1-jadval
Asosiy vositalar tahlilining asosiy yo’nalishlari va vazifalari
Tahlilning asosiy yo’nalishlari
(tematikasi)
Tahlil vazifalari
Asosiy vositalar tuzilmaviy dinamikasi
Asosiy vositalarga kapital qo’yilmalar hajmi va tarkibini
baholash. Asosiy vositalar qiymati o’zgarishining korxona
moliyaviy ahvoli va balans tarkibiga ta’sir miqdori va
xarakterini aniqlash.
Asosiy vositalardan foydalanish
samaradorligi tahlili
Asosiy vositalar harakati tahlili.
Asosiy vositalar foydalanish samaradorligi
ko’rsatkichlari tahlili.
Uskunalar ish vaqtidan foydalanish tahlili.
Uskunalardan foydalanishni integral baholash
Uskunalarni saqlash va ulardan
foydalanish byo’icha xarajatlar
samaradorligi tahlili
Kapital ta’mir xarajatlari tahlili.
Joriy ta’mir xarajatlari tahlili. Uskunalarni ishlatish
bo’yicha xarajatlar, foyda va ishlab chiqarish hajmining
o’zaro aloqasi tahlili.
Kapital qo’yilmalar samaradorligini baholash.
Investitsiyalash uchun qarzlar jalb qilish samaradorligini
baholash.
Tahlil va hal qilinadigan analitik vazifalar yo’nalishini tanlash boshqaruv
ehtiyojlari bilan belgilanadi.
Asosiy vositalar tuzilmaviy dinamikasi tahlili va investitsiyaviy tahlil
moliyaviy tahlil mazmunini tashkil qiladi. Asosiy vositalardan foydalanish
samaradorligi va ularni ishlatish bo’yicha xarajatlarni baholash boshqaruv tahliliga
taalluqli sanaladi, biroq tahlilning bu ikki turi o’rtasida aniq chegara mavjud emas.
Uskunalarni saqlash va ishlatish bo’yicha xarajatlar tahlili mahsulot tannarxi
tahlilining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Asosiy vositalar tahlili metodikasi ulardan foydalanishning eng yaxshi
variantini tanlashga yo’naltirilgan. Shuning uchun tahlilning asosiy xususiyatlari
sifatida quyidagilar tilga olinadi:
asosiy vositalardan foydalanish bo’yicha qarorlar variantliligi;
istiqbolga yo’naltirilganligi.
Tahlil sifati axborotlar ishonchliligi, ya’ni buxgalteriya hisobini yo’lga
qo’yish sifati, asosiy vositalar ob’ektlari bilan operatsiyalar tizimi va ro’yxatga
olish nuqsonsizligi, ob’ektlarni hisob-malaka guruhlariga kiritish aniqligi,
inventarizatsion ro’yxatga olishlar ishonchliligi, analitik hisob registrlarini ishlab
chiqish va yuritish mukammalligiga bog’liq bo’ladi.
Tahlilning axborot manbalari:
1-shakl – “Buxgalteriya balansi”;
3-shakl – “Asosiy vositalar harakati haqida hisobot ”;
“Ishlab chiqarish quvvatlari balansi”, asosiy vositalar hisobining inventar
kartochkalari.