Axborotlashtirish konsepsiyasi uchta asosiy maqsadga yo‘naltirilgan:
1) Zamonaviy axborot texnologiyalarini rivojlantirish;
2) Iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarda axborot tizimlari shakillanishiga ko‘maklashish;
3) Mamlakatni jahon axborot tizimlariga ulash.
Konsepsiyaning asosiy qoidalari, vazifalari hisobga olingan holda «O‘zbekiston Respublikasining axborotlashtirish dasturi» ishlab chiqildi.
Dastur uch qismdan iborat:
1) milliy axborot-hisoblash tarmog‘ini tuzish;
2) EHMni matematik va dasturiy ta'minlash;
3) Shaxsiy kompyuterlar bilan ta’minlash.
Dasturni amalga oshirish borasida hukumatimiz tomonidan shu vaqtgacha bir qancha Qonunlar, Farmonlar va Qarorlar qabul qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |