Bpyoni qayerda koʻrsatish mumkin?
BPYoni xavfsiz boʻlgan har qanday joyda – agar gap baxtsiz hodisa haqida ketayotgan boʻlsa bevosita voqea sodir boʻlgan joyda, yoki jabrlanuvchilarga yordam koʻrsatish joylarida, masalan, tibbiyot muassasalarida, qochqinlar uchun boshpanalarda va lagerlarda, maktab yoki oziq-ovqatlarni, yo boshqa yordam turlarini taqsimlash boʻlimlarida koʻrsatish mumkin.
BPYoni eng yaxshisi, zaruriyatda insonlar bilan atrofdagilar xalaqit bermaydigan va soʻzlashish mumkin boʻlgan joylarda koʻrsatishga harakat qiling. Muayyan ogʻir vaziyatni, masalan, jinsiy zoʻravonlikni boshdan kechirgan insonlar uchun alohida soʻzlashish imkoniyatining yaratilishi juda muhim. Bu sir saqlash hamda inson qadr-qimmatini hurmat qilish nuqtai nazaridan oʻta muhim.
Do'stlaringiz bilan baham: |