Azotobakterin preparatini ishlab chiqarish.
Azotobakterin
preparati o‘zida
atmosferadan azot o‘zlashtirish qobiliyatiga ega bo‘lgan tuproq mikroorganizmlaridan biri
Azotobacter chroococcum
kulturasini saqlaydi.
Azotobacter
bakteriyasi
aerob va sporasiz bo‘lib
tuproqda erkin yashaydi. O‘g‘it sifatida ushbu bakteriya tuproqda to‘planganda tuproqqa
biologik faol moddalar (nikotin va pantoten kislotalar, piridoksin, biotin, geteroauksin, gibberlin
va boshqalar), o‘simlik o‘sishi va rivojlanishini boshqaruvchi moddalar, shuningdek, anisomitsin
guruhidan fungitsidli moddalar hosil qiladi, ular esa ba’zi bir o‘simlik rizosferasidagi zararli
mikroskopik zamburug‘larning rivojlanishini chegaralab turadi.
Azotobakterning barcha turlar – qat’iy aeroblardir. Bu mikroorganizmlar oziqa muhitidagi
organik va noorganik birikmalar ko‘rinishidagi fosforga o‘ta sezgir bo‘lib, uning yuqori miqdori
oziqada mavjud bo‘lsa juda yaxshi rivojlanadi.
Fosfor etishmaganda ularning azot o‘zlashtirish qobiliyati va rivojlanishi keskin susayadi.
Azotobakterlarning ko‘pchilik turlari esa muhitda azot mavjud bo‘lgandagina azot o‘zlashtirish
xususiyatlarini namayon qiladilar. Kulturalarning azot o‘zlashtirish qobiliyatini ammiak
pasaytiradi, ammo molibden birikmalari va ba’zan vanadiy esa oshishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Mikrobiologik sanoat asosida azotobakterning bir necha turlari ishlab chiqariladi: quruq,
tuproqli va torfli.
Quruq azotobakterin olish texnologiyasi.
Quruq azotobakterin ishlab chiqarish
texnologiyasi nitragin ishlab chiqarish bosqichlariga juda o‘xshash bo‘lganligi uchun ba’zi bir
farq qiluvchi xususiyatlarigagina to‘xtalib o‘tamiz.
Quruq azotobakterin o‘zida quritilgan 15ita15bakterii hujayrasining faol kulturasi va
qo‘shimchani mujassamlashtiradi. 1 g quruq preparatda 0,5 mlrd. hayotchan hujayralar mavjud
bo‘lishi lozim. Ushbu kulturalar
Rhizobium
hujayralari o‘stiriladigan suyuq oziqa muhitida
o‘stiriladi. Bunga qo‘shimcha sifatida temir sulfat, marganets, shuningdek, molibden kislotasi
murakkab tuzlari qo‘shiladi. O‘stirishda rN muhiti 5,7-6,5, aeratsiya esa 1 hajm havo 1 hajm
oziqaga 1 minutda beriladi.
5.11-rasm. Biopreparatlar ishlab chiqarishda mikroorganizmlarni chuqur o‘stirish
texnologik chizmasi hamda azotobakterin preparatining ko‘rinishi (https://yandex.ru/images/) 1-
ozuqa muhitini aralashtirgich; 2-sterilizator; 3-ushlab turgich; 4-reduksion klapan; 5-issiqlik
almashtirgich; 6-markazdan qochuvchi nasos; 7-inokulyator (onalik material uchun); 8-
individual havo filtri; 9-fermentator; 10-havo filtri; 11-umumiy havo filtri; 12-havo purkagich;
13-tayyor kulturani yig‘uvchi.
Fermentatsiya jarayoni kultura o‘sishining statsionar fazasigacha olib boriladi, chunki shu
fazada hujayradan biologik faol moddalar ajraladi va kultural suyuqlikda qoladi. Bunda
tug‘iladigan xafv shundan iboratki, ularning hujayradan ko‘plab chiqishi oqibatida tuproqqa
tushgandan so‘ng, hujayraning atmosfera azotini o‘zlashtirish xususiyati yo‘qolishi mumkin.
Biologik faol moddalar to‘liq yoki qisman hujayrani quritish jarayonida yo‘qotiladi, biroq
anabiozdan chiqqan azotobakterning hayotchan hujayralarida yana biologik faol moddalar hosil
qilish xususiyati tiklanadi.
Quritilgan kultura zarur qo‘shimchalar bilan standartlanadi va polietilen qopchalarga 0,4-2
kg dan qadoqlanadi. Qopchalar germetik holatda 15
0
S haroratdan ortiq bo‘lmagan haroratli
xonalarda 3 oygacha saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |