Murod Muhammad do'st " bir toychoqning xuni" asarida iboralarning ishlatilishi. Bu boradagi keyingi gaplar esa durustroq rivoyatga ham emas, bor-yo’g’i o’tkinchi latifaga zo’rg’a tortadi: masalan, yangi tuzilgan ijodkorlar ittifoqining navbatdagi raisiga “yaxshilikcha amalni topshiring, muhrni bering”, mazmunida qilingan ishorani avvaliga u hyech tushunmaydi. Tushungach esa, qaysarligi tutib, na muhrni beradi va na uning qaydaligini birovga aytadi. Shunda Saidqul Mardonning boyagi shogirdlaridan dadilrog’i – Chorshanbiyev qo’ymagan mo’ylovni qo’ygani davrani, deylik, mana bu gap bilan qizdiradi: “Falonchi jo’ra, bundaychikin qaysarlik qilmay, muhrni bering-da, endi. Yo siz ham bizning qishloqda o’tgan qaysar keksa raisga o’xshab muhrni yutvorib, hammamiz ketingizdan poylab yuramizmi?…”
Bu gaplarning bari Oshnoni zavqlantirmasligi, shunga yarasha sahiyligini qo’zg’amasligi mumkin emas edi, albatta. Qolaversa, u Saidqul Mardonning shogirdlaridan hammasini bo’lmasa ham bir qismini “boqsa odam bo’lishini” allaqachon sezgan, ular bilan muomala-munosabatni shunga moslab qurishga ham aqli yetardi. Deylik, o’shalardan biri, avvalgi romanda “E, Said aka, ixtiyor o’zimda bo’lsa edi, Ko’hiqofda dev bo’lardim!..” deya ma’yus tortib yuradigan Sayfiddinjon singarilarga tashlanadigan suyakda ortiqcha go’sht bo’lishi ham shart emasligini chuqur his qilar edi.
Modomiki, avvalgi romanni eslagan ekanmiz, yozilajak asarda kuzatiladigan yana bir farqni ham aytib ketishimiz kerak. Yodingizda bo’lsa, Yaxshiboyevning Chorshanbiyev boshchiligidagi shogirdlari anchayin sodda, tuzukkina kamtar, “o’zimizga o’xshagan lalmiroq” yigitlar edi. Ular ustozlari ruxsatisiz bir qadam bosmoqqa hayiqishar, katta idoralar ne, bor-yo’g’i kichik bir redaksiya rahbariga muovin bo’lishni-da o’zlariga obro’ sanashar, shunga ham shukr aytishardi. Yangi asarning yangi chorshanbilari ishtahasini esa naqd ummonning maydaroq nahanglarinikiga mengzash mumkin bo’ladi. Agar beshta bolasi bor Chorshanbiyev tovuqning katagidek kichkina kvartiradan ortig’iga da’vo qilishni o’ylamagan bo’lsa, bu shovvozlar o’zining qadrini juda yaxshi bilishadi…
Aytaman desang, yozuvchiga eslataman desang, bu singari latifa-yu hangomalar, “azbaroyi nufuzni deb, o’zi o’ylamagan haqiqatlarni aytib yuborishlar”ga to’la, bir-biridan ko’rishli hayotiy sahnalar bisyorki, ularni Murod Muhammad Do’st hammamizdan yaxshiroq biladi, yaxshiroq ifodalay oladi.
Bo’lg’usi roman o’zi uchun nomni ham bir necha variantlarda o’zi taklif qilishi-da tayin: bu nom balki “Bedazor” bo’lar, balki “Pistazor”…
Nima bo’lganda ham hamma gap bir masalada – Murod Muhammad Do’stning shijoati, jur’ati, avvalgidan-da kuchaygan istehzosining qachon qayta namoyon bo’lishida qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |