Mavzu: Bioxilmaxillik va ekosistemalar funksiyalari. Reja:
1.Ekotizmlar tushunchasi va ularning xilma- xilligi.
2.Ekotizimlar vazifasi va tabiatdagi o’rni
3.Produtsentlar , konsumentlar, redutsentlar, va ularni ekotizmdagi o’rni
Biologik xilma-xillik” deganda yerda, dengizda va boshqa ekotizimlarda yashaydigan va o‘sadigan hamma jonli organizmlar tushunilib, ushbu tushunchaga bitta tur doirasidagi, turlararo va ekotizimlar xilma-xilligi ham kiradi (Biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi Konvensiyasi).
Biologik xilma-xillik” deganda yerda, dengizda va boshqa ekotizimlarda yashaydigan va o‘sadigan hamma jonli organizmlar tushunilib, ushbu tushunchaga bitta tur doirasidagi, turlararo va ekotizimlar xilma-xilligi ham kiradi (Biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi Konvensiyasi).
Bugungi kunda bioxilma-xillikka xavflar qatorida yashash joylarining degradatsiyasi, shu jumladan yashash joylarining (shu jumladan mavsumiy yashash joylari) qisqarishi, parchalanishi, ozuqa saqlovchi va boshqa funksiyalarning pasayishi; turlarning yashash joylaridan ruxsat etilgan me’yordan ortiq ov qilinishi; to‘g‘ridan- to‘g‘ri yo‘q qilish (tasodifan va/yoki qasddan yo‘q qilish); ifloslanish (tabiiy, kimyoviy, biologik); invaziv (begona) turlar (antropogen, tabiiy); iqlim o‘zgarishi kabi omillar sanab o’tilishi mumkin.
Bioxilma-xillik oʻzi nima? – degan savolga koʻpchilik mujmal qilib bu “tabiat” yoki “yovvoyi hayvonlar” deb javob beradi. Ammo Bioxilma-xillik ancha keng tushuncha boʻlib, u hayotning barcha turlarini va sayyoramizda mavjud tabiiy tizimlarni oʻz ichiga oladi. Bioxilma-xillik turgʻun tushuncha emas. U tabiat barcha biologik qismlarining oʻzaro bogʻliqligi va bir-birini taqozo etishini tan oladi. Koʻpincha mazkur tushunchaning uch darajasi farqlanadi: turlarning biologik rang-barangligi – barcha oʻsimliklar va hayvonlarning, shu jumladan, turli bakteriyalar va mikroorganizmlarning rang-barangligi; genetik rang-baranglik – turlardagi genetik materialning rangbarangligi va ularning oʻrtasidagi bioxilma-xillik; ekologik tizimlarning rang-barangligi – ekologik tizimlarning boyligi (masalan, togʻ oʻrmonlari, choʻllar yoki savannalar, sahrolar va dengizlar va h.k.). Bu uch daraja jamuljam holda bioxilma-xillikni tashkil etadi. Shu sababli, mazkur darajalarning har birini asrash umuman bioxilma-xillikni asrash uchun muhimdir.
Bioxilma-xillik turgʻun tushuncha emas. U tabiat barcha biologik qismlarining oʻzaro bogʻliqligi va bir-birini taqozo etishini tan oladi. Koʻpincha mazkur tushunchaning uch darajasi farqlanadi: turlarning biologik rang-barangligi – barcha oʻsimliklar va hayvonlarning, shu jumladan, turli bakteriyalar va mikroorganizmlarning rang-barangligi; genetik rang-baranglik – turlardagi genetik materialning rangbarangligi va ularning oʻrtasidagi bioxilma-xillik; ekologik tizimlarning rang-barangligi – ekologik tizimlarning boyligi (masalan, togʻ oʻrmonlari, choʻllar yoki savannalar, sahrolar va dengizlar va h.k.). Bu uch daraja jamuljam holda bioxilma-xillikni tashkil etadi. Shu sababli, mazkur darajalarning har birini asrash umuman bioxilma-xillikni asrash uchun muhimdir.
Bioxilma-xillikka boshqacha koʻz bilan qarash ham mumkin. Chunonchi, biz “biosfera”da, yaʼni sayyoramizning jonli qismida yashaymiz, deb aytish mumkin. Biosfera – juda faol substansiya, lekin oʻzining turli biologik qismlarining boyligi tufayli, u hayotni asrash nuqtayi nazaridan juda barqarordir. Biosfera faqat biologik hayotning boyligi tufayli sirtdan koʻrsatilgan taʼsirlar (shoklar, qoʻzgʻatishlar)ga dosh beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |