3. Ma’lumotlar va usullarning o‘zaro ta’siri va aloqasining dialektik xarakteri. Diqqatimizni ma’lumotlarning ob’ektivligiga, qaratamiz, chunki ular ob’ektiv mavjud bo‘lgan moddiy jismlar yoki moddiy maydonlardagi o‘zgarishlar keltirib chiqargan signallarni ro‘yxatga olish, qayd etishning natijalaridir. Shu bilan bir vaqtda usullar sub’ektivdir. Sun’iy usullar asosida odamlar (sub’ektlar) tomonidan tuzilgan va tayyorlangan algoritmlar (tartibga solingan buyruqlar izchilligi) yotadi. Tabiiy usullar asosida olingan axborot jarayonlariga sub’ektlarining biologik xususiyatlari yotadi. Shunday qilib, axborot ob’ektiv ma’lumotlarning va sub’ektiv usullarning o‘zaro dialektik ta’siri va aloqasi paytida vujudga keladi va mavjud bo‘ladi.
Axborotga ob’ektiv ma’lumotlarning sub’ektiv usullar bilan o‘zaro dialektik ta’sirni, aloqasi natijasida yuzaga keladigan alohida xususiyatli ob’ekt sifatida yondashish, ko‘pchilik hollarda, bir qator ilmiy nazariyalar va faraz (gipoteza)larni falsafiy asoslashdagi qarama-qarshiliklarni bartaraf etish imkonini beradi.
Shunday qilib, axborot ob’ektiv ma’lumotlar va sub’ektiv usullarning o‘zaro ta’siri paytida vujudga keladigan dinamik ob’ektdir. Har qanday ob’ekt sifatida u bir qator xususiyatlarga ega (ob’ektlar o‘z xususiyatlariga ko‘ra farqlanadilar). Axborotning tabiat va jamiyatning boshqa ob’ektlaridan farqlanuvchi xarakterli alohida xususiyati yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan dualizmdir: axborotning xususiyatiga uning mazmun qismini tashkil qiluvchi ma’lumotlarning xususiyatlari qanday bo‘lsa, axborot jarayoni davomida ma’lumotlar bilan o‘zaro ta’sir qiluvchi usullarning xususiyatlari ham xuddi shunday ta’sir etadi. Jarayon tugagach, axborotning xususiyatlari yangi ma’lumotlarning xususiyatlariga ko‘chib o‘tadi, ya’ni usullarning xususiyatlari ma’lumotlarning xususiyatlariga ko‘chib o‘tish mumkin.
Axborotning ob’ektivligi nisbiy tushunchalardir. Agar usullarning sub’ektivligi hisobga olinadigan bo‘lsa, bu tushunarlidir. Usullar eng kam sub’ektiv unsur, ta’sir kiritadigan axborotni ko‘proq darajada ob’ektiv deb hisoblash qabul qilingan. Masalan, tabiiy ob’ekt yoki hodisaning foto sur'atini kuzatish natijasida xuddi shu ob’ektni yoki hodisani inson qo‘li bilan chizilgan rasmni kuzatish natijasiga ko‘ra, ob’ektivroq axborot hosil qilinadi deb hisoblanadi. Informatsion jarayon davomida axborotning ob’ektivlik darajasi doimo pasayib boradi. Bu xossa, masalan, huquqiy fanlarda hisobga olinadi. Chunki hodisalarni bevosita kuzatgan yoki bilvosita yo‘l (mantiqiy-aqliy xulosalar vositasida yoki uchinchi shaxslar gaplaridan) bilan axborot olgan shaxslarning ko‘rsatmalari turli yo‘sinda qayta ishlanadi. Tarixiy fanlarda ham axborotning ob’ektivligini hisobga olish darajasi bundan kam emas. Tarixchilarning tarixiy ma’lumotlarni ob’ektivligini sinash va yangi yanada ishonchliroq ma’lumotlar olish uchun boshlang‘ich ma’lumotlarni solishtirish, filtrlash (tozalash) hamda selektsiya qilish (yaxshisini ajratib olish) yo‘llari bilan sinash va testdan o‘tkazishning o‘z usullari bor. Bunda, shunga e’tibor qaratamizki, bu yerda ma’lumotlarning ob’ektivligini oshirish emas, balki ularning ishonchliligini oshirish haqida gap bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |