O‘zbekiston Respublikasi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
Sport va chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakulteti
«Jismoniy madaniyat» kafedrasi
Maxsus sirtqi bo‘lim 5112000 - jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi
Sport va harakatli o‘yinlarni o‘qitish metodikasi
fanidan
Mavzu: : Qizlar bilan jismoniy tarbiya darslarida basketbol o‘yinini tashkil qilish va o‘tkazish metodikasi.
Mavzusida yozgan
KURS ISHI
«Himoyaga tavsiya etildi»
Kafedra mudiri:
ilmiydarajavaunvoni
_______ Nurmatov F.A.
imzo FISh
____________
Sana (kun, oy, yil)
Kafedraning_______ ________
kun, oy
yildagi №______ sonli bayonnomasi.
______________ ________yilda
«_____________________________»
himoya qildi yoki himoya qila olmadi yozuvi yoziladi
|
5112000 - «Jismoniy madaniyat» ta’lim yo‘nalishi «18-1» guruh talabasi ______________
imzo
Majidov Boburjon Baxtiyarovich
FISh (to‘liq)
tomonidan bajarilgan kurs ishi.
Ilmiy rahbar:
ilmiy daraja va unvoni
______ Sultonov A.I.
imzoFISh
|
Chirchiq – 2021
Mavzu: Qizlar bilan jismoniy tarbiya darslarida basketbol o‘yinini tashkil qilish va o‘tkazish metodikasi.
REJA
Kirish.
1. Ishning maksadi va vazifasi
2. Basketbol uyinining kelib chikish tarixi
3. Basketbol suzining ma’nosi
4. Basketbolda amal kilinadigan koidalari.
5. Basketbol uyini koidalari
6. Savatga tup tashlash.
7. Tup tashlash texnikalari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati.
KIRISh.
Basketbol o‘yini sport o‘yinlarining tarkibiy qismi hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasining yangi davlat ta’lim standartlari va uning umumta’lim maktab dasturidan munosib o‘rin egallagan. Bu o‘yinni barcha mamlakatlarda yetti yoshdan yetmish yoshgacha hamma sevib, zavqlanib o‘ynaydi. Basketbol o‘yini respublikamiz hayotiga 1920- yildan kirib kelgan va hozirgacha barcha o‘quv muassasalari dasturida mavjud.
Bu o‘yinni AQShning Springfild kollejida Jeyms Neysmit degan jismoniy tarbiya o‘qituvchisi o‘z talabalari bilan bundan 110 yil muqaddam o‘ylab topgan. O‘sha paytlarda to‘pni hozirgidek halqaga otishmas, balki oddiy savatga tashlashgan. O‘yinning nomi ,,basket" so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, u ,”savat", bol" esa top" degan ma’noni anglatgan.
Basketbol juda qiziqarli va serqirra, turli harakatlarga boy o‘yin hisoblanadi. O‘yin chog‘ida tezlik bilan chiqishlar birdaniga yon tomonlarga o‘zgartirilib, bir zumda burilib va to‘xtab, to‘pni bir holatdan boshqa holatga o‘tkazib yoki to‘satdan uni sherigiga oshirib, o‘zi tezlik bilan bo‘sh joyga chiqib olish va yana o‘sha to‘pni ilib olib, savatga tashlashlar va boshqa harakatlar amalga oshiriladi. Juda ko‘p sakrashlar shchit tagida hujumda va himoyada: birinchisida savatga— tashlashlar, ikkinchisida—to‘pni sakrab ushlab olib, hujum zonasiga o‘tishlar, bularning hammasi o‘yin davomida o‘yinchini tark etmaydigan harakatlardir.
Basketbol bilan shug‘ullanish organizm barcha muskullarini bir tekis va har tomonlama rivojlanishiga yordam beradi.
Tayanch-harakat apparatini, ya’ni suyak-muskul hamda bo‘gg‘inlarning harakatchanligini, yurak-qon tomir faoliyatini oshiradi, nafas olishni hamda o‘sib kelayotgan yosh organizmning moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Basketbol o‘yinida 5 kishidan iborat bo‘lgan ikkita jamoa ishtirok etadi. Har bir jamoaning asosiy vazifasi raqib jamoaning savatiga iloji boricha ko‘proq to‘p tushurish va o‘z jamoasi savatiga to‘p tushurmaslikka harakat qilishdir. O‘yin chog‘ida biror jamoa o‘yinchisining qo‘liga to‘p tushdi deguncha u o‘z jamoasi bilan hujumga o‘tishga haqli. O‘yinchi o‘yinga kirishishdan avval, to‘pni to‘g‘ri ushlashni bilishi kerak
Mabodo, jamoa qo‘lidagi to‘pni yuqotsa, u o‘z o‘yinchilari bilan himoyaga o‘tadi. Jamoaning g‘olib deb hisoblanishi, uning qanchalik ko‘p ochko to‘plaganiga bog‘liq. O‘yindan to‘rga tushgan bir tup — 2 ochko hisoblanadi.
O‘yin uchun basketbol to‘pining o‘zi bo‘lgani ma’qul. Uning og‘irligi 600 dan 650 grammgacha bo‘lishi zarur. Ba’zida futbol to‘pini ham ishlatish mumkin. Basketbol kashf etilgach, ko‘p yillar futbol to‘pi ishlatib kelingan.
Basketbol maydoni uchun turli tekis joylardan foydalanish mumkin. Agar bino ichida bo‘lsa, polli zallardan, ko‘cha bilsa, asfalt-betonli yerlardan, hovli bo‘lsa, yaxshilab shibbalangan joydan foydalansa boladi. Katta shaharlarda bu masalani yechish ancha oson, chunki deyarli hamma maktablarda ustun va halqali shchitlar o‘rnatilgan basketbol maydoni mavjud.
Agar siz shaharda yashamasangiz, qishloq joylaridagi maydon yoki tekisliklardan foydalanishingiz mumkin. Siz 28 ga 15 metrli qilib yoki undan kichikroq 24 x 22 metrli, yoki 14 x 12 metrli qilib basketbol maydoni tayyorlashingiz mumkin.
12 yoshgacha bo‘lgan bolalar mini basketbolni kattalarga mo‘ljallangan (28 x 15 m li) maydonda o‘ynasalar bo‘ladi, ammo jarima to‘pini tashlash uchun savatdan 4 metrli masofa belgilanadi. S’hchitning o‘lchovi 90x 120 sm, to‘r o‘rnatilgan halqaning kattaligi 0,45 m, to‘rning keng joyi 0,30 m bo‘lib, shchitning o‘zi yerdan 2 m 60 sm balandlikda o‘rnatiladi. To‘p og‘irligi 450— 500 gramm bo‘ladi.
Agarda halqaning haqiqiysi topilmasa, uni qo‘lbola qilib yasab olish ham mumkin. Qo‘lda yasalgan shchitning o‘lchami 1,8 x 1,2 m bo‘lishi kerak. U may-donning yon chizigg‘iga o‘rnatilgan ustunga mustahkamlanishi mumkin. S’hundagina, haqiqiy basketbol o‘yinini o‘rgatsa va mashgg‘ulotni ko‘ngildagidek tashkil qilsa, bo‘ladi.
Basketbol maydonining o g‘Ichamlari. Basketbol maydonining markaziy chizig‘i ikki tomonni, yag‘ni jamoangizni hujum va himoya zonalariga ajratib turadi. Maydonning yarim halqadan boshlab markaziy chiziqqacha bo‘lgan qismi raqiblarning oldingi zonasi hisoblanib, ikkinchi yarmi sizning himoya zonangiz bo‘lib hisoblanadi. Jarima to‘pi tashlanadigan maydoncha qismi 3 soniyalik zona deyiladi yoki chegaralangan zona deb ataladi, chunki sizning jamoangiz to‘p bilan mashgg‘ul bo‘lgan paytda ushbu maydoncha ichida 3 soniyadan uzoq tura olmaydi. 3 soniyalik zona go‘yo trapetsiya shaklini hosil qilib, 6 metrli yarim va 5 m 80 sm uzunlikdagi maydonning ikki tomonida yon chiziqlariga biriktirilgan. Trapetsiyaning yuqori qismi jarima to‘pint tashlash chizigg‘i deb ataladi, uning uzunligi 3 m 60 sm bo‘ladi. Shu chiziqning o‘rtasidan 1m 80 sm radiusli aylana chiziladi, yag‘ni aylananing ichki tomonlari punktir chiziqlar, tepa aylanasi esa yarim doira uzilmagan chiziq chiziladi. Trapetsiyalarning yon chiziqlariga 3 ta 10 santimetrli kalta chiziq chiziladi.
Maydonning o‘rtasidagi doira markaziy chiziq deb hisoblanib, uning aylanasi 1 m 80 sm bo‘ladi. Basketbol o‘yini har doim shu markaziy doiradan hakamning ikki jamoa o‘yinchilarining o‘rtasidan to‘pni tepaga otib berishidan boshlanadi. Basketbol o‘yinida quyidagi sport kiyimi kiyiladi: mayka va trusi, maykaning ko‘krak va orqa qismida raqam tikilgan bo‘ladi. Har bir jamoaning o‘z sardori bo‘lishi va uning o‘ziga xos belgilari ham bo‘lmog‘i lozim.
Har bir o‘quv mashgg‘uloti oldidan sport kiyimlari ko‘zdan kechiriladi. Sport kiyimining tozaligi, poyabzalning tagi yumshoqligi, iplari tekis taqilgan-taqilmaganligini ko‘rib chiqish kerak. Oyoq kiyimi qulay bo‘lishiga alohida eg‘tibor berish zarur.
Tashqari sovuq paytlari o‘yin juda issiq bo‘lmagan kiyimda o‘ynalsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi, chunki o‘yin paytida kuchli harakat natijasida organizm qizib, terlashi hamda kiyim nam bo‘lib ketishi va shamollashga olib kelishi mumkin. O‘yindan so‘ng kiyimlarni birdaniga yechib ham yubormaslik lozim. Ko‘zoynak taqadiganlar bo‘lsa, uni bosh orqasidan rezinka bog‘ich bilan bogg‘lab qo‘ygan mag‘qul.
Do'stlaringiz bilan baham: |