Mavzu: Bolalar infeksiyasi



Download 0,68 Mb.
bet2/20
Sana12.09.2021
Hajmi0,68 Mb.
#172829
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Bolalar infeksiyasi

Klinikasi. Bo’gma kasalligida turli a'zolar zararlanishi mumkin, shuning uchun klinik nanzarasi ham qaysi a'zoning ko'proq zararlanganligiga qarab turli namoyon bo'lishi mumkin. Bo’g'mani og'iz, burun, halqum, tomoq, ko'z, teri, kindik, xiqildoq – burun, tashqi jinsiy a'zolar zararlanadigan turlari farq qilinadi.

Kasallikning yashirin davri 2-10 kun davom etadi Yosh bolalarda ko'proq tomoq bo’g’masi uchraydi. Tomoq difteriyasi yallig’lanish jarayonining tarqalishi va zaharlanish belgilariga qarab mahalliy, tarqalgan toksik turlarga bo'linadi. Tomoq mahalliy bo’g’masi ancha yengil o'tadigan turi bo'lib, bunda yallig'lanish jarayoni mahalliy xususiyatiga ega bo'ladi umumiy zaharlanish alomatlari kuzatilmaydi. Bo’g'maning mahalliy (lokalizasiyalangan) turida pardasimon oq karashlar tomog’dagi bodomcha bezlardan nariga o’tmaydi. Avval ular quyuq o’rgimchak to’ri ko'rinishida bo'ladi, tez orada oqimtir kul rang parda hosil bo'ladi. Parda to'qimalariga yopishib olib, ko’chirib olinganda, qonab turadi. Kasallik holsizlanish. ishtashaning pasayishi, yutinganda tomoqda og’riq bo'lishi va tana haroratining ko’tarilishi bilan boshlanadi. Tomoqning mahalliy (lokalizasiyalangan) bo’g'masi pardali orolchali, va kataral turlarga bo'linadi. Bo’g'maning pardali turda bodomcha bezlar qizarib shishadi. Oqimtir-kulrang parda hosil bo'ladi. Parda to'qimalar bilan mahkam birikkan bo'lib, chegaralari aniq bo'ladi. Kasallikning orolchali turida esa parda noaniq chegaraga ega bo'lib, bodomcha bezlarda kichik-kichik orolchalar tarzida joylashgan bo'ladi.

Tomoq bo’g’masining kataral turining klinik tashxisi ancha murakkab bo'ladi, chunki bunda bodomcha bezlar faqat qizaradi, ularda parda hosil bo'lmaydi. Kasallikning bu turida tashxis asosan bakteriologik
tekshirishlar natijasida aniqlanadi.

Bo'g'maning bu turlarida yallig’lanish jarayoni mahalliy bo'lib, organizmning umumiy zaharlanishi kuchli bo'lmaydi. Tomoqning tarqoq bo’g’masida intoksikasiya belgilari yaqqol yuzaga chiqadi, harorat yuqori bo'ladi, karashlar zichroq joylashib, butun bodomcha bezlardan tashqari, xalqumning shilliq pardasi tanglay ravoqlarini, yumshoq tanglayni, tilchani, yutqin devorlarini qoplaydi.

Bo'g'maning toksik turi sensibillashgan organizmning giperergik reaksiyasi bo'lib, keng mahalliy o'zgarishlar va umumiy intoksikasiya bilan kechadi. Kasallikning bu turi bola organizmnining kuchli zaharlanishi haroratning balandligi va fibrinli (parda) ning tomoq chegaralaridan chiqib boshqa a'zolarga tarqalishi bilan kechadi. Tana harorati 39-40ºº C ga ko'tariladi. Bodomcha bezlar va ular atrofidagi to'qimalar shishadi, bolaning rangi oqarib qayta-qayta qusadi, holsizlanadi. Tomir urishi tez va zaif bo'ladi, bolani ahvoli og’irlashadi. Shish pastga bo'g’in va ko'krak qafasi teri osti yog' qatlamiga hamda yuqoriga lunj va qovoqlarga tarqaladi. Shish ustidagi terining rangi odatda o'zgarmaydi. Bolaning tovushi bo’g’ iq, burni bilan gapirgandek bo’ladi. Yurak tovushlarining jarangdorligi pasayadi, sistolik shovqin paydo bo'ladi. Aksariyat hollarda, buyrak, asab tizimining faoliyati buziladi. Bo'yindagi shishning katta-kichikligiga qarab, bo’g'maning toksik turining I. II. III darajalari farq qilinadi. Bo’g'maning toksik turida og'izdan badbo'y, qo'lamsa hid keladi, nafas harakatlari qiyinlashib, shovqinli bo'lib, xirillaydi. Toksik bo’g’maning o’ta og’ir o'tadigan turi gipertoksik, gangrenoz, gemorragik turidir. Gipertoksik bo’g’ma mahalliy o'zgarishlardan tashqari markaziy asab tizimining va yurak qon tomir a'zolari faoliyatining izdan chiqishi bilan kechadi va yashin tezligida bir necha kun ichida bemorning halok bo'lishi bilan tugaydi. Kasallikning gangrenoz formasi og’iz va yutqin to'qimalarining chirib parchalanib ketishi bilan kechadi. Gemorragik bo’g'ma burundan milklardan, me'da-ichaklardan qon ketishi badanida gemorragik toshmalar hosil bo'lishi kuzatiladi.

Hiqildoq bo’g’masi yoki chin bo’g'ma yuqori nafas yo'llarining torayishiga va nafasning qiyinlashuviga olib keladi Hiqildoq bo’g’masi yallig'lanish jarayonning tarqalishiga qarab

1) mahalliy, 2) tarqalgan, 3) toksik turlarga bo'linadi. Kasallikning mahalliy turida faqatgina Hiqildoq, tarqalgan turida hiqildoq va traxeya, toksik turida hiqildoq traxeya va bronxlar zararlanadi.

Hiqildoq bo’g'masi kechishiga qarab bir necha bosqichda bo'ladi. Odatda kasallik yuqori harorat dag'al yo'tal va tovushning qisman xirillashi bilan boshlanadi. Bu davrda nafas olish uncha qiyinlashmaydi. Bu bosqich kataral bosqich deb yuritiladi va 2-3 kundan 7-8 kungacha davom etadi.

Ikkinchi bosqich- stenotik bosqich bo'lib bunda nafas yo'llari torayadi, yo'tal it hurgandagiga o'xshash cho’ziqroq, qo'pol bo'ladi, bolaning tovushi yo'qoladi, shovqinli nafas oladi, lab-burun uch burchagi ko'karadi, nafas olish qiyinlashadi, hansiraydi, bola bezovtalanadi. Nafas olish jarayonida ko'krak qafasining muskullari ishtirok eta boshlaydi. Bolaga o'z vaqtida yordam ko'rsatilmasa asfiksiya bosqichiga o'tadi. Bu davrda bola hushidan ketadi, talvasaga tushadi, organizmida kislorod yetishmasligi oqibatida bola halok bo'ladi.


Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish