Dorilarga chidamli shtammlar bilan kuzgatilgan tropik bezgakni davolash usullari.
Dorilarga chidamli bezgak parazitining ikki guruxga bulinadi: birlamchi va ikkilamchi. Birlamchi chidamliligi shu shtammning genetik tuzilishidan kelib chikkan bulib, dorilarni kullash boshpanishidanok ma’lum buladi. Ikkilamichi yoki orttirilgan chidamlilik boshlanishida yaxshi tasir kilaetgan dorilarni malum bir davr kullanilgandan keyin nomoyon buladi. Kupincha tartibsiz kullanilganda.
Uch kunlik, ovale va turtkunlik bezgaklarda 4-aminoxinolin xosilalariga chidamli shtammlar yuk. Shuning uchun bu bezgak turlari xingamin bilan yaxshi davolanadi.
Xloroxinga chidamli tropik bezgakda asosan kuyidagi dorilar kullaniladi:
xinin, mefloxin, sulfanilamidlar, sulfonlar, primetamin, trimetoprim va tetratsiklin. Yoki birlashtirilgan dori vositalar - fansidar, fansimef, metakelfin, daraxlor, kamoprim va b.
Xinin kattalarga sutkasiga 2,0gr dan 3 kabulda ichishga, bolalarga 10mgG’kg dan sutkasiga, 7-10 kun davomida. Yoki 3 sutka davomida 2gr dan xinin va 1,0gr dan tetratsiklin yoki 0,2gr dan sutkasiga doksatsillin 7-10 kun davomida. Yoki sutkasiga 2,0gr dan xinin 3 kun va fansidar (I tabletkasida 0,5gr sulfadoksin va 0,025gr primetamin) 3 tab. bir kabulda, bolalarga 6 xaftalikdan to 4 yoshlikgacha - ½ tab., 4-8 yoshlikga – ¾ tab., 8-14 yshda - 1-2 tab. sutkasiga bir kabulda. Metakelfin G’sulfalen va primetaminG’ xam xudda shunday sxema buyicha beriladi. Fansidar mefloxin bilan birgalikda fansimefa G’I tabletkasi 0,25 mefloxin, 0,5gr. sulfadoksin va 0,025gr. primetaminG’ xolida 2-3 tabletkasini bir kabulda ichilsa juda yaxshi natija beradi.
Xloroxinni G’delagilG’ 5% eritmasi ampulada 5ml dan ishlab chikariladi. Bezgakni xloroxinga sezgnr shtammi kuzgatgan ogir formasida sutkasiga 20-ZOmgG’kg xisobida 6-8 soat oralab 3 kabulga bulib tomirdan yoki mushakka yuboriladi. Tomirdan yuborilganda 250-500ml izotonik glyukoza eritmasiga kushib minutiga 40-60 tomchidan yuboriladi. Yosh bolalarda kollapsni oldini olish maksadida fakat mushakka yuboriladi (8-10mgG’kg yoki 0,2mlG’kg 5% li eritmasidan).
Muolajani 2-3 kuni bulishiga karamasdan konda bezgak parazitini mikdori yukori darajada bulsa, bu xloroxinga chidamli shtammliligidan darak beradi. Bunday xollarda xloroxinni boshka dorilar, jumladan, xinin yoki fansidar bilan almashtirish kerak. Xininni 3 xil tuzi bor: xinin sulfat, xinin gidroxlorid va xinin digidroxlorid. Xinin sulfat va xinin gidroxlorid -poroshok, tabletka va kapsulada chikariladi, xinin digidroxlorid esa 25-50% eritma xolida 1ml li ampulada chikariladi. Xinin kattalarga xam yoshlarga xam bir kabulga 5-l0 mgG’kg dan 6-8 soat oralab sutkasiga 3 marta glyukozaning 250-500 ml izotonik eritmasida minutiga 40-68 tomchidan tomir ichiga yuboriladi. Bemorning axvoli yaxshilangandan sung xinin ichishga buyuriladi. Bir vaktning uzitda patogenetik muolaja xam olib boriladi: gemodez, poliglyukin, reopoliglyukin, tuzli eritmalar, glyukokortikosteroidlar, osmotik diuretik (mannitol sutkasiga 1-ZgrG’kg) va saluretik (laziks sutkasiga 1-2 mgG’kg), natriy gndrokarbonati, yurak va kon tomir faoliyatini yaxshilovchi dorilar, vitaminlar, kon va kon preparatlari, gemodializ yoki peritoneal dializ. Imkon bulsa tugridan tugri kon almashtirish kerak.
Gemoglobinuriya rivojlansa darrov shokka karshi olib boriladigan xamma muolajalarni kilish zarur, gemodializ yoki gemosorbsiya, gemoliz chakirishi mumkin bulgan dorilarni darxol tuxtatiladi, 10-20mlG’kg xisobidan yangi donor konidan yuboriladi. Miya moddasini shishi va bukishiga karshi, yalliglanish xodisalarini oldini olishni ta’minlaydigan kompleks muolaja utkaziladi. Sun’iy ventilyatsiya kilinadi yoki bemor barometrik kameraga joylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |