- banklar - quyidagi bank operatsiyalarini birgalikda amalga oshirish huquqiga ega bo'lgan kredit tashkilotlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning pul mablag'larini depozitlarga jalb qilish;ushbu mablag'larni o'z nomidan va o'z hisobidan qaytarish, to'lash va zudlik
bilan joylashtirish;
jismoniy va yuridik shaxslarning bank hisob varaqlarini ochish va yuritish
- bankdan tashqari kredit tashkilotlari - alohida bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqiga ega kredit tashkilotlari qonunda nazarda tutilgan:
Bank bo'lmagan kredit tashkilotlari uchun bank operatsiyalarining ruxsat etilgan kombinatsiyasi bank tomonidan belgilanadi. Chet el banki - u ro'yxatdan o'tgan hududida xorijiy davlat qonunchiligiga binoan tan olingan bank. Bankdan tashqari kredit tashkilotlari uch turga bo'linadi:
Respublikaning bank tizimi va unda Markaziy bankning oʻrni va rol
Respublikamiz mustaqilligining e’ lon qilinishibutun dunyo mamlakatlari tomonidan tan olingan bozor iqtisodiyoti dastaklarini bizning respublikamizga ham kirib kelishiga zamin yaratdi. Shuning uchun ham respublikamizda bozor iqtisodiyoti talablariga mos keluvchi zamonaviy bank tizimini yaratish zaruriyati tug’ildi.
Bank tizimini qayta qurish:
O’ zbekiston bozor iqtisodiyotiga o’ tishning bosqichma-bosqich yo’ lini tanlagani bois bank tizimi taraqqiyoti ham quyidagi bosqichlarga ega:
- Birinchi bosqich milliy valyutani muomilaga kiritish uchun asos yaratilgan va ikki pog’ onali bank tizimining poydevori qurilgan 1991 yildan 1994 yilgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davrda mamlakatimizning mustaqil bank tizimini yaratish bo’ yicha olib boriladigan tadbirlar 1991 yil15 fevralda qabul qilingan O’ zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to’ g’ risida»gi Qonuni asosida amalga oshirildi. Ushbu qonun asosida sobiq SSSR davlat bankining respublika muassasi asosida O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’zildi(1992 yil sentyabr) va unga respublikada pul muomilasini tartibga solish,
tijorat banklari tizimini vujudga keltirish va tulov tizimini tashkil etish vazifalari yuklatildi.
Ushbu davrda tashkil etilgan maxsus ixtisoslashgan banklar jumlasiga sanoat qurilish banki, kommunal qurilish va sosial taraqqiyot banki, agrosanoat banki, tashqi iqtisodiy faoliyat banki ,jamg’arma banki va boshqa banklarni kiritish mumkin.
O’ zbekistonda bank tizimini tashkil qilishning ikkinchi bosqichi milliy valyuta muomilaga kiritilgan (1994 yil 1 iyul) va ikki pog’ onali bank tizimining xuquqiy asoslari yaratilgan1994-1996 yillarni o’z ichiga oladi.
1994yil 18martdagi Vazirlar Mahkamasining «Bank tizimini takomillashtirish va pul-kredit munosabatlarini barqarorlashtirish bo’ yicha chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori,1995 yil 21dekabrda qabul qilingan«O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida»gi va 1996yil 25 aprelda «Banklarva bank faoliyati to’g’risida» giqonunning yangi tahrirda qabul qilinishi bank tizimini jahon andozalariga yaqinlashtirish sohasidagi mustahkam qonuniy poydevo ryaratdi.
Ushbu bosqichning xususiyatlaridan biri 1995 yildan boshlab O’zbekistonda maxsus no bank kredit tashkilotlari (investisiya kompaniyalari, sug’ o’ rta kompaniyalari va boshqalar) tashkil qilina boshlandi.
O’ zbekiston bank tizimini shakllantirishning uchinchi bosqichi 1997-2000 yillarni o’ z ichiga olib u bosqichning asosiy xususiyati banklarni xususiylashtirish va aksiyador – tijorat banklarida boshqaruvning sifatini oshirish, banklar faoliyatida nazoratni ko’chaytirishdan iborat.
Bu bosqichda O’ zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xususiy tijorat banklari tashkil qilishni rag’ batlantirish chora-tadbirlari to’ g’ risida»gi (1997 yil 24aprel), «Aksiyadorlik-tijorat banklari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlarito’ g’ risida»gi (1998 yil 2 oktyabr), «Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlari to’ g’ risida» gi(2000yil21mart) farmonlari muhim ahamiyatga ega.
Shu kabi 1999 yil15 yanvarda O’zbekiston Respublikasining «Bank tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to’ g’ risida» gi, 2000 yil 24 martdagi «Bank tizimini isloh qilishga doir qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida»gi qarorlari qabul qilindi.
Bank tizimiga chet el sarmoyasi keng jalb qilina boshlandi va 2006 yilning boshiga 5 ta bank chet el kapitali ishtirokida faoliyat kursatmokda. Bulardan tashqari xalq xo’jaligiga 3 ta bank davlat mulki asosida.12 ta aksiyador-tijorat va 9 ta xususiy bank xizmat ko’rsatmokda.
Shu bosqichda bank tizimini islox qilish respublika komissisiyasi to’ zildi,mijozlarga xizmat kursatish sifati oshirildi, kichik va o’ rta biznesni yanada rivojlantirishga, ichki nazorat ta’sirchanligini oshirishga e’tibor qaratildi.
Bank tizimi rivojlanishining to’ rtinchi bosqichi 2001 yildan boshlandi va uning asosiy xususiyatlari bo’lib kuyidagilar hisoblanadi:
Banklar faoliyatini yanada rivojlantirish asosida aholining bank tizimigabo’ lgan ishonchi mustahkamlandi. Agar 2004 yilni boshiga tijorat banklar kapitali791mlrd so’mdan 2005 yilni boshiga 824,1mlrd.so’mga, ya’ni 104,2%ga oshgan bo’lsa, shu davrda axolining banklardagi pul jamgarmalari (yangi omonat turlari, yukori foizlar va boshqalar xisobiga) 244,7mlrd. so’mdan 322,6 mlrd. so’mga yoki 131,8 foizga oshdi, 2005 yilni boshiga esa banklardagi aholi jamg’armalari 450 mlrd. so’mga yetdi.
Tijorat banklarining xususiy tadbirkorlik, kichik va o’ rta biznes subyektlariga ko’ rsatgan yordami ortdi. Ma’ lumki, kichik tadbirkorlik subyektlarining soni yil sayin oshib bormoqda va ularni soni 1.01.2004 yilga 235,4 ming tani tashkil etadi. 2005 yilda kichik biznes subyektlariga berilgan kredit 419,9 mlrd. so’m ni tashkil etib shundan 287,4 mlrd. o’zoq muddatli kreditni tashkil etadi. Kichik biznes subyektlarining YaIMdagi ulushi 2005 yilda 38 foizni tashkil etdi, 2006 yilni rejasiga ko’ra uni 45 foizga yetishi muljallangan.
Valyuta munosabatlarini erkinlashtirish bo’yicha ishlar jadallashtirildi .Bu bosqichda milliy valyutani erkin ayirboshlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirildi va 2003 yil 15 oktyabridan boshlab joriy xalqaro operasiyalar bo’ yicha so’mning erkin almashtirilishi joriy etildi.
Valyuta munosabatlarini takomillashuvi munosabati bilan O’ zbekiston Respublikasi OliyMajlisining 2003 yil 11dekabridagi 557 son qarori bilan
«Valyutani tartibga solish to’g’risida»gi qonuniga o’zgartirishlar kiritildi.
Shuni inobatga olish kerakki Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil22- iyulda qabul qilingan boʻlib, Senat tomonidan2019-yil11- oktabrda“Valyutani tartibga solish to’g’risida”gi qonuniga o’zgartirishlar kiritildi. Mazkur qonunda 5 bob 28–moddadan iborat.1–bob1–moddani maqsadi valyuta operatsiyalarini va valyuta nazoratini amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Shu asosda respublikamizda bank tizimini taraqqiy etishi va takomillashuvi davom etmoqda.