Ahmad Yassaviyning pedagogikada tutgan o`rni



Download 137 Kb.
bet1/4
Sana01.01.2022
Hajmi137 Kb.
#300168
  1   2   3   4
Bog'liq
Axmad Yassaviy 2021 1. Noyabr


Ahmad Yassaviyning pedagogikada tutgan o`rni
Yassaviy dastlab Sayramda Baxouddin al-Isfijobiydan, so’ngra O’trorda yassida mashur turk mashoyixi Arslonbob qo’lida an’anaviy islom ilmlaridan saboq oladi. Arslonbob vafotidan so’ng u Buxoroga borib mashhur mutassavvuf Yusuf Hamadoniy qo’lida o’qiydi. Qaytib kelib Yassida o’z g`oyalarini targ`ib etadi. Uning tarjimai holini Abdurauf Fitrat o’zining “Ahmad Yassaviy” maqolasida shunday ta’riflaydi: “Xijriy beshinchi asrda Eroning Xamadon shaxrida yaqin bir urunda tug’ilgan Yusuf Xamadoniy degan bir odam diniy ilmlarni o’rganib katta shuxrat egasi bo’lgan tasavvufga berilgan edi mana shu mulla mutasavvuf Marv Buxoro Samarqand shaxarlarida xonaqoxlar qurub shayxlik qila boshlaydi bizning Axmad Yassaviy mana shul Yusuf Xamadoniy muridi-uchunchi xalifasidir. Axmad Yassaviy bir rivoyatga ko’ra Yassi shahrida bir rivoyatga ko’ra Sayramda tug`ulgan. Uning qachon tug`ulgani malum emas biroq vafotining hijriy 562 da bo’lgoni hamda «Devoni hikmat » dagi shu:

To`rt yuz yildan keyin chiqib ummat bo’lg`oy,

Necha yillar yurib xalqqa xizmat qilg`oy,

baytini nazarda tutub har holda uning hijriy to’rtinchi asrning ikkinchi yarmida tug`ulganiga hukm qilish mumkindir.

Yassaviyning otasi shayx Ibroxim isimli eshon bo’lgan u yoshligida o’lgan. Yetim qolgan Yassaviy u zamoning mashhur shayxlaridan Arislonbobdan olgan. Arislonbob o’lgandan keyin bizning Yassaviy pir izlab Buxoroga kelgan Yusuf Xamadoniyga uchrab shunga murid bo’lgan u o’lgandan so’ng Buxoroda uning uchunchi xalifasi bo’lib shayxlik qilgan. Bir ozdan sung Buxoro shayxligini Yusuf Hamadoniyning to’rtinchi xalifasi bo’lgan Abduxolik Gijduvoniyga topshirib o’zi yassiga qaytgan . Shu onda dala xalqidan ko’p murid yig`ib xonaqoh ochib shayxlik qilgan. Yassaviy fors adabiyoti vazn va uslubda xalq adabiyoti uslubida adabiyotlar yozgani mana shul Yassiga qaytib, dala xalqidan muridlar to’laganidan keyin boshlangon bo’lsa kerak. Yassaviy oltmish uch yoshga kirgach xonaqohda yer osti- bir chillaxona qazdirib shunga kirgan va dunyodan aloqasini kesgan kabi ko’rinib shayxlikni davom etdirgan xamda shunda o’lgan. Vafoti hijriy 562- yildadir1.

Buyuk mutafakkir va faylasuf Yassaviy turk dunyosidagi birinchi tariqatning va turkiy tasavvuf she’riyatining asoschisidir.

Islom dunyosining “shayxul mashoyixi” Xo’ja Ahmad Yassaviy haqida mustaqillikdan so’ng hadiksiramay gapiradigan va yozadigan bo’ldik. Sobiq sho’rolar hukumati davrida uning nomi “klerikal adabiyot namoyondasi”, “reaksion diniy adabiyot vakili” kabi sifatlar bilan qoralanib kelindi. Yassaviy haqida yozgan kishi, albatta, sho’rolar mafkurasi nuqtai-nazaridan turib uni qoralashi, u haqda zarracha bo’lsin ijobiy fikr bildirmasligi lozim edi. Faqat mustaqillikdan keyingina Ahmad Yassaviy ijodiga , asarlariga xolis ko’z bilan qarash boshlandi. Uning ta’limoti, hikmatlari, sulukiga bo’lgan qiziqish tobora kuchayib bordi. Millat qalbidan undan faxrlanish tuyg`usi uyg`ondi. Nufuzli YuNESKO tashkiloti 1993 yilni “Yassaviy yili” deb e’lon qildi.

XX asrning boshlarida Yassaviy haqidagi qator maqolalar chop etilgan. Ufada chiqadigan “Sho’ro” jurnalining 1915 yil 24-sonida Ahmad Sardorning “Hazrat Xo’ja Ahmad Yassaviy” sarlovhali maqolasi chop etilgan. Unda adibning hayoti va ijodiga oid qisqagina ma’lumot berilgan va uning turk tilining mavqeini ko’tarishdagi xizmatlariga yuksak baho berilgan2.

1922 yilga kelib Abdurahmon Sa’diyning “Yassaviy kim edi” nomli maqolasi “Inqilob” jurnalining 2-sonida nashr etiladi. Muallif Yassaviyning tatar tili va adabiyoti taraqqiyotidagi roliga e’tibor qaratgan.

Abdurauf Fitrat ham Yassaviyni o’rganishga alohida e’tibor bilan qaragan. U “Ahmad Yassaviy” va “Yassaviy maktabi shoirlari to’g`risida tekshirishlar” nomli maqolalarini 20 asrning 20- yillarida yozgan edi.

Yassaviy xalq boshiga ko’p qiyinchiliklar va musibatlar yog’dirilgan davrlarda yashab ijod qildi. U turk hukmronlari-qoraxoniylar bilan qoraxitoylar o’rtasidagi urushlar va ularning daxshtli oqibatlarini ko’rgan,she’rlarida bu fojialarga munosabatlarini bildirgan.

‘’Nokas, xasis, bediyonat’’ zolimlar hokim bo’lgan jamiyatdagi shavqatsizlik va ma’naviy aynishlar baxsida Yassaviy hikmatlaridan birida mana nima degan:

Na onada rahm qoldi, na otada,

Og’o ini bir-biriga mojoroda

Musulmonlar da’vo qilur, ichar boda,

Mastlig’ bilan qarindoshdan tondi ko’rung3

Uning «Hikmatlar devoni» ham diniy, tassavufiy, badiiy asardir.

Yassaviy ta'limoti turkiy tilda yozilgani uning "Devoni hikmat" asarida bayon etilgan bo`lib, u ko’chmanchi va o’troq turkiy xalqlar O`rtasida sufiylik ta'limotini targ`ib etishda muhim ahamiyat kasb etgan. Uning ta'biricha, baxtsizlikka, chidamlilikka, ogir xayotga urgangan odam haqiqiy sufiy bula oladi va Xudo vasliga erishadi; bu dunyo bevafodir. Yassaviy goyalari O`rta Osiyoning turli shaharlarida uning shogirdlari tomonidan keng targib kilindi. Shulardan biri Sulaymon Bokirgoniy bo`lib (vafoti 1192 yilda) u uzining turkiy tilda yozilgan "Boqirg`on", "Oxir zamon" asarlarida asosan sufizm, yassaviylikni targ’ib qilgan.

Yassaviy o’z hayotida «fano yo’li»ga amal qildi va bunga yetishish uchun Muhammad Mustafo yo’lini tanladi. U payg`ambarimizning «faqirlik faxrimdir» qudsiy kalimalarini o’zining hayotiy shiori deb bilib, unga amal qildi. Yassaviy faqirlik yo’liga to’rt yoshida kirib, umr bo’yi kishilarni bu yo’lga da’vat etdi.

Yassaviy tariqat va shariatni o’zaro vositalarini qo’yidagicha bayon etadi.

Har kim qilsa tariqatni davosini,

Avval qadam shariatga qo’ymoq kerak.

Shariatning ishlarini ado qilib,

Andin so’ngra bu davoni qilmoq kerak.

Ammo tariqat yo’li og`ir va mashaqqatli ekanligini eslatib Yassaviy yozadi:

Shariatdan murod yo’lga kirmoq,

Tariqatdan murod- nafsdan kechmoq,

Haqiqatdan murod –jondank kechmoq.

Jondan kechmay ishq sharobin ichsa bo’lmas.

Madomiki, shunday ekan, demak tariqat va haqiqat botiiny poklanishning zaruriy ehtiyoji, shariat darajasi qoniqtirmaydigan, jondan kechib ishq sharobini ichishga tayyor turgan alohida shaxslarni tanlagan yo’lidir.

Ta’limot mazmun-mohiyatidan qo’yidagi talqin kelib chiqadi:

Shariat-ravshan bilingan narsalardir, nishondir, hurmatdir. Tariqat- qidirilgan narsalar, bayondir xizmatdir. Haqiqat –ko’rish uchun kurashish ayondir, hikmatdir.

Tasavvuf tarixida «Sulton-ul-orifin» - oriflar sultoni nomini olgan Ahmad Yassaviy haqiqatan orif insondir. Boyazid Bistomiy yozganidek, «oriflik Xudoni tanimoqdur». Shugina emas, Yassaviy «oriflar sultoni»dir, ya’ni Haqni taniganlar yetakchisidir.

Hazrat Alisher Navoiy Ahmad Yassaviy to’g`risida «Turkiston mulkining Shayx-ul-mashshoyixidur», «Turkiston ahlining qiblai duosidur», - deb yozganlar. Yassaviya tariqatining ta’sir doirasi Turkiston chegarasidan chiqib, Kichik Osiyo, Turkiya, Eron, Kavkaz, Sharkiy Turkiston, Volgabo’yi xalqlari orasida keng yoyildi.

Xoja Ahmad Yassaviy zikrida buyuk bir ruhoniy poklik olamiga intilish shaxs kamoloti deb izohlanadi. Kamolotga etishish esa hayotda mashaqqat chekish, izlanish orqali amalga oshadi, deb kmrsatadi. Xoja Ahmad Yassaviy Shaxsni bu darajaga ko‘taruvchi o‘ziga xos diniy va dunyoviy tarbiya uslublari tizimini asoslab beradi.

Xulosa qilib shuni ta’kidlashimiz joizki, Yassaviyning ma’naviy- tarbiyaviy ta’limotidagi diniy va dunyoviy yondashuvlar asosida keltirilgan ushbu rang-barang pedagogik omillar mquvchi va talabalarda imon-e’tiqodni tarbiyalashga, ularni ruhiy poklanib kamolotga etishishi uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.



Download 137 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish