit beradi, maktabda o`qishga tayyorlashga ta`sir ko`rsatadi, savodxonlikni o`zlashtirishga to`sqinlik qiladi. Shu munosabat bilai nutq buzilishlari bor maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish masalasi alohida ahamiyat kasb etadi.
Bolalarnda nutqiy fikrning tug`ilish va idrok etish jarayonining psixolingvistik modeli tadqiqotning ilmiy-nazariy asosi bo`ldi. Nutqiy fikrning tug`ilishi ko`p bosqichli jarayon bo`lib, murakkab ierarxik tashkiliy tuzilmaga egadir (A.A.POtebnya,A.I.Peshkoskiy ,L.V.Sherba va boshqalar). Nutqning tug`ilishi va idrok etilish mexanizmlari umuman olganda yaxlit bir butundir, lekin nutqni idrok etuvchi odam bu nutqning tug`ilishidagiga nisbatan boshqa dastlabki ma‟lumotlarga eshitish orqali.
Kar bolalarda talaffuz etishning shakllanishi S.A.Zikov(1999) leksika, nutqning grammatik tuzilishi va fonetikasi rivojlanishining u yoki bu sabablarga ko`ra yetishmovchilik tariqasida belgilaydi. Kar bolada nutqning juda tushunarsiz bo`lib qolishi qayd qilinadi. Bunga sabab faqatgina tovushlarni to`g`ri talaffuz etish bo`libgina qolmasdan, balki bo`g`in tarkibi har xil bo`lgan so`zlarni talaffuz etishda kuzatiladigan talaygina qiyinchiliklar ham yuz berishidir. Bu qiyinchiliklar ayrim tovushlarni, ularni tashlab qoldirish, o`rnini almashtirish hollarida ifodalanadi. Keyinchalik Kar bolalarda tovushlarni talaffuz etishning shakllanmaganligi ham kuzatiladi. S.A.Zikov(1999) fikrini davom ettirib, Kar bolalarni o`qitish usulini ishlab chiqar ekan, ana shu kamchiligi bo`lgan bolalarda tovush chiqarish xususiyatlarini ko`rsatib o`tadi. Barcha nutq buzilishlari korreksiyaga muhtoj, uni imkon qadar erta boshlash zarur. I.P.Pavlov qayd qilib o`tganidek, «hech narsa bir joyda qotib, ta`sirlarga berilmay qolmaydi, har doim yaxshi tomonga o`zgarishi mumkin, faqat tegishli shart-sharoitlar amalga oshirilsa bo`lgani».
Eshitishdagi patologiya sababli nutq buzilishi bo`lgan bolalarning nutqi ko`pincha normal rivojlanishdan ortda qoladi, bu uning intellektual qobiliyatlari va his-tuyg`ulari takomillashmasligiga olib keladi, bolalarni maktabda o`qishga tayyorlanishiga to`sqinlik qiladi. Yuqorida qayd qilinganlardan ko`rinib turibdiki, bolalarning nutqi rivojlanishi va uni to`g`rilashga bolalar bog`chalaridayoq alohida ahamiyat berish zarur1.
Bu ko`proq maktabgacha yoshdagi katta bolalarga taalluqlidir, chunki, birinchidan, ularni maktabda o`qishga imkon qadar jiddiy tayyorlash zarur, chunki nutqning rivojlanganligi – bolalarning maktabda o`qishga tayyorligining muhim mezonidir; ikkinchidan, maktabgacha yoshdagi katta bolalar o`z nutqlaridagi kamchiliklarni tushuna boshlaydilar, bu esa ularning ruhiy va his-tuyg`ulari holatiga salbiy ta`sir etadi va aksariyat hollarda tengdoshlari va kattalar bilan muomalada mushkulliklarga olib keladi.
Demak, nutqning asosiy funksiyalaridan biri – kommunikativlik buziladi, bu nutqning rivojlanishiga yanada ko`proq to`sqinlik qiladi.
Eshitish buzilishini va tallaffuz malakalarini erta korreksiyalash muammosining ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqish va shu bilan birga maktabgacha yoshdagi bolalarning barcha toifalari uchun tabaqalashtirilgan maktabgacha tarbiya muassasalari tarmog`ini kengaytirish, bola hayotining dastlabki yillaridan boshlab o`qitish va tarbiyalashning korreksion tizimlarini yaratish maqsadlarida kompleks eksperimental tadqiqotlarni tashkil etish – bu defektologiyaning yangi yo`nalishlaridan biri bo`lib, anomal bolalar rivojlanishidagi kamchiliklarni bartaraf etish yo`llarini izlash jarayonida qonuniy tarzda shakllandi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun korreksiya ishlari dasturi u yoki bu malakalarni va bilimlarnigina emas, balki bolaga zarur va u uchun yangi bo`lga anglash, funksiyaning zararliligini kamaytirish, anomaliya rivojlanishini to`g`rilash vositalarini shakllantirishga, ikkilamchi buzilishlarning oldini olish va bartaraf etishga yordam berishi zarur. Korreksiya ishlari kelajakda to`laqonli shaxsni shakllantirish, uni jamiyatda mehnat qilishga tayyorlashga yo`naltirilgan bo`lishi kerak. Talafuz malakalarini nuqsonlarini bartaraf etishda maktabgacha tarbiya muhim rol o`ynaydi, chunki bola hayotining bu davri psixologik rivojlanishning ko`plab tomonlari, sensor va motor sohasining shakllanishi uchun sinteziv hisoblanadi. Bu davrda barcha ruhiy funksiyalar o`zining optimal rivojlanish yo`lini o`tadi, o`zaro aloqalarda ham umuman ongda murakkab tabaqalanish yuz beradi. Anomal bolalarni tabaqalashtirilgan tarzda tarbiyalash va o`qitish tizimining ilmiy asoslarini yaratish turli nutq nuqsonlarini har tomonlama chuqur o`rganishni talab etadi. G.A.Gursov,Ya.T.Speshnov,I.Ya.Seleznov Kar bolalarni nutqining nuqsonlarni erta korreksiyalash muammosini ishlab chiqish va shu munosabat bilan maktabgacha yoshdagi barcha toifadagi anomal bolalar uchun maktabgacha tarbiya muassasalarining tabaqalashtirilgan tarmog`ini kengaytirish, bolani hayotining dastlabki yillaridan boshlab tarbiyalash va o`qitishning korreksion tizimini yaratish maqsadida kompleks eksperimental tadqiqotlar olib borishni tashkil etish – defektologiyaning yangi yo`nalishlaridan biri bo`lib, u Kar bolalar rivojlanishidagi kamchiliklarni bartaraf etishning yo`llarini izlash jarayonida shakllandi. Bu yo`nalish maktabgacha yoshdagi bolalar bilan korreksion ish olib borishning taxminiy dasturini taklif etadi, bunda ishlab chiqiladigan dastur faqat u yoki bu malaka va bilimlarni shakllantirishgina emas, balki bola uchun zarur bo`lgan yangi bilish, funksiya buzilishdan yetadigan zararni kamaytirish, rivojlanishdagi umumiy anomaliyani korreksiyalash vositalarini shakllantirish,ikkilamchi nutq buzilishlarining oldini olish va bartaraf etishga ko`maklashishi zarur. Barcha korreksiya ishlari kelajakda to`laqonli shaxsni shakllantirish, uni jamiyatda mehnat faoliyatiga tayyorlashga yo`naltirilgan bo`lishi zarur.



Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish