Struktura ko„rsatkichlari –bu bir qismning butun qismga nisbatini
xarakterlaydigan nisbiy miqdordir. Ular biron-bir xodisaning tuzilishi, tarkibini
aniqlaydi: kitob fondi yoki kitob berilishining bilimlar soxasi bo„yicha
taqsimlanishi, kitobxonlarning ijtimoiy axvoli bo„yicha guruxlash, kutubxonalar
tarmoqlarining shaharlar, qishloqlar bo„yicha taqsimlanishi va boshqalar.
Taqqoslash asosi qilib butun qism olinadi, Struktura ko„rsatkichlari qismni butun
qismga bo„lish bilan xisob qilinadi, odatda u foizlarda ifodalanadi, bu qismni
salmog„ini ko„rsatadi.
Intensivlik (daraja) ko„rsatkichlari –mazmuniga ko„ra har xil, ammo
o„zaro bog„langan ikki ko„rsatkichning nisbatini o„lchovchi miqdor nisbatidir. Ular
xodisalar intensivligini, ularning rivojlanish darajasini xarakterlaydi. Masalan,
kitob fondlaridan foydalanish yoki kitobxonlik faollik darajasini aniqlash kerak.
Intensivlik ko„rsatkichi (daraja) bu aloqani xarakterlaydigan ikki turli miqdorni
qiyoslash yo„li bilan xisoblanadi. Bu miqdor ba‟zan koeffitsent deb ataladi.
Xilma xil topshiriqlarni (vazifalarni) nisbiy ko„rsatkichlar yordamida hal
qilinishi statistikada, rejalashtirishda, ilmiy- tadqikot ishlarida ularni keng
qo„llanilishiga olib kelmoqda.
O„rtacha ko„rsatkich- bu bir necha yoki ko„pgina bir xil hajmlarning
III. NAZARIY MATERIALLAR
38
umumiy yoki yig„ma xarakteristikasi. Masalan, turli ommaviy kutubxonalarning
kitob fondlari miqdori har xil. Agar jami kutubxonalarning fondlari jamlanib
xisoblansa, unda biz ulardagi kitob boyligining umumlashtiruvchi yig„ma
xarakteristikasiga ega bo„lamiz. Ya‟ni ommaviy kutubxonalarning o„rtacha kitob
fondi miqdorini bilamiz.
2.3.3.Kutubxona statistikasining bo‘limlari: kitobxonlar, kutubxona fondi
kutubxona xizmati, kutubxona tarmoqlari, kadrlar.
Kitobxonlarni xisoblash statistikasi: kutubxonadagi kitoblardan necha kishi
foydalanadi degan savolga javob beradi. Odatda xisob birligi bo„lib kitobxonlar
formulyarlari xizmat qiladi: yil davomida qancha formulyar ro„yxatga olingan
bo„lsa, shuncha kishiga xizmat ko„rsatilgan. Ammo xisobning bunday uslubi aynan
bir kishining o„zi bir vaqtning o„zida abonementdan, o„quv zalidan, yirik
kutubxonalarda esa xatto bir necha bo„limlardan foydalanishiga olib keladi.
Buning natijasida umumiy formulyarlar yig„indisi kutubxonaning barcha
bo„limlaridan foydalanuvchilarning haqiqiy sonini oshirib yuboradi. Shuning
uchun kutubxonaga a‟zo bo„lgan har bir kitobxonga ro„yxat kartochkasi yuritish va
kutubxonaning barcha bo„limlaridan foydalanish xuquqiga ega kitobxonlik bileti
joriy qilish maqsadga muvofiqdir.
Berilgan biletlarning soni necha kishi kutubxonaga a‟zo ekanligini
ko„rsatadi. O„z navbatida, har bir bo„lim uning xizmatidan foydalanadigan
kitobxonlar sonini ro„yxatga oladi. Bu esa yillik xisobotda, kutubxona
kitobxonlarining soni hamda kutubxona bo„limlari xizmat ko„rsatadigan
kishilarning jami miqdori haqida fikr yuritish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |