Profilaktikasi. Kasallikni oldini olishda bo’g'ma tashxisini o'z vaqtida qo'yish kerak. Bemor bolalarni sog'lom bolalardan ajratish, epidemiyaga qarshi mahalliy va umumiy tadbirlarni ko’rish katta ahamiyatga ega.
Bo'g'mani asosiy profilaktikasi kasallikka qarshi emlashdir. Bo'gmaga qarshi faol emlash ko'kyo'tal va qoqshol kasalligiga qarshi vaksinalar bilan birgalikda o'tkaziladi.
KO’KYO’TAL
Ko'kyo'tal havo-tomchi yo'li bilan yuqadigan kasallik bo'lib, asosan nafas yo'llarining zararlanishi, asab faoliyatining buzilishi va yo’tal xurujlari bilan xarakterlanadi. Ko'kyo'tal bilan bola erta, ya'ni hayotining birinchi kunlaridan boshlab kasallanishi mumkin.
Ko'kyo'tal qo'zg'atuvchisini 1906 yilda Borde va Jangu kashf etishgan. Bular tashqi muhitga nihoyatda chidamsizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |