O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.KARIMOV O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborotkommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish choratadbirlari to’g’risida» 2002 yil 30 iyundagi 200–son Qarori (Mazkur Qarorga quyidagilarga muvofiq o’zgartirishlar kiritilgan O’zR VM 25.08.2003 y. 367–son Qarori, O’zR VM 07.05.2004 y. 215–son Qarori)
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot–kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to’g’risida» 2002 yil 30 maydagi PF–3080–son Farmonini bajarish yuzasidan va axborot–kommunikatsiya texnologiyalari sohasida strategik ustuvorliklarni amalga oshirishga doir amaliy chora–tadbirlarni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
Quyidagilar:
2002 – 2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi 1 – ilovaga muvofiq;
Kompyuterlashtirish va axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo’yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengash to’g’risidagi Nizom 2ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(O’zR VM 07.05.2004 y. 215 – son Qaroriga muvofiq 1 bandning to’rtinchi xat boshi chiqarib tashlangan)
Kompyuterlashtirish va axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo’yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengash:
ishchi guruhlarning tarkibini belgilasin va 20 kun muddatda 2003 – 2010 yillarda telekommunikatsiyalar va ma’lumot uzatish milliy tarmog’ini rivojlantirish, 2003 – 2010 yillarda davlat boshqaruvida elektron texnologiyalarni joriy etish, 2010 yilgacha bo’lgan davrda elektron tijoratni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish jadvalini va dasturlar tarkibini tasdiqlasin;
ishlab chiqiladigan dasturlarda kompyuterlashtirish va axborotkommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning mazkur qarorda belgilangan maqsadli ko’rsatkichlariga erishish uchun zarur chora –tadbirlarni, ularning bajarilishi uchun mas’ul ijrochilarni va mablag’ bilan ta’minlashning aniq manbalarini nazarda tutsin;
ishchi guruhlarning tarkibini belgilasin hamda mazkur qaror bilan tasdiqlangan Kompyuterlashtirish va axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturida nazarda tutilgan qonun loyihalari ishlab chiqilishini tashkil etsin.
3. O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi:
Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti, O’zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, manfaatdor vazirliklar, idoralar bilan birgalikda ko’rsatib o’tilgan 2002–2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborotkommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturini amalga oshirish uchun asosan imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlarni jalb etsin;
O’zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining faoliyatini tashkil etish va moddiytexnika bazasini mustahkamlash yuzasidan bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
2003 yildan boshlab axborot – kompyuter texnologiyalari sohasida jahonda va mamlakatimizdagi tendensiyalar va yutuqlarni yorituvchi, albatta Internet – nusxasi bo’lgan maxsus jurnal chiqarilishini tashkil etsin.
4. O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi huzuridagi Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markaziga quyidagi asosiy vazifalar yuklansin:
O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining buyurtmasi bo’yicha axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish sohasida dasturlar va boshqa normativ – huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish;
real iqtisodiyot tarmoqlari, boshqaruv, biznes, sog’liqni saqlash, fan va ta’lim sohalari uchun, Shuningdek elektron tijorat dasturini amalga oshirish uchun amaliy va moslashtirilgan dasturiy vositalarni, ma’lumotlarning axborot bazalarini, veb – saytlar va boshqa dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish bo’yicha tenderlarida ishtirok etish;
kompyuterlashtirish va axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish masalalari yuzasidan boshqaruv organlari, byudjet tashkilotlari va xususiy biznesga keng miqyosdagi axborot, servis va konsalting xizmatlari ko’rsatish;
har chorakda axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning jahonda va mamlakatimizdagi tendensiyalari, ushbu sohadagi zamonaviy xalqaro standartlar to’g’risida axborotlar va sharhlar tayyorlash.
Belgilansinki, Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazining joriy faoliyatini mablag’ bilan ta’minlash bajarilgan ishlar (ko’rsatilgan xizmatlar) uchun olingan o’z mablag’lari, Fan va texnologiyalar markazining, xalqaro jamg’armalar va tashkilotlarning grantlari, qonun hujjatlariga zid bo’lmagan boshqa daromadlar hisobiga amalga oshiriladi.
5. Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
2002 yil oxirigacha Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazining ko’magida mahalliy idoraviy kompyuter tarmoqlarini tashkil etish dasturini ishlab chiqsinlar, ularning O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligida ekspertizadan va sinovdan o’tkazilishini tashkil etsinlar, Shuningdek ichki elektron hujjatlar aylanishini bosqichma–bosqich joriy etish, axborot resurslarini Internet tarmog’iga joylashtirgan holda ularni shakllantirish va doimiy ravishda Yangilash bo’yicha aniq chora–tadbirlarni ishlab chiqsinlar;
2002 yilning oxirigacha tegishli davlat boshqaruv organlari apparatlarining mas’ul xodimlariga zamonaviy kompyuter uskunalarida, Shu jumladan mahalliy kompyuter tarmoqlaridan, Shuningdek Internet tizimidan foydalangan holda ishlashni bosqichma–bosqich o’rgatish tadbirlarini amalga oshirsinlar.
2002 yilning oxirigacha o’zlarining faol ishlaydigan vebsahifalarini yaratsinlar, ularni Internet tarmog’ida joylashtirsinlar va kelgusida ularni muntazam Yangilab borsinlar.
6. Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari dasturiy vositalarni ishlab chiqish, provayderlik, xosting, Internet xizmatlari ko’rsatish, ma’lumotlarning axborot bazalarini, veb – saytlarni shakllantirishga doir xizmatlar ko’rsatish, kompyuter texnikasiga servis xizmati ko’rsatish, mahalliy tarmoqlar yaratish bo’yicha xususiy kompaniyalar tashkil etishga har tomonlama ko’maklashsinlar.
7. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi: ixtisoslashtirilgan oliy o’quv yurtlarida, kasb – hunar kollejlarida va
akademik litseylarda dasturiy vositalarni, ma’lumotlarning axborot bazalarini, multimedia, kompyuter texnikasini ishlab chiqish va ularga xizmat ko’rsatish bo’yicha yuqori malakali mutaxassislar va texnik xodimlar, Shuningdek kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanuvchilar tayyorlashni kengaytirsin;
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda umumta’lim maktablarining barcha o’quvchilarini va talabalarni kompyuter va axborot texnologiyalari bilan ishlashga keng ko’lamda o’qitishni ta’minlasin;
O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda o’rta va oliy ta’limning ta’lim standartlariga muvofiq ravishda elektron o’qitish bazasini yaratish, ta’lim muassasalarining axborot infratuzilmasini shakllantirish, barcha o’quv muassasalarida ingliz tilini chuqur o’rganish, Shuningdek respublika axborot tarmog’ida lotin alfavitiga asoslangan o’zbek tilidan foydalanishning standartlashtirilgan mexanizmini ishlab chiqish va joriy etish bo’yicha dasturiy chora – tadbirlar to’g’risida bir oy muddatda takliflar ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
8. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ilmiy –texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish Kengashi kompyuterlashtirish va axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish sohasidagi istiqbolli ilmiy–amaliy tadqiqotlar va innovatsiya faoliyatiga grantlarning birinchi navbatda ajratilishini nazarda tutsin.
9. O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi, Adliya vazirligi o’quv yurtlari va ilmiy muassasalarga, qishloq joylardagi Internetdan foydalanuvchilarga imtiyozli tariflar bo’yicha xizmat ko’rsatuvchi provayderlar va operatorlar uchun maqsadli imtiyozlar va preferensiyalar berish yuzasidan bir oy muddatda takliflar kiritsinlar.
10. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi 2002 – 2005 yillarda Milliy universitet, Toshkent davlat texnika universiteti va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzurida axborot va kompyuter texnologiyalari sohasida mutaxassislar tayyorlash bo’yicha ixtisoslashtirilgan fakultetlarning moddiy – texnika bazasini mustahkamlash, ularni metodologiyalar va kadrlar bilan ta’minlash uchun moliyaviy resurslar ajratilishini nazarda tutsin.
11. O’zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi:
«O’zeltexsanoat» uyushmasi, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda mamlakatimizda kompyuterlar va ular uchun butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni tashkil etish masalasini uch oy muddatda ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar;
2002 – 2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot–kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturiga muvofiq amalga oshirilayotgan loyihalarni Respublika investitsiya dasturiga kiritsinlar. (O’zR VM 25.08.2003 y. 367–son Qaroriga muvofiq 12 band o’z kuchini yo’qotgan) 13. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o’zgartirishlar va qo’shimchalar to’g’risida takliflar kiritsin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari A.N. Oripov zimmasiga yuklansin.