Mavzu: bola tarbiyasida milliy tarbiya metodlari va zamonaviy pedagoglarning ilg’or yutuqlaridan samarali foydalanish. Kirish. I-bob. Yosh avlodni barkamol shaxs sifatida tarbiyalashda milliy tarbiya metodlari



Download 271,5 Kb.
bet11/11
Sana13.12.2022
Hajmi271,5 Kb.
#884629
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BOLA TARBIYASIDA MILLIY TARBIYA METODLARI VA ZAMONAVIY PEDAGOGLARNING ILG’OR YUTUQLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH.

Maktab

Tajriba guruhi
Nazorat guruhi

Jami o’qituvchilar soni

sinf

O’quvchilar soni

sinf

O’quvchilar
soni

1

4

3a

31

3v

31

62

2

4

4a

30

4v

30

60




Jami

2 ta

61

2 ta

61

122



Tajriba-sinov ishlarini boshlashdan avval biz o’quvchilarda milliy urf-odat va qadriyatlarni qay darajada bilishlarini aniqlash maqsadida sinov o’tkazdik. Sinov natijalari quyidagicha bo’ldi. Jadval-2




Maktab

Tajriba guruhi
Nazorat guruhi

Jami o’qituv
chilar soni

Sinf

Past

O’rta

Yuqori

Jami

Sinf

Past

O’rta

Yuqori

Jami

1

4

3 a

11

15

5

31

3 v

10

14

7

31

62

2

4

4 a

10

16

4

30

4 v

10

12

8

30

60




Jami

2 ta

21

31

9

61

2 ta

20

26

15

61

122

Tajriba guruhi tanlagan sinf o’quvchilarining darsda, sinfdan va maktabdan tashqarida milliy urf-odatlar va qadriyatlar g`oyasidan olgan bilimlari o’rganiladi. Ularga vatanparvarlik, mehnatsevarlik, hallolik, poklik, soflik, sadoqat kabi ezgu g`oyalarni singdirish holatlari kuzatildi. Bir oylik suhbat, kuzatish va tajriba natijalari quyidagicha bo’ldi.


Jadval-3




Maktab

Tajriba guruhi
Nazorat guruhi

Jami o’qituv
chilar soni

Sinf

Past

O’rta

Yuqori

Jami

Sinf

Past

O’rta

Yuqori

Jami

1

4

3 a

6

15

10

31

3 v

9

14

8

31

62

2

4

4 a

5

17

8

30

4 v

8

12

10

30

60




Jami

2 ta

11

32

18

61

2 ta

17

26

18

61

122

Bu ko’rsatkichlarni foiz hisobida ko’rib chiqadigan bo’lsak,
Jadval-4




Mak-tab

Tajriba guruhi
Nazorat guruhi

Jami o’qituv
chilar soni

Sinf

Past

O’rta

Yuqori

Jami

Sinf

Past

O’rta

Yuqori

Jami

1

4

3 a

1,9%

4,8%

3,3%

10%

3 v

2,9%

4,5%

2,6%

10%

62

2

4

4 a

1,7%

5,6%

2,7%

10%

4 v

2,7%

4 %

3,3%

10%

60




Jami

2 ta

3,6%

10,4%

6,0%

20%

2 ta

5,6%

8,5%

5,9%

20%

122

Tajriba-sinov ishlari shuni ko’rsatadiki, o’quvchilarda milliy urf-odat va qadriyatlarni shakllantirish uchun albatta, har bir dars mavzusidan kelib chiqqan holda ularga ta’lim berish bilan birga biror ijobiy hislat haqida ma’lumot berish va o’quvchini bu hislatga ega bo’lishini ta’minlash alohida ahamiyat kasb etadi.




XULOSA VA TAVSIYALAR.


Mustaqil O’zbekistonimizni kelajak istiqbolini belgilab berish, uni dunyo hamjamiyatdagi o’rni va nufuzini yuksaltirish so’zsiz bugungi kun yosh avlodga bog`liq. Ma’naviy barkamol yoshlarni tarbiyalash bu yuksak orzular sari bir qadam desak mubolag`a bo’lmaydi.
Madaniy merosimizni o’rganish, qadimiy an’analarni tiklash O’zbekistonda davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan muhim vazifaga aylandi. Millatning asosiy belgilaridan biriga aylangan urf-odat va qadriyatlarni asrash va kamol toptirish har bir avlodning muqaddas burchidir. Urf-odatlar, rasm-rusumlar, xalqona udumlar, marosimlar, an’analar xalq ijtimoiy hayoti, orzu umidlari va xalqona ideallarini aks ettiradi, insonni iymon-e’tiqodda butun, ma’naviy-ma’rifiy va axloqiy tarbiyada komil bo’lishga undaydi. Xalq pedagogikasida tarbiya milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, an’ana va udumlarimizning tub mohiyatini o’rganish, o’tmishni unutmaslik, bugunning qadriga etish va kelajakka umid bilan boqish ruhida olib boriladi.
Shunday ekan, maktab o’quvchilarida milliy urf-odat va qadriyatlarni shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Chunki milliy urf-odat va qadriyatlarni shakllantirish jarayonida Vatan va uning tarixi, millat qadr-qimmati, boy o’tmish madaniy merosimiz, odob –axloq masalalari, xalqimizning milliy urf-odatlari, buyuk allomalar va ularning boy adabiy meroslari keng miqiyosida o’rganiladi.
Ilmiy tadqiqot ishida yosh avlodni tarbiyalashda milliy urf-odat va qadriyatlarni shakllantirishning asoslari ishlab chiqildi. Darsda va darsdan tashqari mashg`ulotlarda milliy urf-odat va qadriyatlarni shakllantirish nazariy va amaliy jihatdan tahlil etilgan.
Dars mashg`ulotlarida maktab o’quvchilarini milliy urf-odat va qadriyatlarini tarbiyalashning tashkiliy-uslubiy yo’nalishlari ishlab chiqilgan. 1-4 sinflarning o’qish darsligiga kiritilgan XIX asr shoir va yozuvchilarining ijod namunalari ham ma’naviy barkamollik manbai ekanligi ta’kidlab o’tilgan.
Bu borada, o’sib kelayotgan avlodda milliy urf-odat va qadriyatlarini shakllantirishda ijodkor, bilimdon o’qituvchilarning o’rni beqiyos ekanligi ko’rsatib o’tiladi. Boshlang`ich sinflarda milliy urf-odat va qadriyatlarini shakllantirish tajribalari o’rganiladi.
Boy tariximizga nazar tashlanib, donishmand ajdodlarimiz siymosida - ma’naviyatimizning asl durdonalari mavjudligi ko’rsatib o’tilgan.
Tajriba-sinov ishlari natijasida shu narsa ma’lum bo’ldiki, yosh avlodning barkamol shaxs sifatida milliy urf-odat va qadriyatlardan foydalanilgan holda tarbiyalashda qo’yidagilarga amal qilish lozim.

  • Ta’lim muassasalaridagi ta’lim jarayonini aniq maqsad asosida, uzluksiz, izchil va tizimli tashkil etish;

  • Maktab o’quvchilarini milliy urf-odat va qadriyatlari ruhda tarbiyalashning shakl va uslublarini ishlab chiqish;

  • Ilg`or pedagogik texnologiyalarning eng zamonaviy usullaridan unumli foydalanish;

  • O’qituvchilarning malakalarini oshirishni va o’z ustida muntazam ishlashlarini ta’minlash.

Tadqiqot ishi natijasida qo’yidagi xulosalarga keldik:
Yosh avlod, ya’ni maktab o’quvchilarida milliy urf-odat va qadriyatlarini shakllantirishda boshlang`ich ta’limning mazmun-mohiyati katta ahamiyatga ega.
Milliy urf-odat va qadriyatlarini shakllantirish asosida o’quvchilarda ona vatanga muhabbat, muqaddas zaminga hurmat, milliy g`urur, odob-axloq, do’stga sadoqat, yuksak axloqiy fazilatlar shakllantiriladi. Bu esa mafkuramizning asosini tashkil qiladi.
Ta’lim tizimiga e’tibor kuchaytirilishi, kompyuterlardan, yangi pedagogik va axborot texnologiyalardan, pedagogik ta’limning eng ilg`or tajribalaridan unumli foydalanish zarur.
Ta’limni tarbiya bilan uzviy bog`lab, sinfdan tashqari ishlarni ta’lim jaryoni bilan uzviy aloqada tashkil etish orqali o’quvchilar ma’naviy dunyosini boyitish, dars samaradorligini oshirish maqsadga muvofiqdir.
Olib borilgan tadqiqot ishimiz natijalariga asosan qo’yidagi tavsiyalarni taqdim etish mumkin:

  • Vatanga muhabbat, ota-onaga hurmat, millatiga sadoqat, milliy urf-odat va qadriyatlarga, an’analarga va ajdodlarga, xalqiga, ona-tabiatga iliq munosabat, milliy odob hamda qoidalarga rioya qilish singari hislatlarni shakllantiruvchi uslubiy majmualar yaratish;

  • Respublikamizda o’sib kelayotgan yosh avlodga ma’naviy-axloqiy tarbiya berishda sog`lom muhit ustivorligiga erishish;

  • Ta’lim va tarbiyaning uzuluksizligiga ahamiyat berish;

  • Ta’lim va tarbiya jarayonida bola ruhiyatini tarbiyalash;

  • Ta’lim jarayonida tarbiya samardorligini va ta’lim qudratini oshirish;

  • Ta’lim-tarbiyani dunyoviy tasnifda shakllantirish;

  • Vatan ravnaqi yo’lida halol va fidokorana mehnat qilish ruhida tarbiyalash;

  • Mehnat faxriylari va ilg`orlari, ilm-fan xodimlari, ijodkorlar, piru badavlat keksalar bilan uchrashuvlar tashkil etish;

  • Suhbat, munozara, ma’ruzalar, ertaliklar, musobaqalar uyushtirish, xalq og`zaki ijodi namunalari hamda bolalar ongini o’stiruvchi asarlardan foydalanish;

  • Umumiy o’rta ta’lim fanlari mazmuniga milliy va umumbashariy qadriyatlarni singdirish;

  • O’quvchilarda milliy urf-odat va qadriyatlarni shakllantirishga qaratilgan ilg`or pedagogik texnologiyalarni zamonaviy innovastion usullarini topish va uni amaliyotga joriy etish;

  • O’quvchilarda milliy urf-odat va qadriyatlarni tarbiyalashda umuminsoniy, milliy ma’naviy qadriyatlar, o’zbek xalqning urf-odatlaridan foydalanish;

  • Mashg`ulotlar jaryonida o’quvchilarda milliy urf-odat va qadriyatlarni shakllantirishda maktab, oila va jamoatchilikning birgalikdagi faoliyatini muvofiqlashtirish;

  • O’quvchilarda milliy urf-odat va qadriyatlarni shakllantirish mazmuni, ish shakllari va uslublarini belgilab beruvchi pedagogik prinstiplar, ya’ni tarbiyaning hayot va mehnat bilan bog`liqligi, jamoada tarbiyalash va jamoaga suyanib ish ko’rish, o’quvchilarning psixologik xususiyatlarini hisobga olish, tarbiya jarayonining yaxlitligi, tarbiyaviy ta’sirlarning birligiga erishish.

Umumiy o’rta ta’lim jarayonida olib borilgan kuzatish ishlari va pedagogik tajribalarimizni xulosa qilib, shuni aytish kerakki, yosh avlodni barkamol shaxs sifatida tarbiyalashda milliy urf-odat va qadriyatlardan foydalanib tarbiyalashda quyidagilarni tavsiya qilamiz.

  1. Ta’limiy mashg`ulotlarda yozuvchilarning tarjimai holi va asarlarini o’rganishda milliy urf-odat va qadriyatlarga oid savollar, muammolar qo’yish yo’li bilan dars jarayonini tashkil qilish.

  2. O’quvchilarga mavzularni o’tgach, ulardan ongimizni boyitishga xizmat qiladigan, o’quvchiga ma’naviy ozuqa beradigan misollarni topib kelishni vazifa sifatida topshirish.

  3. Har bir mavzu o’tilayotganda o’quvchini milliy urf-odat va qadriyatlar ruhida tarbiyalashga ta’sir etuvchi misollarni topishga o’rgatib borish.

  4. O’quvchilarni milliy urf-odat va qadriyatlarni tarbiyalashga doir mavzular asosida savollar tuzishga o’rgatish.

  5. Dars jaryonida o’quvchilarni milliy urf-odat va qadriyatlarni tarbiyalashga doir ko’rgazmalar, texnik vositalar va adabiyotlardan foydalanish.

  6. Dars jaryonida o’quvchilarni milliy urf-odat va qadriyatlarni tarbiyalashda ularni oldindan shunga tayyor turishlariga erishish.

  7. Har bir darsda o’quvchilarni milliy urf-odat va qadriyatlarni tarbiyalashga xizmat qiladigan asar qahramonlari, ularning ma’naviy qiyofalarini ochib beruvchi qisqa suhbatlar o’tkazib borish.

  8. Milliy urf-odat va qadriyatlarning mazmuni va mohiyatini o’quvchilarga chuqur tushuntirish.

O’sib kelayotgan yosh avlodni milliy urf-odat va qadriyatlarni singdirib tarbiyalashga erishilsa, ularning tabiatga nisbatan qarashlari o’zgaradi. Ular o’z atrofida sodir bo’layotgan voqealarga ongli munosabatda bo’ladi, ularni tahlil qiladi, kerak bo’lsa xulosalar chiqaradi.
Mavzularni o’rganish jarayonida o’quvchining so’z boyligini oshirish, erkin va mustaqil fikr yuritish, ifodali va ravon so’zlash ham uning ma’naviyatining bir bo’lagi ekanligi singdiriladi.
Mavzular bilan bog`langan holda o’z xududlaridagi urf-odatlar, an’analar va qadriyatlar bilan tanishtirlib, ular haqida suhbatlar uyushtirilib o’quvchining ma’naviy dunyosi boyitiladi.
Biz bugungi kunda mustaqillik tufayli yangi jamiyat barpo etdik.
Bu jamiyatning kelajagi istiqboli shubhasiz, bugungi kun yoshlarining qo’lida. Shu bois biz o’z ishimizga mas’uliyat bilan yondashib, har tomonlama barkamol, ham jismonan, ham ma’nan sog`lom avlodni shakllantirishga erishishimiz zarur.
Bugungi kunda ushbu muammoni hal etish uchun amalga oshirish zarur bo’lgan vazifalar:

  • Ma’naviy-barkamol yoshlarni tarbiyalashda xalq og`aki ijodi, milliy urf-odat va an’analar, diniy ta’limotlar, buyuk mutafakkirlarimizning asarlari, xalqimizning serqirra va mushtarak madaniyatini o’rganish;

  • Umumiy o’rta ta’lim jarayonini takomillashtirish, maktab o’qituvchilar jamoasini mustahkamlash, maktabda sog`lom ma’naviy muhit yaratish, maktab o’qituvchilari uslubiy kengashi ishini to’g`ri yo’lga qo’yish, nazoratni kuchaytirish;

  • O’quvchilarni mustaqil va erkin fikr yuritishga o’rgatish, ularda xalqimizning ahillik, tenglik, adolat, saxiylik, hurmat, vatanparvarlik, insoniylik kabi fazilatlari singari mafkuramizning nozik tomonlarini shakllantirish;

  • Maktabda turli xil tadbirlarni o’tkazish, ularga barcha o’quvchilarni jalb qilish, maktab, oila va jamoatchilik hamkorligini mustahkamlash - yosh avlodni ma’naviy barkamol shaxs sifatida kamol topishida muhim omillardan bo’lib hisoblanadi. Ularda milliy urf-odat va qadriyatlarni shakllantirish mas’uliyatini oshiradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

  1. Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. - T.: «Sharq»,1998.

  2. Karimov I. A. Ma’naviyat yuksalish yo’lida. –T.: «O’zbekiston», 1998. 480 bet

  3. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олийжаноб халқимиз билан бирга қурамиз. “Ўзбекистон”, 2017.

  4. Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича ҳаракатлар стратегияси. Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони. Ўзбекистон Республикаси қонун хужжатлари тўплами, 2017йил, 6-сон,70-модда.

  5. Мирзиёев Ш.М. Қонун устуворлиги – инсон манфаатларини таъминлаш тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гарови. “Ўзбекистон”, 2017.

  6. Ibragimov X., Yoldoshev U. va boshqalar Pеdаgоgik psixologiya. -T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2007. - 410 b.

  7. Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. -T.: «O’zbekiston», 2000.

  8. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. -T.: «O’zbekiston», 1999.

  9. O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi. – T.: «O’zbekiston»,1993.

  10. O’zbekiston Respublikasi Enstiklopediyasi.-T.: Qomuslar bosh tahriyati, 1997

  11. Amir Temur «Temur tuzuklari», -T.: /. /ulom nomidagi adabiyot va san’at nashiriyoti. 1996.

    1. Navoiy «Mahbub ul-qulub», -T.: 1987

  12. Abdullaeva A., Safarova R., Bikboeva N., Baxromova U. Boshlang`ich ta’lim davlat ta’lim standartlari. Boshlang`ich ta’lim jurnali, 1998., № 6

  13. Abdullaeva Q. Odobnoma darslarini tashkil etish. Boshlang`ich ta’lim jurnali. 2002. №1

  14. Z. M. Bobur «Boburnoma» -T.: «Cho’lpon», 1989.

  15. Imom Buxoriy «Hadis» 4-jildlik. –T.: Qomuslar bosh tahririyati, 1992.

  16. Konfutskiy «Uroki mudrosti». Moskva. «Nouka», 1998

  17. Ma’naviyat yulduzlari. –T.: A. Qodiriy nomidagi nashriyot, 1999.

  18. Sog`lom avlod-bizning kelajagimiz. –T.: Ibn Sino nomidagi nashiryot, 2012.

  19. Safarboev M. Tarix vositasida milliy g`ururni tarbiyalash. -T., Xalq ta’limi, 2004. № 3. 4-bet.

  20. Qurbonov Sh., E. Seytxalilov va boshqalar. Milliy istiqlol g`oyasini shakllantirishda tashkiliy–uslubiy yondashuvlar. Toshkent, “Akadememiya”. 2002

Internet saytlari

  1. www. tdpu. uz

  2. 13. www. pedagog. uz

  3. 14. www. Ziyonet. uz

1 Qаранг:Hаmrоyev I.Ko`z ilg`amas xazinalar. -Т.:Фан,1990.

Download 271,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish