Kvant sonlari haqida tushuncha



Download 52 Kb.
bet1/2
Sana31.12.2021
Hajmi52 Kb.
#201688
  1   2
Bog'liq
Kvant sonlari haqida tushuncha


Kvant sonlari haqida tushuncha

Atomdagi elektron holatlarning tavsiflovchi kvant sonlar s p d f elektronlar. Energetik holat, elektron qobiqcha, atom orbital (AO).

Atom tuzilish nazariyasiga ko’ra elektron zarracha va to’lqin tabiatga ega buni 1927 yili Geyzenburg mikrozarrachalarning ikki xil tabiatli ekanligini o’zining noaniqlik printsipi asosida tushuntirdi. Bu printsipga muvaffaq bir vaqtning o’zida mikrozarrachaning tezligi va o’rni (koordinatlarni) aniqlash mumkin emas. Matematik jihatdan noaniklik quyidagicha ifodalanadi.

Dg xDV · h/4p

DV – noaniqlik mikrozarrachaning topishdagi xato,

Dg – noaniqlik xatosi,

Dg 0 noaniqlik xarakatining mikrozarrachaning tezlikka (Df) ko’paytmasi hech qachon h/4p dan kichik bo’la olmaydi.

Bu tenglikdan zarrachaning koordinatlari qanchalik aniqlik bilan o’lchansa uning tezlikni o’lchashdagi xatosi shuncha katta bo’lib chiqadi. Masalan: e=v 2000 km/sek. 10-10 sm. shu zarrachaning tezligining topishdagi xato 58000 km/sek.ni tashkil qiladi elektronlarning ikki xil tabiatli ekanligi uning xossalaridan namoyon bo’ladi.

1. Elektron ma‘lum kattalikdagi tinch massaga ega, elektronning massasi protonning massasidan 1/1840 marta kichik.

2. Elektron to’lqinchimon harakatga ega.

3. Elektronni amplituda, to’lqin uzunlik, tebranish chastotasi kabi fizikaviy kattaliklar bilan tavsiflash mumkin. shu sababli elektronning xarakatini aniq traektoriya bilan aniqlash mumkin emas. Hozirgi paytda atomdagi elektronning xarakatini aniqlash uchun orbita termini o’rniga orbital termini ishlatiladi. Yadro atrofida fazoda elektronlar bo’lib turish extimolligini quyuq va siyrak sohalarga ega bo’lgan elektron bulut deb qabul qilsak, uning shakli orbital nomli maxsus funktsiyalar bilan tavsiflanadi va hozirgi paytda to’lqin mexanikasi asosida elektronlarning harakati 4 ta kvant sonlari bilan xarakterlanadi.

1. Bosh kvant son – n. Elektron energiyasining kattaligini ko’rsatadi, uning qiymatlari – 1, 2, 3, 4, 4 ga teng butun sonlar bo’ladi. Bosh kvant sonlari bir-biriga teng bo’lgan bir necha elektron atomda elektron qavatni yoki elektron pagonani hosil qiladi. Atom energetik pagonalarini K, L, M, N, O, P, Q harflari bilan ham belgilanadi. Yadroga eng yaqin joylashgan qavat – K qavat bo’lib uning uchun n=1, L qavat uchun n=2, M qavat uchun n=3, N qavat uchun esa n=4 uzoqlikda turadi va x.k. Ayni qavat elektronlari bir-biridan o’zlarining energiyalari bilan farq qiladi va har bir qavat bir yoki bir nechta orbitallarni yoki pagonachalarni hosil qiladi. Bu orbitallar o’z shakllari bilan bir-biridan farq qiladi. Kvant mexanikasida qavat nomeri n – kattalashgan sayin o’sha qavat orbitallarining xilma-xilligi ortadi va Eps= n2 formula bilan ifodalanadi. Bu yerda Eps – ayni energetik qavatdagi pogochalar soni. n – bosh kvant son.

Birinchi qavat 1 ta orbitalga (pogonacha)

Ikkinchi qavat 4 ta orbitalga (pogonacha)

Uchinchi qavat 9 ta orbitalga (pogonacha)

n qavat n2 ta orbitalga tengdir (pogonacha).

Buni sxematik ravishda quyidagicha ko’rsatish mumkin:

Bosh kvant so: n = 1 2 3 4 5 6 7 n

Energetik pogonadagi + 1 4 9 16 25 30

Pogonachalar soni: K, L, M, N, O, P, Q –

Energetik pogonalar:

2. Elektron orbitalining shakli yoki elektron bulutining shakli, orbital (yonaki orbital) yoki azimutal kvant son 1 bilan tasvirlanadi. 1 – ning qiymatlari n-1 gacha bo’lgan sonlarga teng bo’ladi, ya‘ni besh kvant sonning har bir qiymati uchun, orbital kvant soni 0 va n-1 qiymatlarga ega bo’ladi ya‘ni 1=0, 1, 2, 3, , 4, . . . 4 1-ning har bir qiymati uchun ma‘lum bir pogonacha to’g’ri keladi, ular o’zlarining shakllari va energiyalari bilan bir-biridan farq qiladi.

Masalan: 1=0, 1, 2, 3, 4, . . . . .

Pogonacha belgisi: s, p, d, f, g . . . . . . . kabi belgilanadi.

Bosh kvant son bilan orbital kvant son orsida boshliqlik quyidagicha ifodalanadi.


Bosh kvant son-n

Orbital kvant son - 1

Orbital belgisi

1

0

1S

2

0, 1

2S, 2p

3

0, 1, 2

3S, 3p, 3d

4

0, 1, 2, 3

4S, 4p, 4d, 4f

5

0, 1, 2, 3, 4

5S, 5p, 5d, 5f, 5g

3. Elektron orbitallarning fazodagi vaziyatini xarakterlash uchun uchinchi kvant son m1-magnit kvant soni kiritildi. Magnit kvant sonining qiymatlari: - 1, 0, + 1 gacha ya‘ni:

m1 = 0, +1, +2, +3 . . . . . . +L bo’lishi mumkin. me- ayni energetik pagonachada necha xil orbital bor ekanligini va me ularning shaklini ko’rsatadi. Pagonachalardagi orbitallar soni 2l + 1 ga teng bo’ladi. Masalan: Po. C. = 2l +1


Orbital kvant soni 1

Magnit kvant son me

Orbitallar soni

0

0

1

1

-1, 0, +1

3

2

-2, -1, 0, +1, +2

5

3

-3, -2, 1-, 0, +1, +2, +3

7

Demak, s – holatda 1 ta orbital,

p – holatda 3 ta orbital,

d – holatda 5 ta orbital,

f – holatda 7 ta orbital,

g – holatda 9 ta orbital,

h – holatda 11 ta orbital bo’ladi va x.k. zo.

(Ma‘lum energetik qavatdagi orbitallar soni n ga teng bo’ladi). s, p, d – elektronlarning bututlari (orbitallari) fazooda joylanishlari bilan farq qiladi. Kvant mexanik hisoblashlar asosida s – orbital shar shaklida, p- orbital gantel shaklida, d va f - orbitallar ancha murakkab shaklga ega ekanligi isbot qilindi.

Masalan: Elektronning fazodagi holatini belgilash uchun, bosh kvant son orbital kvant sonning belgisi oldiga qoyiladi. Masalan: 4s – bo’lgan elektron n=4, va 1=0 ya‘ni shar shaklini, 2p – elektron esa n=2 va l=1 gantel shaklini beldiradi.

4. Atom spektrlarini tuzilishini o’rganish.

Elektron blutlari bir – biridan o’lchamlari va shakli bilan farq qilib qolmasdan balki spinlari bilan ham farq qilishi aniqlandi. Elektronning o’z o’qi atrofida aylanishi uning spini deyiladi. Spinni xarakterlash uchun to’rtinchi kvant son ms – spin kvant soni qabul qilingan. Uning son qiymatlari +1/2 va – ½ ga teng.



Xulosa: Orbitadagi elektronning holatini 4 ta kvant son n, L, mL, ms lar yordamida to’liq xarakterlash mumkin. 4 ta kvant sonlar yadro atrofida bo’lish ehtisoli bo’lgan elektronni spinini, elektronning energiyasini va fazodagi shakl va holatini belgilaydi. Atom bir kvant holatidan ikkinchi kvant holtiga o’tganda, kvant sonlarining qiymati o’zgaradi va elektron buluti qayta tuziladi. Bu vaqtda atom kvant energiya yutadi yoki chiqaradi.

Pauli printsipi: 1925 yilda Pauli tomonidan quyidagi printsip yaratildi. Bir atomda turtala kvant sonlari bir-biriga teng bo’lgan ikkita elektron bo’la olmaydi. Boshqa so’z bilan aytganda n, L, mL, ms kvant sonlari bilan faqat bitta elektron xarakterlanadi. Atomdagi boshqa har qanday elektron uchun hech bo’lmaganda kvant sonlarining bittasi boshqa qiymatga ega bo’lishi kerak. pauli printsipidan, bitta orbitalda spin kvant ms-=+1/2 va ms=-1/2 qiymatga ega bo’lgan fakuat 2 ta elektron bo’lishi mumkin degan xulosa kelib chiqadi. Demak, s - ta orbital bo’lib, unda faqat 2 ta elektron bo’ladi, p – holatda 3 ta orbital bo’lib, unda 6 ta elektron, d – holatda 5 ta orbital bo’lib, 10 ta elektron, f – holatda 7 ta orbital bo’lib, 14 ta elektron bo’ladi. Energetik qavatdagi orbitallar soni n ga teng bo’lganligi uchun, energetik qavatdgi (elektron qavatdagi) elektronlar soni N = 2n2 ga teng bo’ladi. Bunga ayni energetik qavatdagi elektronlarning maksimal sig’imi deyiladi. Qavatlarning chig’imi qavat yadrodan uzoqlashgan sari ortib boradi va: n=1=2, n=2=8, n=3=18, n=4=32 va x.k. tartibda bo’ladi.


Download 52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish