Axborotning dolzarbligi - bu axborot vaqtining joriy (o‘tayotgan, ayni) davriga mos kelishi darajasidir. Axborotning tijorat qiymatini, ko‘pincha, uning dolzarbligi va to‘liqligi bilan bog‘laydilar. Axborot jarayonlari vaqt jihatidan cho‘zilib ketganligi tufayli, haqqoniy va adekvat, ammo eskirgan axborot xato qarorlar qabul qilinishiga olib kelishi mumkin. Ma’lumotlar bilan ishlash uchun adekvat usullarini qo‘llash (yoki ishlab chiqish) zarurati axborotni olishda shunday kechikishga olib kelishi mumkinki, u dolzarbligini yo‘qotib, kerak bo‘lmay qolishi mumkin.
Jumladan, ma’lumotlarni ochiq shifrlashning ko‘pgina zamonaviy tizimlari ana shunga asoslangan. Ma’lumotlarni o‘qish kalitiga ega bo‘lmagan (usulini bilmagan) odamlar kalitni izlash bilan shug‘ullanishlari mumkin, chunki uning algoritmiga yo‘llab (undan foydalanib) bo‘ladi, ammo bu izlash shunchaga cho‘ziladiki, bu davr ichida shuncha vaqt ishlashi davomida axborot o‘z dolzarbligini va tabiiyki, bu bilan bog‘liq amaliy qiymatini ham yo‘qotib bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |