Mavzu: Biologiya fanlaridan laboratoriya ishlarini tashkil etish.
Davlat ta`lim standartida maktab o`quvchilari biologiyaning ayrim sohalari bo`yicha qanday bilim, ko`nikma, malakaga ega bo`lishlari aniq ko`rsatilgan. Maktab o`qituvchisi biologiyadan dars berar ekan, davlat ta`lim standarti talablarini to`liq bajarishi, unda qayd etilgan bilimlar hajmini o`quvchilarga etkazishi, o`quv-ko`nikma malakalarini shakllantirishi lozim.
O`z mazmuniga ko`ra laboratoriya mashg`uloti tirik organizmlar, ular ayrim qismlarining va tashqi tuzilishi, unda sodir bo`ladigan hayotiy jarayonlarni o`rganishga bag`ishlanadi.Laboratoriya mashg`ulotlarini o`tkazish o`quvchilarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog`lashda, uni aniqlashtirishda, dasturda ko`rsatilgan o`quv ko`nikmalarini shakllaantirishda va rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu sababli laboratoriya mashg`ulotlarini tashkil etish, o`tkazish, yakunlash borasida tegishli bilim, ko`nikma, malakaga ega bo`lish, talab darajasida amalaiy mashg`ulotlar olib boorish o`qituvchi o`quvchidan diqqat-e`tiborni talab etadi.
Laboratoriya mashg`ulotlarida yangi materialni o`rganib, kuzatish, tabiiy obyektlardan keng foydalanish usulini tatbiq etish ko`zda tutiladi.Bunday mashg`ulotlar real bilimlarni to`plash, amaliy malaka va ko`nikmalarni shakllantirish maqsadida o`tkaziladi. Bilimlarni shakllantirishda o`quvchilarda turli asbob (scalpel, penset, preparoval nina, qaychi va boshqa asboblar) va laboratoriya jihozlari bilan ishlash malaka va ko`nikmalarining hosil bo`lishi katta ahamiyatga egadir.
Kuzatishlardan ma`lum bo`lishicha, ko`pgina maktablarda botanika, zoologiya, odam va uning salomatligi, biologiya (sitologiya va genetika) o`quv fanlaridan laboratoriya mashg`ulotlarini olib borishga yetarlicha e`tabor berilmayapti va natijada o`quvchilarda ta`lim standartida ko`rsatilgan o`quv ko`nikma va malakalar shakllanmay qolmoqda. Oliy
o`quv yurtlarining tabiyot fanlari fakultetining birinchi kursiga qabul qilingan talabalarda mikroskop bilan ishlash, vaqtinchalik preparat tayyorlash, doimiy mikropreparatlarni ko`rish kabi ko`nikmalarning yo`qligi fikrimizning yorqin dalilidir.
Qayd etilgan kamchiliklar biologiya bo`yicha shahar va respublika olimpiadalarida ham namoyon bo`lmoqda. Hozirgi vaqtda ko`pgina maktablar texnika vositalari, biologiyadan ko`rgazmali qurollar, laboratoriya anjomlari bilan ta`minlangan. Shunga ko`ra, har bir maktabda biologiya bo`yicha laboratoriya mashg`ulotlarini o`tkazish diqqat markazida bo`lishi kerak.
5-6-sinflar o`quv dasturida ko`rsatilgan laboratoriya mashg`ulotini quyidagich o`tkazish mumkin. Mavzu:Piyoz po`stidan va chigit tuklaridan preparat tayyorlash va ularni mikroskopda ko`rish.
Do'stlaringiz bilan baham: |