Rejani bajarilishi ko„rsatkichlari – kutubxona faoliyati natijalarini
baholash uchun muxim mezon. Rejalari ilmiy asoslangan va me‟yor bo„yicha
xisoblangan, umumiy ish rejalari ketma-ketlikda, me‟yor-soatlari xisoblab
chiqilgan kutubxonalarnigina ob‟ektiv aniqlikka ega deb xulosa qilish mumkin
(monandligi va faktik bajarilgan ishlar hajmi).
III. NAZARIY MATERIALLAR
42
Rejaning bajarilish foizlari (R.b.f.) bir soatda bajarilgan ishlar hajmini
(B.s.b.i.x.) reja bo„yicha bir soatdagi ishlar hajmiga (R.b.b.s.i.x.) bo„lish orqali
xisoblanadi:
B.s.b.i.x.
R.b.f=---------
R.b.b.s.i.x.
Kitob fondining o„rtacha ko„rsatkichlari
Kitob fondlari statistikasining asosiy o„rtacha ko„rsatkichlari bu kitob
aylanishi va kitob bilan ta‟minlanishdir. Kitob fondini aylanishi( Kfa), ya‟ni
fond birligiga to„g„ri keladigan o„rtacha kitob berilishi miqdori yil ichida berilgan
kitoblar miqdorini (Bk) yil oxirida mavjud bo„lgan kitoblar, broshyuralar, jurnallar
va boshka materiallar miqdoriga (F ) bo„lish orqali xisoblanadi:
Bk
Kfa=-------
F
Aylanish ko„rsatkichi kitob boyligidan foydalanganlik darajasini ko„rsatadi.
Bu kitob fondining kitobxonlar qiziqishiga mos kelishi to„g„risda hamda
kutubxonaning kitob bilan ishlash darajasi to„g„risida fikr yuritish mumkin
bo„lgan yetakchi o„rtacha ko„rsatkichlardan biridir.
Yirik kutubxonalarda ularda kam so„raladigan adabiyotlar mavjudligi
tufayli, aylanish ko„rsatkichi yuqori bo„lmaydi. Kitob fondining ayrim bo„limlari
aylanishini taxlil qilish uchun mazkur bo„limdagi kitob berilish miqdorini kitoblar
miqdoriga bo„lish kerak.
Kitob bilan ta‟minlanganlik(Kbt), ya‟ni ro„yxatdagi bir kitobxonga to„g„ri
keladigan kitoblarning o„rtacha miqdori, kutubxonada yilning oxirida mavjud
bo„lgan kitob fondi miqdorini (F) ro„yxatdagi kitobxonlar (K) soniga bo„lish bilan
xisoblanadi:
F
Kbt= ---------
K
Bu ko„rsatkichni kitob o„qilishi darajasini aylanish ko„rsatkichlariga bo„lish
yo„li bilan ham aniqlash mumkin. Kitob bilan ta‟minlanganlik ko„rsatkichi kitob
fondining kitobxonlar soniga nisbatan miqdorini, ya‟ni uning yetarliligini
ko„rsatadi. Ana shu ko„rsatkich bo„yicha foydalanish uchun kitoblar yetarli yoki
yetarli emasligini bilish mumkin. Shuni unuimaslik lozimki, kitob bilan
III. NAZARIY MATERIALLAR
43
ta‟minlanganlik ko„rsatkichi aylanish ko„rsatkichiga teskari proportsionaldir:
ulardan biri qancha baland bo„lsa, boshqasi shuncha past bo„ladi. Demak, juda
yuqori bo„lgan kitob bilan ta‟minlanganlik ham aylanish pastligi kabi yaxshi
xodisa emas. Quyidagi mulohazalarga ko„ra ommaviy kutubxonalar uchun bitta
kitobxonga 10-12 dona kitobning to„g„ri kelishi kitob bilan normal
ta‟minlanganlikni tashkil qiladi: kitobxon abonementdan bir vaqtning o„zida 5
tagacha kitob olish xuquqiga ega, ayni vaktda kitobxonlar tanlab olishi uchun kitob
javonida doimo shuncha kitob bo„lishi kerak.