rasm. Mahsulotni olish jarayonining texnologik sxemasi(KTS).
Misol.
R mahsulotni olish reaksiyasi:
A+B—>P
Asosiy bosqichlari:
A + B--->C
B + C--->+ P+E
C + P--->G
Matematik modelni yaratish uchun TJ ning tizimiy tahlilini ba- jarish lozim.
KTT — jarayonning texnologik sxemasi chambarchas bog‘- Iangan, yagona ishlash maqsadiga ega va tizimiy tahlil prinsiplariga, xususan komplekslilik va ierarxik bo‘ysunuvchanlikka bo‘ysu- nadigan nimtizim (ayrim apparatlardagi jarayonlar) laming to‘plami sifatida ko‘riladi. Umumiy ko‘rinishda kimyo-texnologik jarayon (KTJ) fizik-kimyoviy tizim - FKT sifatida shakllanadi.
FKT - fazoda taqsimlangan vaqtda o‘zgaruvchan, gomogenlik- ning har bir nuqtasida va fazalar boTinish chegarasida modda, energiya va impulsni ulaming manbalari (oqib tushishlar) borligida olib o‘tish ro‘y beradigan yaxlit ko‘p fazali va ko‘p komponentli muhit hisoblanadi.
Turli xil kuchlar ta’sirida elastik asosidagi sterjenning egilishi masalasini sonli yechish dasturlar dastasini tuzish.
Tashqi kuch(yuk)lar jism larga qo'yilishiga qarab hajmiy va sirtqi kuchlarga ajratiladi. Hajmiy kuchlar jismlarning har bir ichki tarkibiy qism (element)lari hajmiga ta'sir qilib, hajm birligiga to‘g‘ri keluvchi kuchning miqdori bilan tavsiflanadi va xalqaro birliklar tizimida kN/m3, N/m3 kabi birliklarda o'lchanadi. Og'irlik kuchlari va inersiya kuchlari hajmiy kuchlarga misol boiadi. Sirtqi kuchlar tekshirilayotgan jism ga q o ‘shni ikkinchi jism dan o ‘tadigan kuchlar natijasi boiib, to ‘plangan va yoyilgan (taralgan yoki taqsimlangan) kuchlarga ajratiladi: - jism ning o ‘lch am larig a n isb a ta n ju d a kichik sirtga ta'sir ko'rsatuvchi kuchlar to ‘plangan kuchlar deb atalib, xalqaro birliklar tizimida kN yoki N lar bilan o ‘lchanadi; g‘ildirak to ‘g‘inining relsga bosimi to'plangan kuchga misol bo'ladi. - jism sirtidagi birorta yuza yoki undagi chiziqning biror qismiga ta’sir ko‘rsatuvchi kuchlar yoyilgan kuchlar deb ataladi; odatda, yuza bo'ylab taralgan kuchlar kN/m 2, N/m2 lar, uzunlik bo'yicha taralganlari esa kN/m, N/m lar bilan oichanadi. Suvning to ‘g‘onga, sochiluvchan 7 jisralarning idish tubi va devorlariga, qorning bino tomlarini yopuvchi materiallarga bosimi va shu kabilar yoyilgan kuchlarga misol boladi. Amalda to ‘plangan yoki brus uzunligi bo‘yicha taqsimlangan juft kuch (moment)lar ham uchraydi. Tashqi kuchlar ta'sir etish muddatiga ko‘ra doimiy (xususiy og‘irlik kuchlari) va vaqtinchalik (poyezdning temir y o ig a ta'siri) kuchlarga b o ‘linadi. Bundan tashqari, tashqi kuchlar jismlarga ta'sir etish turiga ko‘ra Statik va dinamik kuchlarga ham bo‘linadi. Noldan boshlab o ‘zining oxirgi qiymatigacha sekin, bir tekisda oshib boruvchi, keyin esa o ‘zgarmasdan qoluvchi kuchlarga statik kuchlar deyiladi. Statik kuchlar ta'sir etganda konstruksiya va uning qismlarida hosil boiuvchi kichik tezlanishlarni amaliy hisoblashlarda e'tiborga olmaslik mumkin, biroq inersiya kuchlarining qiymatini e'tiborga olish zarur va muhimdir. Juda qisqa vaqt mobaynida o ‘z miqdori va qo'yilish nuqtalarini sezilarli darajada katta tezliklar bilan o ‘zgartiruvchi kuchlar dinamik (zarbli) kuchlar deb ataladi. Dinamik kuchlar ta'siri natijasida konstruksiya yoki uning qismlarida katta tezlanishlar, shuningdek, ular tufayli esa inersiya kuchlari paydo bo'ladi. Tashqi kuchlar yoki haroratning o'zgarishi natijasida barcha mavjud jismlar deformatsiyalanadi, aniqrog'i, jismlarni tashkil etgan zarralarning o ‘zaro joylashuv vaziyati o'zgarib, ularning geom etrik shakli, o'lcham i va hajm i o ‘zgaradi. Biroq jism larning tarkibidagi m odda (zarra)larning umumiy miqdori o ‘zgarmaganligi tufayli, ularning massasi ham o'zgarmasdan qoladi. Jismlarning deformatsiyalari, asosan, ikki xil ko‘rinishda namoyon boiadi: - bo‘ylama yoki chiziqli deformatsiya; - burchakli yoki siljish deformatsiya. Bundan tashqari, barcha deformatsiyalar elastik va plastik (qoldiq) deformatsiyalarga ham ajratiladi. Agar tashqi kuchlar ta'siri tufayli deformatsiyalangan jismdan mazkur kuchlar olinganda, deform atsiyalar ham butunlay yo‘qolib, jism o ‘zining dastlabki geometrik shaklini egallasa, u holda bunday defor8 matsiyalar elastik deformatsiyalar deyiladi. Aksincha, deformatsiyalangan jismdan tashqi kuchlar olingandan keyin ham u o'zining dastlabki geom etrik shaklini egallay olmasa, bunday deform atsiyalar plastik (qoldiq) deformatsiyalar deyiladi. Materiallar qarshiligi fanida deformatsiyalar oddiy (cho'zilish yoki siqilish, siljish, buralish, egilish) va murakkab (bir qancha oddiy deformatsiyalaming birgalikda paydo bo'lishi) deformatsiyalarga ajratilib, konstruksiya qismlarining bikrligiga oid muammolar hal etiladi. Tabiatdagi barcha deform atsiyalanuvchi qattiq jism larni o'zaro ta'sirlashib turuvchi zarralar yig'indisidan iborat deb qarash mumkin. Zarralarning o‘zaro ta'sir kuchlari jismlarni bir butun holda tutib turib, ularning deformatsiyalanishiga qarshilik ko'rsatishi uchun xizmat qiladi. Umuman olganda, yuklangan va yuklanmagan jismlarning istalgan ikkita zarrasi orasidagi o ‘zaro ta'sir kuchlari turlicha bo‘ladi. Materiallar qarshiligida faqat yuklangan, ya'ni deform atsiyalangan jism larning zarralari orasidagi o ‘zaro ta'sir kuchlari e'tiborga olinadi.
Jismlar deformatsiyalangan sari ulam ing kesimlaridagi zarralar birbiridan uzoqlashish(«qochish»)ga yoki o ‘zaro yaqinlashishga intiladi; deformatsiyalangan jism tarkibidagi zarralarning dastlabki muvozanatini saqlash yoki tiklashga intilgan kuchlar ichki kuchlar yoki zo‘riqish kuchlari, qisqacha zo‘riqishlax deyiladi. Demak, deformatsiya va zo‘riqishlar uzviy bogianishda ekan. Deformatsiyalanuvchi qattiq jismlarning kesimlarida hosil bo'luvchi ichki kuchlarning teng ta'sir etuvchisini topish maqsadida kesish usuli qo‘llaniladi. Kesish usulining asl mohiyatini tushuntirish maqsadida ixtiyoriy tayanchlarda (tayanchlar shaklda ko'rsatilm agan) yotuvchi birorta brusning muvozanatini tahlil qilamiz Brusga qo‘yilgan tashqi kuchlar tizimi tayanchlarda reaksiya kuchlarini hosil qiladi; natijada brus muvozanat holatida bo‘ladi. Brusning biror kesimidagi ichki kuchlarni aniqlash uchun quyidagi ishlarni navbat bilan bajaramiz: a) brusni ixtiyoriy tekislik bilan fikran kesib, uni ikki qism (tomon)ga ajratamiz; b) ixtiyoriy tomonni, masalan chap tomonni tashlab yuborib, o ‘ng tomonni alohida ajratib olamiz; albatta, bu holatda jismdan ajratilgan qismning muvozanati buzilishi tabiiy; d) ajratilgan qismning dastlabki m uvozanatini tiklash m aqsadida tashlab yuborilgan tomonning ta'sirini kesim yuzi bo‘yicha ixtiyoriy ravishda taqsiralanuvchi va kesimning har bir nuqtasiga qo'yilgan kuchlar bilan almashtiramiz e) quyidagi statika tenglamalari yordamida ajratilgan qismning m uvozanatini tekshiramiz:
Ammo, kesimlarda hosil bo‘luvchi ichki kuchlaming soni cheksiz ko‘p boiganligi tufayli ulami aniqlash masalasini faqatgina (1.1) yoki (1.2) tengla- malar tizimi yordamida hal qila olmaymiz. Odatda, bunday masalalar sta- tik aniqmas masalalar deyilib, ulami yechish rejasi 1.6-§ da bayon etiladi.
Endi kesimlardagi barcha ichki kuchlami bitta bosh vektor R va bosh moment M bilan almashtirib, kesim og'irlik markaziga keltiramiz.
Bosh vektor va bosh momentlarni x, y, z o‘qlariga proektsiyalab, quyidagi oltita ichki kuch omillariga ega bo'lamiz.
Materiallar qarshiligi fanida yechiladigan masalalarning asosiy mazmu- ni quyidagilardan iborat:
a) konstruksiya qismlarining o‘ziga xos, ayniqsa xavfli kesimlarida paydo boiuvchi ichki kuch, kuchlanish, deformatsiya va ko'chishlarni aniqlash;
b) konstruksiya qismlarining mustahkamlik, bikrlik, ustuvorlik kabi talablarni qanoatlantiruvchi zaruriy, ishonchli va foydalanishga qulay- roq oichamlarini aniqlash;
d) berilgan o'lchamlar bo‘yicha konstruksiya elementlarining xavf- xatarsiz ishlashini ta'minlovchi eng katta kuch (yuk)larni topish.
Materiallar qarshiligi fanida Statik aniq va Statik aniqmas masalalar o‘rganiladi.
Tekshirilayotgan obyektlarning tayanchlarida hosil boiuvchi reak- siya kuchlarini va ularning ixtiyoriy kesimlaridagi ichki kuchlarni faqat statikaning muvozanat tenglainalari yordamida aniqlash mumkin bo'lgan masalalar Statik aniq masalalar deyiladi.
Aksincha, reaksiya kuchlari va ichki kuchlarni statikaning muvozanat tenglamalari yordamida aniqlash mumkin bo‘lmagan masalalar Statik aniqmas masalalar deyiladi.
Barcha Statik aniqmas konstruksiyalar «ortiqcha» bog‘lanishlarga, ya'ni noma'lum zo‘riqish yoki tayanch reaksiyalariga ega boiadi. Garchi bu bog‘lanishlar konstruksiyalarning geometrik o‘zgarmasligi va muvoza- natini ta'minlash uchun zarur bo‘lmasada, ularning mustahkamligi, bikrli- gi va ustuvorligini oshirish uchun xizmat qiladi. Ortiqcha bog‘lanishlarni aniqlashda statika tenglamalaridan tashqari qo‘shimcha tenglamalar ham tuzish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |