Ommaviy va bolalar kutubxonalarining tuzilishi.
Hozirda Respublikamizda davlat ommaviy va bolalar kutubxonalari
Axborot- resurs markazlariga birlashtirilgan. MDX davlatlarida Davlat ommaviy
kutubxonalari tarmog„i markazlashgan kutubxonalar tizimiga birlashtirilgan. Shu
sababli ularning katta bo„lmagan shoxobchalarida bittadan, kattarog„larida bir
nechtadan kutubxonachi xizmat ko„rsatadi. Faqat shaxar va tuman markaziy
kutubxonalarining kitob fondlari katta bo„lganligi uchun ularda ko„prok xodimlar
mehnat qiladi. Ommaviy kutubxonalarning tashkiliy tuzilishi asosan quyidagicha:
Shahar va tuman kutubxonalarida abonement, o„quv zali, ko„chma kitob
fondi, shuningdek bolalar bo„limlari mavjud. Markaziy kutubxonada bundan
tashqari uslubiy- bibliografik bo„lim ham tashkil etilgan. Bu bo„limlarda bitta va
undan ortiq xodim ishlaydi. Lekin xodimlarga kitob fondini moddiy javobgarligi
yuklatilganligi sababli abonement, o„quv zali yoki fondni – bo„lim, xodimni esa –
III. NAZARIY MATERIALLAR
32
mudir deb xisoblash mumkin. Shu bilan birga markazlashgan kutubxona tizimida
kutubxona fondini komplektlash va ishlov berish bo„limi mavjud.
Bolalar kutubxonalarida xizmat ko„rsatish bo„limining tashkiliy tuzilmasi
kitobxonlarning ulg„ayish xususiyatlariga muvofiq tabaqalashtiriladi: kichik
maktab yoshidagi bolalar uchun abonement, o„rta va katta yoshdagi bolalar uchun
bo„limlar ajratiladi. Yirik bolalar kutubxonalarida – respublika, viloyat, markaziy
shaxar kutubxonalarida asosan funktsional bo„limlar: komplektlash, ishlov berish,
kitob saqlash, xizmat ko„rsatish, shuningdek uslubiy va bibliografik bo„limlar
mavjud bo„ladi.
2.2. Axborot-kutubxona faoliyatini rejalashtirish.
Rejalashtirish ahamiyati jihatidan boshqaruvning asosiy funktsiyalaridan
biridir. Har qanday boshqaruv reja tuzishdan boshlanadi. Reja tuzish esa
boshqaruvning maqsad va vazifalarini belgilash, vazifalarni amalga oshirish
usullari hamda iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari bilan uzviy bog„liqligini
belgilash bilan boshlanadi.
Rejalashtirish – bu rahbariyat xarakatlarining yagona yo„nalishini, tashkilot
a‟zolarining umumiy maqsadlariga erishish yo„lidagi xarakat birligini ta‟minlash
vositalaridan biridir. Tashkilotda shu jumlada kutubxonada rejalashtirish bir
safarlik hodisa emas, u doimiy, uzluksiz jarayon. Chunki birinchidan har qanday
tashkilot maqsadga erishgandan so„ng, yana yangi maqsad tanlab, iloji boricha o„z
umrini uzaytirishga xarakat qiladi. Ikkinchidan u doim noaniq kelajakni biroz
bo„lsada ko„ra bilishlik zaruratidan kelib chiqadi.
Har qanday tashkilotda rejalashtirishni boshlashda eng birinchi qadam
sifatida strategik rejalashtirish yuzaga chiqadi. Strategik rejalashtirishdan keyin
boshqa barcha boshqaruv funktsiyalari birlashadi. Strategik rejalashtirishrahbariyat tomonidan qo„llaniladigan va tashkilot o„z maqsadlariga erishishi
uchun yordam beradigan o„ziga mos strategiyani ishlab chiqishga olib keladigan
xarakatlar, tadbirlar, qarorlar to„plamidir. Strategik rejalashtirish –boshqaruv
qarorlarini qabul qilishga yordam beradigan instrument sifatida xizmat qiladi,
uning maqsadi- tashkilotda yetarli darajada o„zgarishlarni ta‟minlashdan iborat. 4
Hozirgi davrdagi bilimlarning, o„zgarishlarning jadalligi va ko„lami
kengligi tufayli strategik rejalashtirish kelajakdagi muammolarni, imkoniyatlarni,
rasmiy istiqbolni belgilashni yagona vositasi bo„lib qolmoqda. U oliy boshqaruv
bosqichiga uzoq muddatli yo„nalish birligini, shu yo„nalishda qarorlar qabul qilish
imkonini, xarakat usullarini belgilashni, xavf-xatarni oldini olishni yoki ta‟minlash
4 “Fundamentals of Library “Library management 101: A practical guide” by DIANE L.VELASQUEZ 2013 ISBN
978-0-8389-1148-8(paper) 978--0-8389-9502-0(pdf)-pages 271-273.
III. NAZARIY MATERIALLAR
Do'stlaringiz bilan baham: |