30
O„zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligiga bo„ysunuvchi axborotkutubxona markazlarida quyidagi bo„limlar mavjud:
Ilmiy- uslubiy bo„lim;
Axborot va kutubxonachilik xujjatlarini komplektlash bo„limi;
Axborot va kutubxonachilik xujjatlarini kataloglashtirish va qayta ishlash
bo„limi;
Axborot- bibliografik bo„lim;
bo„lim qoshida:
o„lkashunoslik axboroti shu‟basi;
xuquqiy axborot shu‟basi;
Iste‟molchilarga xizmat ko„rsatish bo„limi;
bo„lim qoshida:
Umumiy o„quv zali shu‟basi;
Kompyuter zali (elektron o„quv zali, internet markazi);
Yoshlar bilan ma‟naviy va ma‟rifiy ishlar shu‟basi;
Abonement va kutubxonalararo abonement shu‟basi;
Axborot texnologiyalari bo„limi;
Axborot va kutubxonachilik xujjatlarini saqlash bo„limi.
Mustaqil Hamdo„stlik Davlatlarida va ko„pchilik chet el Universitet
kutubxonalarining tashkiliy tuzilishi quyidagicha:
- Fundamental, ya‟niy asosiy (ilmiy) kutubxona. Ilmiy ishlarga oid
barcha adabiyotlar bu kutubxonada jamlanadi, professor-o„qituvchilar, aspirantlar
va yuqori kurs talabalari uchun o„quv zali va abonement, bibliografik axborot
tashkil qilinadi, bibliografik qo„llanmalar tuziladi;
- Fakultet kutubxonasi– talabalar va o„qituvchilarning o„quv ishlari
uchun zarur bo„lgan darsliklar va o„quv qo„llanmalari, muxim joriy materiallar
hamda ma‟lumot nashrlari , soxalari bir- biriga yaqin bo„lgan bir va bir necha
fakultetlarga xizmat ko„rsatuvchi kutubxona. Ba‟zan bu kutubxona fakultet soxasi
bo„yicha to„laroq materiallar bilan to„ldiriladi va fundamental kutubxonaning
soxali filiali bo„lib qoladi;
III. NAZARIY MATERIALLAR
31
- Kafedra yoki kabinet kutubxonasi. Kafedra ixtisosligiga oid muxim
nashrlarni to„playdi. Unda odatda abonement bo„limi bo„lmaydi. Kitobxonlarga
xizmat ko„rsatish kafedra lobaranti tomonidan amalga oshiriladi.
- O„quv kutubxonasi ( o„quv qo„llanmalari, o„quv fondi kutubxonasi)
talabalar soniga mos bo„lgan asosiy darsliklar va o„quv qo„llanmalarini ko„p
nusxada to„playdi. O„quv kutubxonasini ajratilishi talabalar o„rtasida o„quv
materiallarini rejali va tejab taqsimlash imkonini beradi.
Universitet kutubxonalarining asosiy tashkiliy muammosi- qayd etib o„tilgan
barcha kutubxonalar faoliyatini, xizmat ko„rsatish sifatini yaxshilash, mablag„ va
adabiyotlarni tejash maqsadida koordinatsiyalashdir.
Universitet kutubxonachalari shoxobchalarini tashkil etishning uch xil:
nomarkazlashtirilgan, tugallanmagan va izchil markazlashtirish shakllari
kuzatiladi.
Nomarkazlashtirilgan shoxobcha: har bir kutubxona mustaqil ravishda
ishlaydi. Bunday tajriba chet el davlatlari universitetlarining barchasida mavjud.
Tugallanmagan markazlashtirish shoxobchasi: fakultet va o„quv
kutubxonasi fundamental kutubxonaning shoxobchasi sanaladi, kabinet
kutubxonasi mustaqilligini saqlab qoladi. Adabiyotlarni ularning o„zlari sotib
oladi, ammo faqat fundamental kutubxona xodimining shaxsiy vizasi
bo„lgandagina xisob-kitobga pul to„lanadi.
Izchil markazlashtirilgan shoxobcha tejamliroq va samaraliroq xisoblanadi.
Universitetning asosiy kutubxonasi shoxobcha zarur deb topilgan punktlarda
xizmat ko„rsatadi. Barcha xodimlar fundamental kutubxona shtatida turadi.
Bunday usul bizning universitet kutubxonalarmizda ko„p tarqalgan.