Mavzu. Axborot turlari. Sanoq sistemalari va texnika xavfsizligi



Download 27,85 Kb.
bet7/8
Sana30.12.2021
Hajmi27,85 Kb.
#191385
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2- axborot turlari

Ma’lumot tashuvchilar. Ma’lumotlar axborotning dialektik tarkibiy qismidir. Ular mohiyatlariga ko‘ra, qayd qilingan signallardir. Bunda qayd qilishning tabiiy-jismoniy usuli turlicha: jismlarning bir joydan ikkinchi joyga mexanik tarzda ko‘chib o‘tishi, shakllarining yoki yuzasi sifati parametrlarining o‘zgarishlari, elektrik, magnit, optik xarakteristikalarining, kimyoviy tarkib va kimyoviy aloqalar holatining o‘zgarishi, elektron tizim holatini o‘zgarishi hamda boshqa ko‘plab ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Qayd qilish usuliga muvofiq ma’lumot tashuvchilarning har xil turlarda saqlanishi.

Ma’lumot tashuvchilarning eng ko‘p tarqalgani tejamkor bo‘lmasa ham qog‘oz hisoblanadi. Qog‘ozda ma’lumotlar uning yuzasini optik xarakteristikasini o‘zgartirish yo‘li bilan qayd etiladi. Optik xususiyatlarni o‘zgartirish (yuzani to‘lqinlar uzunligining ma’lum diapazonida aks ettirish koeffitsientini o‘zgartirish) aks ettiruvchi qoplamali, plastmassalarda ishlangan tashuvchilarga lazer nuri yordamida yozishni amalga oshiruvchi uskunalar (CD-ROM)da qo‘llaniladi. Magnit xususiyatlarining o‘zgarishidan foydalanadigan tashuvchilar sifatida magnit tasmalarini va disklarini aytish mumkin. Ma’lumotlarni tashuvchining yuza qismidagi moddalarning kimyoviy tarkibini o‘zgartirish yo‘li bilan qayd qilish fotografiyada keng qo‘llaniladi. Jonli tabiatda ma’lumotlarni to‘plash va uzatish biokimyoviy darajada ro‘y beradi.

Bizni ma’lumot tashuvchilarning o‘zlari emas, balki axborot va uni tashuvchilarning xususiyatlari bilan chambarchas bog‘langanliklari qiziqtiradi. Har qanday ma’lumot tashuvchini hal qiluvchi qobiliyatlarining parametrlari (tashuvchi uchun qabul qilingan o‘lchov birligida yozib olingan ma’lumotlar miqdori) bilan va dinamik diapazon (maksimal va minimal qayd etilayotgan signallarning amplitudalari intensivligining logarifmik nisbati) bilan ifodalash mumkin. Axborotning to‘liqligi, uni ola olish imkoniyati va haqqoniyligi kabi xususiyatlari ko‘pincha axborot tashuvchining ana shu xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi.

Axborot jarayoni davomida ma’lumotlar turli usullar yordamida bir turdan ikkinchisiga aylantiriladi. Ma’lumotlarni qayta ishlash o‘z ichiga turli xildagi ko‘plab amallarni kiritadi. Ilmiy-texnik taraqqiyot rivojlana borgan va kishilik jamiyatida aloqalar murakkablashgan sari ma’lumotlarni qayta ishlashga ketadigan mehnat sarfi to‘xtovsiz oshib boradi. Bu, eng avvalo, ishlab chiqarishni va jamiyatni boshqarish shart-sharoitlarining muttasil ravishda murakkablashib borayotganligi bilan bog‘liqdir. Ma’lumotlarni qayta ishlash hajmining umumiy o‘sishini keltirib chiqaruvchi ikkinchi omil ham ilmiy-texnik taraqqiyot bilan, aynan ma’lumotlar tashuvchilarning hamda ularni saqlash va yetkazish vositalarining yangilarini paydo bo‘lishi, joriy qilinishi bilan bog‘liqdir.

Ma’lumotlar bilan o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan amallar tuzilmasidan quyidagi asosiylarini ajratib ko‘rsatish mumkin:

• ma’lumotlar to‘plash - qaror qabul qilish uchun zarur miqdordagi to‘liq axborot yig‘ish;

• ma’lumotlarni shaklga solish (formalizatsiya qilish) - turli manbalardan tushayotgan ma’lumotlarni ularni bir-biri bilan taqqoslash mumkin bo‘lishini ta’minlash, ya’ni ulardan foydalana olish darajasini oshirish uchun bir xil shaklga keltirish;

• ma’lumotlarni filtrlash (tozalash) - qaror qabul qilish uchun zarurati yo‘q bo‘lgan "ortiqcha" ma’lumotlarni chiqarib tashlash, bunda "shovqin"ning darajasini pasayishi, ma’lumotlarning haqqoniyligi va adekvatligi o‘sishi lozim;

• ma’lumotlarni saralash - foydalanishga qulay bo‘lishi uchun ma’lumotlarni berilgan belgilar bo‘yicha tartibga keltirish; bu axborotga murajaatni osonlashtiradi;

• ma’lumotlarni arxivlashtirish - ma’lumotlarning qulay va foydalanishga oson shaklda saqlanishini tashkil qilish; ma’lumotlarni saqlashga ketadigan xarajatlarni pasaytirishga xizmat qiladi va axborot jarayonining umumiy ishonchliligini oshiradi.

• ma’lumotlarni himoyalash - ma’lumotlarning yo‘qotib qo‘yilishining oldini olishga, ularni qayta yaratishga va modifikatsiyalashga yo‘naltirilgan choralar majmui;

• ma’lumotlarni transportirovka qilish - axborot jarayonining bir-biridan uzoqlashgan ishtirokchilari o‘rtasida ma’lumotlarni qabul qilish va uzatishdir. Bunda informatikada ma’lumotlarning bazasini server, iste’molchini mijoz deb atash qabul qilingan;

• ma’lumotlarni qayta tuzish - ma’lumotlarni bir shakldan boshqasiga o‘tkazishdir. Ma’lumotlarni qayta tuzish ko‘pincha axborot tashuvchining turi o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, kitoblarni odatdagi qog‘oz shakllarda saqlash mumkin, ammo buning uchun elektron shakldan va mikro tasmadan ham foydalanish mumkin. Ma’lumotlarni ko‘p marotaba qayta tuzish (boshqa shaklga solish) zarurati, shuningdek, ularni transportirovka qilish paytida, ayniqsa, bu ish ushbu turdagi ma’lumotlarni transportirovka qilishga mo‘ljallangan vositalar bilan amalga oshirilayotgan paytda vujudga keladi. Misol tariqasida shuni eslatish mumkinki, ma’lumotlarning raqamli oqimlarini telefon tarmoqlari (ular avvalida faqat analog signallarni diapazonda uzatishga mo‘ljallangan edi) kanallari orqali transportirovka qilish uchun raqamli ma’lumotlarni tovush signallariga o‘xshash narsaga aylantirish zarur bo‘ladi. Bu ishni maxsus uskunalar - telefon modemlari bajaradi.

Ma’lumotlar tartibga solinganda, ya’ni ular berilgan tuzilmani tashkil qilganida ma’lumotlarning katta to‘plamlari bilan ishlashni avtomatlashtirish osonroq bo‘ladi. Ma’lumotlar tuzilmalarining uchta asosiy tipi mavjud. Bular, chiziqli, ierarxik va jadval tiplaridir. Ularni oddiy kitob misolida ko‘rib chiqish mumkin.

Agar kitobni alohida varaqlarga ajratib, ularni almashtirib tashlasak, kitob o‘z mazmun-mohiyatini yo‘qotadi. To‘g‘ri, u avvalgidek ma’lumotlar to‘plamligicha qolaveradi, ammo undan axborot olish uchun adekvat usulni tanlab olish juda mushkul (agar kitobdan har bir harfni alohida qirqib olsak, ahvol bundan ham mushkullashadi - bunday holatda kitobni o‘qish uchun adekvat usulining topilishining o‘zi amri mahol bo‘ladi).

Agar biz varaqlarni ketma-ketlikda yig‘sak, ma’lumotlar tuzilmasining eng sodda chiziqlisini hosil qilamiz. Bunday kitobni biz endi o‘qishimiz mumkin, ammo o‘zimizga zarur ma’lumotlarni topish uchun uni boshidan oxirigacha o‘qishimizga to‘g‘ri keladi. Bu esa doim ham qulay emas.

Ma’lumotlarni tez izlab topish uchun ierarxik tuzilma mavjuddir. Masalan, kitoblarni qismlar, bo‘limlar, boblar, paragraflar va hokazolarga bo‘lish mumkin. Tuzilmanining nisbatan quyiroq darajadagi elementlari tuzilmaning yuqoriroq darajadagi elementlari tarkibiga kiritiladi: bo‘limlar boblardan, boblar paragraflardan tashkil topadi va hokazo.

Katta massivlar uchun ierarxik tuzilmada ma’lumotlar izlash chiziqli tuzilmadagiga qaraganda ancha sodda, biroq bu yerda ham, albatta, ko‘rib chiqish zarurati bilan bog‘liq mo‘ljalni aniq ola bilish, to‘g‘ri yo‘l tanlay olish zarurdir. Amaliyotda bu vazifa ko‘pchilik kitoblarda ierarxik tuzilmaning elementlarini chiziqli tuzilmaning elementlari bilan bog‘lovchi yordamchi kesishuvchi, ya’ni bo‘limlar, boblar va paragraflarning raqamlari bilan bog‘lovchi jadval mavjudligi bilan soddalashtiriladi. Oddiy ierarxik tuzilmali, izchillik bilan o‘qishga mo‘ljallangan kitoblarda bu jadvalni sarlavha, tanlab o‘qish mumkin bo‘lgan, murakkab tuzilmali kitoblarda uni mundarija deb ataydilar.




Download 27,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish