Mavzu: badiiy nutqda gap kengaytiruvchilar. Reja: I. Kirish. Gap kengaytiruvchilarning zamonaviy tilshunoslikda o'rganilishi II. Asosiy qism



Download 35,39 Kb.
bet3/5
Sana22.06.2022
Hajmi35,39 Kb.
#690636
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5206269243502368962

3. Kengaytirilgan bo’lak. Kengaytirilgan bo’laklarning o’ziga xos 
xususiyatlari ularni, yuqorida ko’rib o’tganimizdek, sostavli va murakkab bo’laklardan ajratadi. Kengaytirilgan gap bo’laklarda ajralmas butunlikning hokim komponenti sifatida fe’lning funksional formalari: ravishdosh, sifatdosh va harakat nomi qo’llanadi. Fe’lning funksional formalari gap tarkibida ko’pincha yolg’iz gap bo’lagi funksiyasida kela olmaydi. Ular o’ziga qarashli boshqa mustaqil so’zlar bilan kengayib kelib, u yoki bu bo’lakning gap bo’lagi vazifasini bajaradi: Razzoq hozirgina savod darsi o’tkazilgan xonaga kirdi (H. G’ulom). 


Mirzakarimboy xotiniga dasturxon olib chiqishni buyurdi (Oybek). 
Kengaytirilgan gap bo’laklarining hokim komponenti fe’lning funksional formalaridan ifodalanganligi uchun bu tip konstruksiyalarda predikativlik mavjuddek tuyuladi. SHu boisdan bo’lsa kerak, o’zbek tilining taraqqiyot jarayonida, turkiy tillarda ham bu tip konstruksiyalar ergash gapli qo’shma gapning ergash komponenti sifatida talqin qilinadi. Aslida esa kengaytirilgan bo’laklar sodda gapning transformasiyalashishi natijasida yuzaga keladi va sodda gap sostavida barcha gap bo’laklari funksiyasida kela oladi. Kengaytirilgan bo’lakalar sostavidagi tobe komponentlar bir tomondan ikkinchi darajali bo’laklar gap kesimiga tobe bo’lgani kabi fe’l formasiga tobe bo’lsa, ikkinchi tomondan kengaytirilgan bo’lak ajralmagan holda, yaxlitligicha gapda bir bo’lak funksiyasini bajaradi. 
Murod Muhammad do'stning " bir toychoqning xuni " asaridagi gap kengaytiruvchilarning tahlili.
Agar Murod Muhammad Do’st ijodining hozircha eng yuksak avji – “Lolazor” romanini unda mujassam topgan dardlar, dardlar bayonidan ko’zda tutilgan maqsad va bu maqsadni amalga oshirmoq uchun tanlangan ifoda usuli jihatidan yaxlit baholamoq talab qilinsa, kamina buning uchun romanning o’zidagi iborani ko’rsatgan bo’lardim. Esingizda bo’lsa, Oshno hokimiyat yo’lida hal qiluvchi qadamlaridan birini tashlash arafasida (O’rtaqo’rg’ondan Toshkentga ko’chish oldidan) Yaxshiboyevlarnikiga (tug’ilgan chaqaloqni yo’qlash bahona!) keladi va qishloqdosh do’stiga topshiriqlar beradi. Topshiriqlarki, Muhsina xonimning noyob talantini (Yaxshiboyevga xotin bo’lgani uchun emas, Muyassar xonimga dugona bo’lgani uchun!) asrash haqida, xonimning “yo’ldoshi ham talantli bo’lishi” talab qilingani tufayli Yaxshiboyevning ijodni tashlab qo’ymasligi to’g’risida, endi Sharif Vallomatga aytib qo’yilgani-yu, u bilan qalinroq bo’laverish kerakligi xususida hamda boshqa “o’rishu arqog’i allaqachon taxt qilib qo’yilgan gaplar” bilan yetkazilgan va qabul qilingan topshiriqlar. Topshiriq olishga sekin-asta eti o’lib borayotgan Yaxshiboyev suhbat asnosida Oshno haqida juda sezgirlik ila shunday mulohaza yuritadi: “Oshno kulibroq aytsa-da, barisi – jiddiy. Endi uning jilmayishlariga ishonib bo’lmaydi. Ehtimolki, endi u yig’laganda ham jilmayibroq yig’lasa kerak…”
Shunga o’xshab, Muhammad Do’stning asari qatlaridan ko’rinib turadigan “jilmayishlari”ga ham, yaxshi ma’noda, ishonib bo’lmaydi va uning romanini jilmayib yig’langan dard izhori sifatida o’qib-o’rganmoq kerak. Chunki butun asar davomida jiddiy ohang va istehzo muvozanati shunday tutib turiladiki, na ko’zyoshlar nigohni xiralashtiradi va na kulgi aqlni o’g’irlaydi. Lekin bu aslo “o’tmish bilan kulib xayrlashish” (K.Marks) ham emas.
Bizningcha, “Lolazor” materialini “kechagi kun”, “turg’unlik davri” kabi vaqt chegaralariga qamash to’g’ri bo’lmaydi. Garchi roman syujeti bizga tanishday hodisalar (qaytaraman: shunda ham bizga tanishday, kelgusi avlodlarga emas!), tarixiy davr ichida rivojlansa-da, unda kimlargadir o’xshab ketadigan odamlar harakat qilsa-da, asarga muayyan davrning ma’lum kishilari haqida hikoya qiluvchi narsa sifatida yondashish o’ta go’llik bo’lur edi. Bunga qo’shimcha, romandan prototip qidirib o’qish, avvalo, sahifalardan to’lqin-to’lqin chiqib keluvchi badiiy san’at mavjlaridan o’zni bebahra qoldirishga, qolaversa, yozuvchi xayoliga keltirmagan davriy chegarani sun’iy yaratib olishga olib keladi.
Deylik, ayrimlar Nazar Yaxshiboyevning hayotiy prototipi deya taxmin qilgan, sho’ro davridagi respublika birinchi rahbariga shaxsan yaqin o’rtamiyona yozuvchida Yaxshiboyev qudratining hyech qursa yarmi bo’lganidami, o’sha odam chop ettirgan tom-tom asarlar muallifidan oldinoq hayot bilan xayrlashmagan bo’lur edi. Chunki u va u singari o’nlab, yuzlab qalamkashlarda Yaxshiboyevga xos – “Iskandaru Dorolarni changallatib qo’yadigan” aqlu tafakkurning, ruhiy quvvatning yarmi ham bo’lgan emas (gap ijodiy daraja va unvonlar to’g’risidagi qog’ozlar haqida ketmayotganini eslatish shart bo’lmasa kerak!).
Shundan kelib chiqib, roman matniga e’tibor beraylik. Yozuvchi “kechagi kun” tushunchasidan shunchalar yiroqki, qahramonlari tilidan buni qayta-qayta eshitamiz: “Yaxshiboyev kim o’zi? Formulasi nima uning? Formulasi ne bo’lmasin, tarkibiga Oshnodan salgina aralashgai aniq. Kimki nufuzli kimsa bor, uning vujudiga Oshno aralashgan. Oshno – havo, Oshno – yer, Oshno – suv, Oshno – non… Oshno – hamma narsa…” Yana: “Aniq bilamanki, har kishining o’z zamoni va o’z OShNOSI bor, har kishi o’zicha bir buyuk qutquga duch keladi” va h.
Qolaversa, yozuvchi romanida qamragani biror masala va biror obraz talqinida so’nggi nuqtani qo’ymaydi, tayyor yechimlar berishga oshiqmaydi – bu ish adabiyotning yumushi emasligini yodda tutadi. Shuning uchun asar adog’iga Aleksandr Shoymardonovlarni, yangi davrning yangi oshnolarini, avvallarni, muhsinalarni, chorshanbilarni va … “kattalari pora olgan, onasi unutgan, taqdiri birgina injiq xotinchagayu bulduruqli bitliqi Nazar Yaxshiboyev uliga” o’xshash kimsalar qo’lida bo’lgan xalqni qoldiradi…
Uyog’ini esa bilmaymiz – na biz, na yozuvchi! Negaki, qurbonoylar, to’porilar faqat yaqin o’tmishda emas, hozirgi kunda ham serob bo’lib, ertaga sahnaga chiqadiganlari bugun pista sotishayotgan bo’lsa, yangi oshno va yaxshiboyevlarni topish ham kishini uncha qiynamaydi – ularning o’rinbosarlari hozir, taxminan, Levicha bo’lvorlarda sayr qilib yurishgan chiqadi… Agar shundan keyin ham romandan prototip izlashga ishtiyoqmandlar topilsa, imonim komilki, ular oldiga eng ko’p da’vogar “Saidqul Mardonov men edim!” deb keladi…
Xo’sh, nima uchun yozuvchi kulib turib yig’ladi, yig’lab turib kuldi? Hamma ketayotgan an’anaviy roman yo’lidan nega voz kechdi? Axir roman yaratilgan yillari shu yo’lda turg’unlik davrini “fosh qiluvchi” qancha narsa yozib tashlandi-ku. Avval ko’plab asarlarning konfliktini hal qilib bergan hukumat miqyosidagi qahramonlar o’sha kunlar bir aylanib yoppasiga barcha konfliktlarning sababchisi bo’lib qoluvdi-ku…
Bu savollarga javob izlab romanga nazar solsak, M.M.Do’stning maqsadi hodisa yoki shaxsni (ayrim tanqidchilar kuchanib talab etganday) “fosh qilish”, uni “oq”, buni “qora” deyish emas, balki, abadiy muammo bo’lib kelayotgan inson fe’l-atvorining turfa sharoitlarda qanday tovlanishini, nima uchun tovlanishini tahlil qilish ekani, turli ijtimoiy guruhlarning bir-biridan oshib tushgan tuban qilmishlarini emas, shu qilmishlarga, insonning ikkiga, uchga… o’nga bo’linib ketishiga nimalar sabab bo’lishini o’rganish ekani ma’lum bo’ladi.
Agar adibning hozirga qadar yozgan asarlariga e’tibor bersak, deyarli barchasining bosh qahramoni ma’lum bir hayot yo’lini bosib o’tib, yo oraliq, yo so’nggi sarhisobga tolgan odamlar ekanini ko’ramiz: Mustafo, G’aybarov, Elomonov, Yaxshiboyev va Saidqul Mardonovlar. Aksincha, shu sarhisobga aql va farosat topmay, mudom o’sha-o’sha yashab yurgan odamlar yozuvchi istehzosiga, ba’zan esa nafratiga uchraydi: Samad, Soqol, Binafshaxon, Oshno, Muhsinaxonimu Shoymardonovlar.
“Lolazor”da asosiy voqyealar retro – Yaxshiboyevning o’tgan umrni qayta eslashi shaklida hikoya qilinadi.
Nega shunday?
Chunki faoliyat har doim ham aql va vijdon bilan hisoblashib o’tirmaydi. Ayniqsa, yuqoridan boshqariluvchi siyosiy faoliyat ishga tushganida o’z yo’lida to’g’anoq bo’lgan kuchlardan osongina va… shafqatsizlarcha voz kechib ketaveradi. Bandai ojiz gunohlarining ajrimi ro’zi mahsharga qolganiday, bu siyosiy kaltabinlik tahlili ayni romanda kasalxonada kechadigan bir oyga qoladi.
Agar qiyoslash lozim bo’lsa, menimcha, faqat bir-ikki asari doirasidagina emas, umuman, ijodiy prinsiplari borasida ham M.M.Do’st bilan taniqli rus adibi Sergey Yesin mushtarak yo’nalishdagi iste’dodlar ko’rinadi. Masalan, M.M.Do’stning “Galatepaga qaytish” qissasi, “Lolazor” romanining, S.Yesinning esa “Gladiator”, “Imitator”, “Teatr” asarlarining qahramonlariga mualliflar yondashuvini taqqoslasak, bu fikr yanada qat’iylashadi. Nazarimda, bu ikki yozuvchi faoliyati davomida tushuntiradigan emas, tushuniladigan hikoya tarzini mukammallashtirishdi.
Bunda biror ijtimoiy tip nigohi orqali uning o’zi yaratishda qatnashgan va oxir-oqibat o’zi qul bo’lgan muhitning mohiyati tahlil qilinadi (fosh etilmaydi, tahlil qilinadi!). Bu yirik tip munosabatlarga kirishar ekan, avval o’z harifining (ha, aynan raqibining, chunki u o’rtacha “obyektlar”ga, “chorshanbilar”ga juda oson diagnoz qo’yadi, ularga jiddiy e’tiborni isrof qilmaydi!) ruhiyatini obdon o’rganadi, sezdirmay shu ruhiyatga moslashganday bo’ladi, finalda esa uni boshqarish usullariga erishadi. Masala oshkora suhbatlarda emas, pinhona o’yinlarda hal bo’ladi. Yaxshiboyev bu haqda: “Hozircha ustalik qilyapman, y o’ l i n i topyapman”, deya faqat o’ziga sir ochsa, S.Yesinning “Imitator” nomli romani qahramoni, nusxakash rassom Semirayev: “To’g’ri, mening o’ylarim ezgu bo’lmagan, biroq ular meniki ekanligi tufayli shafqatsiz bo’lmog’im kerak” degan ichki programmaga ega.
Mana shu “ustalik”, ketma-ket niqoblanish uzluksiz, butun umr davom etaveradi. Bular orasida “taqdirlar yaratish”, “undov belgilari ko’payib ketmadimi, deya shakkoklik qilishga tob”, “ozgina g’azab, ozgina g’urur”, “jabrdiyda ko’rinish”, “tarix uchun nutq irod etish” kabi minglab niqoblar, hatto o’limini ham niqoblab ketish “hunari” bor.
E’tibor bersak, bunday niqoblanish hodisasi juda ko’hna ekani – naqd Iskandarning tobutdan qo’lini chiqarib jo’nashidan, balki undan ham oldinroq boshlangani ta’kidlanadi. Yaxshiboyev qurg’ur esa o’z o’limini Iskandardan-da o’tkazib taqdim qiladiki, Saidqul Mardonga qo’shilib ko’pchilik, jumladan, ustoz Umarali Normatov ham aldanib dog’da qoladi: “Yaxshiboyevdan ijodkor sifatida dog’ qoldi, ayni paytda undan yaxshigina bir bog’ qoldi…” deydi domla niho-o-yatda samimiy tarzda. (Qarang: professor U.Normatovning “O’zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasining 1988 yil 2 sentyabr sonidagi “Kechagi kun odamlari” nomli maqolasi.)
O’rni kelganda aytish kerakki, men rus tanqidchisi Igor Zolotusskiy nima uchun Chingiz Aytmatovning “Kunda” asariga burnini jiyirib, “undan romanning hidi kelmayapti” deganiga (“Znamya” jurnali, 1987, 1-son), harqalay, tushungan edim. Biroq M.M.Do’st asari e’lon qilingan o’sha yillari ayrim adabiyotshunoslarimizning “Lolazor”dan romanning hidini tuymagani-yu, unda latifadan boshqa narsani ilg’amaganiga, asarga bu qadar biryoqlama munosabatda bo’lganiga avvaliga tushunmagandim. Biroq ular yoqlab maqola yozgan mualliflarning hikoya uslubini, qolaversa, Muhammad Do’st romanidagi kinoyaning serqirraligini eslab, masala mohiyatiga yetganday bo’lgandim…
O’sha tanqidchilar uchun yaxshiboyevlar taqdiri “qumdagi ilon izidek turmushimizdagi mayda intrigalarning aksi” bo’lib ko’ringandi. Mayli, bu “mayda intrigalar”ga yem bo’lgan Qurbonoy, To’pori, qolaversa, xalq taqdirini (eng oldi vakili bo’lgan Qurbonoy qismati xalq qismatidan darak beradi!) qo’yib turaylik-da, Yaxshiboyevning shaxsiy hayotiga, uning xotini bilan munosabatiga birrov nazar solaylik. Harqalay, Yaxshiboyev ham odam, odam bo’lganda ham “chiritib yuboradigan” odamlar toifasidan ekanini birov inkor qilmasa kerak. Demak:
“ – Egoist! – dedi Muhsina xonim ko’zlariga yosh olib. – Meni zor qaqshatib ketmoqchimisiz!..
Yaxshiboyev biror daqiqa kutib turdi – Muhsina xonimga hayajonini bosishga imkon berdi. Keyin, xotini jo’nroq tusga tushgach, sekin davom etdi… O’yladiki, xotinmi shu, farzandmi shular, quzg’un-ku, o’laksaxo’r! Poylab turishibdi-ku! Tezroq o’laqolmaysanmi, o’rtoq Yaxshiboyev?.. Mehrni pulga sotib olgandan keyin, yurishdan ne murod?..”
Yoki:
“Yaxshiboyevning dimog’i achishdi, ko’zlariga jiqqa yosh quyilib keldi… Muhsinaxonim cho’chidi, bir muddat ko’zlari jovdirab turdi, so’ng yig’lab yubordi… Erining ko’ksiga boshini qo’ydi. Yaxshiboyev u ya l d i. Yolg’on, deb o’yladi, qilib yurgan kasbi-da.
Muhsina xonimning sahna mashqi zo’r edi, bir daqiqalik k o’ r i m l i m a n z a r a asnosida qo’llarini karavot chetiga tirab turgan edi…”
Endi xolis ayting: romandan nuqul “tragediya va shafqatsiz haqiqatlar tasviri”ni talab qilaverish to’g’ri bo’larmikin yoki, hyech bo’lmasa, yuqoridagiday holatlarning zamiriga chuqurroq nazar tashlash, ulardagi unsiz fojiani his qilish foydalimikin? (Asar o’zi yaratilganidan buyon o’tgan o’ttiz yildan ortiqroq vaqtning shafqatsiz sinovlariga to’la dosh bergani – bu savollarga eng odil javob bo’lsa, ajabmas!)
Yozuvchi o’z qahramonlari sajiyasi, hayotiy e’tiqod va maslagidan kelib chiqib, hikoya tarzini ham shunga mos tanlaydi. Jumladan, “Qissanavis” qismining bayon uslubi “Manzaralar”nikidan sezilarli farq qiladi. E’tibor bering: masalan, ko’chat ekib bog’ yaratish epizodini qissanavis samimiy bir zavq bilan, o’ylari nihoyasida baribir Yaxshiboyevga achinish hissi bilan eslasa, Yaxshiboyev uchun bu kun Saidqulning “itday ishlatilgani” bilan maroqli, xolos…
Yozuvchi ijtimoiy-siyosiy yuzsizlikni Aleksandr (Iskandar) Shoymardonov obrazida esda qolarli yaratgan. Bu odam ismi bilan qo’shib elini ham sotadi, xalqning taqdirini o’rtaga tikib o’ynaydi, o’ynatadi.
Umuman, roman qahramonlarining faoliyati, Yaxshiboyevning o’zi tan olishicha, qo’g’irchoq o’ynatishga o’xshab ketadi. Faqat bu qo’g’irchoqbozlik bolalar teatri sahnasida emas, hayotda, siyosatda, bu borada hali hamon balog’atga yetmagan elning ko’z oldida, uning yelkasiga qurilgan sahnada yuz beraveradi. Qurbonoy va To’porilarni Yaxshiboyev o’ynatadi, Yaxshiboyevni Oshno, Oshnoni bo’lsa Katta Paxtakor… Darvoqye, Katta Paxtakorning o’zi ham juda unaqa mustaqil emasday. Agar yaxshiboyevu oshnolar qo’g’irchoqning ostiga qo’l tiqib o’ynatiladigan turidan bo’lishsa, Katta Paxtakor marionet qo’g’irchoqqa o’xshab ketadi. Romanda, eslaysizmi, mana bunday joy bor:
“Katta Paxtakor: “Nado!” deb turdi.
Oshno unga jo’r bo’ldi: “Nado!”
Katta Paxtakor shaxsan o’zi yana bir bor kelib ketdi: “Nado, Xarunchik!” Bu gal ovozida norozilik borday edi: “Yu q o r i n i n g t a l a b i shu!” (Ta’kid M.M.Do’stniki!)
Katta Paxtakorning (Katta Qo’g’irchoqning!) iplari shu yu q o r i ning qo’llarida o’ynasa, o’z navbatida, bu o’ynatuvchi qo’llarga ham qandaydir iplar bog’langanini tasavvur qilish qiyin emas…

Download 35,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish