Zprotonlar soni Nneytronlar soniga teng.
Protonlar soni har xil bo'lgan atomlar ( Z) va neytronlar ( N), ammo bir xil miqdordagi nuklon bilan Adeyiladi izobarlar . Masalan:
Izotoplar protonlar soni bir xil bo'lgan atomlar ( Z), ammo har xil nuklon bilan
Izotonlar - bir xil neytronga ega bo'lgan atomlar ( N)
Shunday qilib, davriy tizimdagi atom massalarining fraktsion qiymatlari bir xil element uchun izotoplarning mavjudligi bilan izohlanadi.
Atomlar elektron qobiqlarning tuzilishi
Bosh kvant sonining n = 2 qiymatidan boshlab energetik qobiqlar (qavatlar) yadro bilan bog’lanish energiyasi jihatidan bir – biridan farq qiladigan qobiqchalarga (qavatchalarga) bo’linadi. Qobiqchalar soni bosh kvant sonining qiymatiga teng, lekin to’rttadan oshmaydi: 1 – qobiqda bitta qobiqcha, 2 – qobiqda – ikkita, 3 – pog’onada – uchta, 4 – pog’onada – to’rtta qobiqcha bo’ladi. Qobiqchalar o’z navbatida orbitallardan tarkib topadi. Qobiqchalarni lotin harflar bilan belgilash qabul qilingan: S – har qaysi energetik qobiqning yadroga eng yaqin birinchi qobiqchasi; u bitta s orbitaldan tarkib topgan; p – ikkinchi qobiqcha, uchta r – orbitaldan tarkib topgan; d – uchinchi qobiqcha, u beshta d – orbitaldan tarkib topgan; f – to’rtinchi qobiqcha bo’lib, unda 7 ta f – orbital bo’ladi. Shunday qilib, n ning har qaysi qiymati uchun n2 orbitallar bo’ladi (III.1 – jadval)
Bosh kvant soni, orbitallarning turi va soni hamda qobiqcha va kobiqlardagi elektronlarning maksimal soni.
Har qaysi orbitalda ko’pi bilan ikkita elektron bo’lishi mumkin – Pauli printsipi. Agar orbitalda bitta elektron bo’lsa, u juftlashmagan elektron, agar ikkita bo’lsa – juftlashgan elektron deyiladi. Pauli printsipi N = 2n2 formulani tushuntirib beradi. Haqiqatdan ham, agar masalan uchinchi qobiqda (n = 3) 32 = 9 orbital, har qaysi orbitalda esa 2 tadan elektron bo’lsa, u holda elektronlarning maksimal soni 2 · 32 = 18 bo’ladi.
Har qaysi orbitalda ko’pi bilan ikkita elektron bo’lishi mumkin – Pauli printsipi. Agar orbitalda bitta elektron bo’lsa, u juftlashmagan elektron, agar ikkita bo’lsa – juftlashgan elektron deyiladi. Pauli printsipi N = 2n2 formulani tushuntirib beradi. Haqiqatdan ham, agar masalan uchinchi qobiqda (n = 3) 32 = 9 orbital, har qaysi orbitalda esa 2 tadan elektron bo’lsa, u holda elektronlarning maksimal soni 2 · 32 = 18 bo’ladi.
III.1 - jadvalda dastlabki to’rtta qobiq uchun bosh kvant soni n ning qobiqchalar soni, orbitallarning turi va soni hamda qobiqcha va qobiqdagi elektronlarning maksimal soni bilan bog’liqligi ko’rsatilgan; III.2 – rasmda energetik qobiqlarning qobiqchalarga bo’linish sxemasi berilgan. Jadvalda ko’rinib turibdiki, atomdagi elektronlarni tasvirlash uchun elektron qobiqning raqamini va orbitallarning turlarini bilish lozim. Turli xil orbitallarning (bulutlarning) shaklini bilish muhim. Bu molekulalarning strukturasini o’rganishda kerak bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |