Mavzu: biotexnologiyada odam va hayvon hujayralaridan foydalanish



Download 1,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/17
Sana13.07.2022
Hajmi1,16 Mb.
#786700
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
4 Biotexnologiyaga kirish Amaliy topshiriq

Acetobacter, Agrobacterium, Alkaligenes, 
Arthrobacter, Azoarcus, Azomonas, Azospirillum, Azotobacter, Bacillus, Clostridium, Derxia, 
Herbaspirillum, Enterobacter, Erwinia, Klebsiella, Pseudomonas 
va boshqa tur vakillari uchrab 
turadi. 
Rizosfera o‘simlik ildizi bilan juda yaqin bo‘lgan hududni o‘z ichiga olganligi uchun, 
ozuqa elementlariga boy bo‘lgan qism bo‘lib, bu erda mikroorganizmlarning faolligi eng yuqori 
bo‘ladi. 
Fotosintez natijasida hosil bo‘lgan uglerod birikmalarining 30% dan 60% gacha miqdori 
ildizgacha etib kelsa, ularning qariyb 49% i ildiz ekssudatlari sifatida ajralib chiqishi yoki 
ildizning nafas olish jarayoni uchun sarflanishi hisobiga yo‘qotilishi mumkin. Ildiz ekssudatlari 
ozuqa moddalariga boy bo‘lib, ularning tarkibiga yuqori va past molekulyar birikmalar bo‘lgan 
polisaxaridlar, oqsillar, shilimshiq moddalar, aminokislotalar, organik kislotalar, uglevodlar, 
vitaminlar, moy kislotalari va steroidlar, nukleotidlar, fermentlar va boshqa komponentlar, 
shuningdek, CO
2
, molekulyar vodorod, protonlar, gidrooksidlar va boshqalar kiradi.
Ildiz ekssudatlarining ildiz uzunligi bo‘ylab ajralib chiqishi bir xilda kechmaydi: ularning 
maksimal miqdorini ildizning eng yosh qismlarida, ya’ni ildizning uchki-apeksida hamda 
birlamchi va ikkilamchi ildiz joylashgan qismlarida uchratish mumkin. 
Ildiz rizosferasini koloniyalashda ishtirok etadigan bakteriyalar populyasiyalari orasida 
turli xil tipdagi munosabatlar, ya’ni assotsiativ, mutualistik, simbiotik yoki xo‘jayin organizm 
uchun zararli, patogen munosabatlar bo‘lishi mumkin. Ildizdagi bakteriyalarning muvaffaqiyatli 
faoliyatiga javobgar genlar va oqsillarning o‘ziga xosligi bir qator 
Pseudomonas
bakteriyalari 
 
misolida yaxshi o‘rganilgan. Ular biotik yuzaga birikish va biofilm hosil qilishda ishtirok 
etadigan, flagellinlarga kiruvchi xemotaksisda DNK reparatsiyasida, transport va sekretsiyada 
moddalar almashinuvi jarayonlarida hamda spetsifik oqsillar sintezida ishtirok etuvchi oqsillarni 
va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Matilla va uning hamkasblari ning qayd etishlaricha, eng kuchli 
tabiiy tanlanish ildizga yaqin bo‘lgan joyda kechadi. Buning sababi quyidagilar: 1) rizosferadan 
topilgan aminokislotalar va boshqa aromatik birikmalar kabi turli xil ozuqa moddalar va 


muayyan birikmalar bilan oziqlanishga bo‘lgan ehtiyoj; 2) turli xil stresslarni bartaraf qilish 
zaruriyati (masalan, kuchli oksidlanish, sho‘rlanish va h.k) bilan izohlanadi. 
Ilmiy adabiyotlarda o‘simliklarni o‘sishi va rivojlanishini stimullovchi rizosfera
bakteriyalarini umumiy nom bilan PGPR (plant growth –promoting rhizobacteria), ya’ni ingliz 
tilidan plant –o‘simlik, growth-o‘sish, promoting –stimullash, rhizobacteria –rizosfera 
bakteriyalari, ya’ni o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishini jadallashtiruvchi ildiz atrofi 
bakteriyalari deb ataladi. O‘simliklarni o‘sishi va rivojlanishini jadallashtiruvchi rizobakteriyalar 
(PGPR) uchun umumiy xususiyatlar quyidagilar:1) urug‘larga inokulyasiya qilingandan keyin 
yashab qolish xususiyati; 2) ildiz ekssudatlariga javob reaksiyasi sifatida spermosfera (urug‘ 
sirtidagi qism) da ko‘payish; 3) ildizning yuzasi bo‘ylab mustahkam o‘rnashib olish va o‘sishda 
davom etayotgan ildiz tizimiga koloniallanishi hisoblanadi. 
PGPR keng ko‘lamdagi qishloq xo‘jalik ekinlari rizosferasini koloniallaydi va 
o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishini stimullashda, fitopatogenlar sonini kamaytirishda hamda 
stress omillarga chidamlilikni oshirishda bevosita yoki bilvosita mexanizmlar bilan ishtirok etadi 
(bionazorat). 
O‘simliklarni stimullash (o‘sish va rivojlanishini tezlashtirish) xususiyatining bevosita 
(to‘g‘ridan-to‘g‘ri) mexanizmlari tuproqdagi o‘zlashtirilishi qiyin bo‘lgan ozuqa moddalarini 
eruvchan shaklga keltirish, fitogormonlar sintezi o‘simliklar taraqqiyotini kuchaytiruvchi 
uchuvchan birikmalar va vitaminlar hamda aminokislotalarni sintezlash kabilarni o‘z ichiga 
oladi.
O‘simliklarning o‘sishiga bilvosita ta’sir mexanizmi ham mavjud bo‘lib, bunda 
fitopatogenlarning o‘sishini to‘xtatish uchun antifungal moddalar, antibiotiklar, pestitsidlar
oddiy biotsidlar, fermentlar ishlab chiqarilishi, biologik jihatdan o‘zlashtirilishi qiyin birikmalar 
uchun raqobat (masalan temir uchun) yoki indutsirlangan chidamlilik tizimini ishga solish 
yordamida o‘simliklarni kasalliklardan himoya qilinadi (
Indused systemic resistance-ISR
) (5.2-
rasm).


Ён илдиз
Азотфиксация,
фосфорни ўзлаштириш, 
сидерофор ишлаб 
чиқариш
Ўсимликни
озиқлантириш
Илдиз 
тукчаси
Бошланғич 
илдиз
Лигнин 
целлюлоза 
муносабати
Фитогормонлар литик 
ферментлар ва иккиламчи 
метаболитлар ишлаб 
чиқариш
Илдиз тукчаини 
шакллантириш 
Ён илдизларни 
ривожлантирш
Бо
шл
ан
ғи
ч 
и
лди
зн
и 
ри
во
жл
ан
ти
рш 

Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish