Mavzu: Birinchi psixologik yordam – bu nima?



Download 16,59 Kb.
bet1/3
Sana14.07.2022
Hajmi16,59 Kb.
#799037
  1   2   3
Bog'liq
2 5449567982495732356


Mavzu: Birinchi psixologik yordam – bu nima?

Maqsad:

Pedagoglar va ota-onalarga birinchi psixologik yordam boʻyicha tushuncha va bilimlarni berish

Vazifalar:

  • Ruhiy jarohatning odatiy (va normal) namoyon boʻlishi toʻgʻrisida tushunchalarga ega boʻlish

  • Jarohatlovchi voqealarning taʼsiri oqibatlari toʻgʻrisida tushunchalarga ega boʻlish

«Sfera» loyihasi (2011) va IASC (2007) bergan taʼrifga koʻra birinchi psixologik yordam (BPYo) – bu qiyinchiliklarni his qilayotgan va yordamga muhtoj boʻlgan yaqin insonlarga nisbatan umuminsoniy koʻmak va amaliy yordam berish boʻyicha choralar majmuidir. BPYo quyidagilarni oʻz ichiga oladi:


-ixtiyoriy ravishda amaliy yordam berish va gʻamxoʻrlik koʻrsatish; ehtiyojlari va muammolarini baholash;
-asosiy ehtiyojlari qondirilishida yordam berish (masalan, oziq-ovqat, suv, maʼlumot);
-insonlarni tinglay bilish, biroq ularni gapirishga majburlamagan holda;
-tinchlantira bilish va insonga oʻzini xotirjam his qilishiga yordam berish;
-maʼlumotlarga ega boʻlishida, ijtimoiy koʻmak beruvchi tegishli xizmatlar va tuzilmalar bilan aloqa oʻrnatishga yordam berish;
-kelgusidagi ziyonidan himoyalash.
BPYo - bu faqatgina mutaxassislar koʻrsatishi mumkin boʻlgan yordam emas. Bu professional konsultatsiya emas. Bu distress holatini yuzaga keltirgan hodisalarni atroflicha muhokama qilishni nazarda tutuvchi «psixologik debrifing»
Psixologik debrifingni emotsional yengil tortishga yordam berish sifatida tavsiflaydilar. Buning uchun insondan yaqinda sodir boʻlgan stressli hodisa davomida his qilgan oʻz tuygʻulari, fikr va emotsional munosabatlarini qisqa, lekin izchillikda sanab oʻtishi soʻraladi. Bunday aralashuvni oʻtkizmagan maʼqul. Debrifingning bunday turini insonparvarlik xizmatlari xodimlari oʻz missiyasini tugallashi yoki vazifasini bajarib boʻlganidan soʻng qoʻllaydigan odatiy operativ debrifingdan farqlash zarur.
Bu jabrlanuvchidan u bilan nimalar sodir boʻlganini tahlil qilish, sodir boʻlgan voqealarning aniq ketma-ketligini va mazmunini aniqlash maqsadidagi murojaat emas. BPYoda insonlarni sodir boʻlgan voqea yuzasidan oʻz tuygʻulari va munosabatlarini soʻzlab berishga majbur qilmasdan ularni tinglash zaruriyati nazarda tutiladi.
BPYo besamar deb baholangan «psixologik debrifing» uchun muqobil usul boʻlib hisoblanadi. Undan farqli oʻlaroq BPYo insonning oʻzini uzoq muddatli tiklab olishi uchun foydaliroq boʻlgan sohalarni oʻz ichiga oladi (turli tadqiqotlar va insonparvarlik guruhlari xodimlarining umumiy fikrlari bundan dalolat beradi).
Bu sohalar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
-xavfsizlik, insonlar bilan aloqasini, xotirjamlik va umid tuygʻusini shakllantirish;
-ijtimoiy, jismoniy va emotsional koʻmakdan foydalanish imkoniyatini berish;
-oʻziga va atrofdagilarga yordam bera olishi yuzasidan ishonchini mustahkamlash.

Download 16,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish