Kandli diabet komasi konda insulin etishmaganligidan glyukoza etarli xazm bulmasligi okibatida kandni mikdori oshib ketishi natijasida rivojlanadi va modda almashinuvi buzilishi xisobiga giperketonemiya, giperglikemiya, psherosmolyar, giperlaktatsidemiya xolatlari kuzatiladi. Bunday xolatga tushgan bemorlardan markaziy nerv tizimini xamma faoliyati G’buziladiG’ pasayadi, xamma mushaklar tonusi pasayadi, nafas etishmaydi, tomir urishi tezlashadi, korzchigi kengayadi, terisi va shillik kavatlari kuruk buladi, siydik kam ajraladi, yoki umuman siymay kuyadi, reflekslar pasayib ketadi, yoki umuman yuk buladi, tutkanok tutada, meningial belgilar paydo bula boshlaydi, tanasini xarorati kutarilishi mumkii, konda va siydakda kand mikdori oshib ketadi, nafasdan atseton xidi keladi. Jigar va talok kattalashmaydi.
Uremik koma surunkali buyrak kasalligiga duchor bulgan bemorlarda buyrakning faoliyatini pasayishi okibatida kelib chikadigan xolatdir. Uremik komaga duchor bulgan bemorlarda konda kislota-ishkorli xolatni va elektrolitlar muvozanatini buzilishini, disproteinemiya, gipoksiya, xolatlari kuzatiladi. Bemorni rangi uchadi, tanasida shish paydo buladi, siydik ajralib chikishi tuxtaydi, pay reflekslari oshib ketadi, mushaklari titrab turadi, bemor Cheyn-Stoks yoki Kussmaul tipida nafas oladi, korachigi kiskarib kurishi kiyinlashadi, arterial kon bosim kutariladi, anemiya va azotemiya rivojlanadi, nafasidan siydik xidi keladi, siydigida oksil modda va neytrofilli leykotsitlar buladi.
Gipertermik koma bemor organizmini xaddan tashkari kizib ketishi natijasida asta sekinlik bilan boshlanadi, suv va alektrolitlarni almashinuvi buziladi, sirkulyator uzgarishlar ruy beradi, perivaskulyar, peritsellyular shishlar, miya shishi kuzatiladi, bemorni tanasi xarorati kutarilib yuz terisi va tanasini ayrim joylari kizaradi, tomir urishi tezlashadi, nafas olishi ogirlashadi, arterial kon bosim pasayib, siydik ajralishi kamayadi.
Jigar komasi virusli gepatit yoki surunkali gepatit kasalliklari gepatotsitlarni nekrozga uchrashi okibatida sekin astalik bilai yoki utkir boshlanadi, bemor sargayib ketadi, tomir urishi sekinlashadi, jigarni xajmi kichiklashib ketadi, xolemik kon ketish, terida gemorragik belgilar paydo buladi, goxida assit rivojlanadi, konda bilirubinni, transaminaza fermentlarini, azot mikdori oshadi, protrombinni, kand moddasini, xolesterinni mikdori kamayadi.
Eklampsik koma xomilador ayollarda kechikkan toksikozni okibati sifatida arterial kon bosimini kutarilishi bilan birgalikda kuzatiladi, bemorni terisi kuruk buladi, xarorati kutariladi, yuz terisi kukara boshlaydi, mushaklarni tonusi orta boshlaydi, trizm paydo buladi, bemor tirishadi, kuz korachigi kichrayadi, tomir urishi sekinlashib bemorni nafas olishi kiyinlashib apioz xolatini oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |