Qishloq xo‘jaligi amaliyotida rizobakteriyalar asosidagi mikrob preparatlaridan
foydalanishning ahamiyati
Zamonaviy ziroatchilik tizimida o‘simlik-larning hosildorligi va ishlab chiqarish
mahsuldorligini oshirish
PGP
plant growth-promoting rhizobacteria o‘simliklarni o‘sishi va
rivojlanishini tezlashtiruvchi rizobakteriyalardan iborat mikroorganizmlaridan foydala-nish yo‘li
bilan ularning o‘sishi va
rivojlanishini jadallashtirish, kasalliklardan himoya qilishda ayni
mikroorganizmlarni tijorat maqsadida ishlab chiqarish va ulardan amaliyotda foydalanishga katta
e’tibor berilmoqda.
Bunday preparatlarni ishlab chiqarishda bir qator omillarni inobatga olish darkor (Berg,
2009). Ularga preparat qo‘llaniladigan nishondagi o‘simlikni o‘sishi va rivojlanishini
ta’minlaydigan PGP mikroorganizmni tanlab olishdan boshlab,
tuproq tipi, mahalliy mikrob
hamjamoalari, atrof muhit sharoiti, ekin zichligi,
tashuvchilarning yaroqliligi, tuproqqa ishlov
berish, ekinni etishtirish tizimining integrallashgan boshqarilishiga muvofiqligi va shu kabilar
katta ahamiyat kasb etadi.
Rizosfera atamasining fanga kiritilishi Xiltner nomi bilan bog‘liq, bu atama yunoncha
rhizosphere
so‘zidan olingan bo‘lib
, rhizo
- ildiz
sphere-
ta’sir etish hududi (qobig‘i) ma’nolarini
anglatib, u mikroorganizm - o‘simlik – tuproq orasidagi yuqori darajada faol qism hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda bu tushuncha qaytadan ko‘rib
chiqilib, tuproqqa fizik va biologik ta’sir
etadigan ildiz hamda unda koloniyalanib yashaydigan mikroorganizmlar yig‘indisi sifatida
qaralmoqda. Rizosfera egallagan makonni aniqlash qiyin bo‘lsa-da, ildiz va tuproq orasidagi 0-2
mm gacha bo‘lgan sath tushuniladi va endorizosfera (endoderma va ildizning po‘stloq qismi),
rizoplan (ildiz yuzasi va unga kuchli yopishgan qismlar) va ektorizosfera (ildiz bilan bevosita
bog‘langan eng tashqi qismlar) ga bo‘linadi.
5.1-rizosferaning sxematik ko‘rinishi (McNear Jr. D.H. The rhizosphere – roots, soil and
everything in between // Nat. Educ. Knowl. – 2013. – V. 4, No 3. – P. 1)
Mikrob-o‘simlik munosabatlari tuproqda urug‘ shakllanishi jarayonlaridayoq hosil bo‘lib,
urug‘ po‘sti va ko‘pincha uning ichki tuzilmalari ham mikroorganizmlarning tirik yoki tinim
davridagi hujayralarini saqlaydi. Mikroorganizmlarning rizosferadagi
miqdori va taksonomik
tegishliligi atrof muhitning ko‘plab fizik-kimyoviy va biologik omillari bilan, shuningdek,
urug‘larning o‘zini xususiyatlari bilan ham bog‘liq bo‘ladi. O‘simliklar rizosferasida quyidagi
sistematik guruhlarga
mansub mikroorganizmlar
Do'stlaringiz bilan baham: