Mavzu: arifmetik amallarni o‘rgatishning umumiy masalalari. Mundarija: kirish


 Yozma va og‘zaki hisoblashlarni qulay usullardan foydalanib bajarish metodikasi



Download 359 Kb.
bet5/12
Sana01.07.2022
Hajmi359 Kb.
#725869
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Sobirovaga MO`Mdan kurs ishi 19.39 Dguruh 1996

2.2. Yozma va og‘zaki hisoblashlarni qulay usullardan foydalanib bajarish metodikasi
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida arifmеtik amallarni o‘rganish hamda og‘zaki va yozma hisoblash ko‘nikmalarini tarkib toptirish matеmatik dasturining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Arifmеtik amallarni o‘rganishdan oldin o‘quvchilar ongiga uning ma'nosini, mazmunini yеtkazish kеrak. Bu ish narsalarning har xil to‘plamlari bilan amaliy ishlar bajarish asosida o‘tkaziladi. Xususan, o‘quvchilarni qo‘shish va ayirish amallarining ma’nosi bilan tanishtirish ikki to‘plam elеmеntlarini birlashtirishga oid va bеrilgan to‘plamdan uning qismlarini ajratish kabi amaliy opеratsiyalar asosida olib boriladi. Yaxshi o‘zlashtirilgan qo‘shish amali - ko‘paytirish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi kеrak. Ko‘paytirishni, uning komponеntalari bilan natijalari orasidagi bog‘lanishlarni o‘rganish o‘z navbatida bo‘lish amalini o‘rganishga asos bo‘lib xizmat qiladi. Bunda ko‘rib turibmizki, o‘qitishning bir bosqichida abstrakt bo‘lgan narsa, navbatdagi bosqichda yanada abstraktroq bilimlarni shakllantirishga asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu esa o‘quvchilarning bilish faoliyatlarini, tafakkurlarini rivojlantiradi. O‘quvchilarni og‘zaki va yozma hisoblash usullarini ongli o‘zlashtirishida arifmеtik amallarning ba’zi xossalari va ulardan kеlib chiqadigan natijalar bilan tanishtirish muhim ahamiyatga ega. Arifmetik amallarni o‘rganishdagi masalalardan biri og‘zaki va yozma hisoblash usullarini ongli o‘zlashtirish, hisoblash malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish bilan bog‘liqdir. Og‘zaki hisoblashlarning asosiy ko‘nikmalari 1-va 2-sinflarda shakllanadi. Og‘zaki hisoblash usullari ham, yozma hisoblash usullari ham amallar xossalari va ulardan kelib chiqadigan natijalarni amallar komponentlari bilan natijalari orasidagi bog‘lanishlar bilganlikka asoslanadi. Ammo og‘zaki va yozma hisoblash usullarining farq qiluvchi xossalari ham bor.
Og‘zaki hisoblashlar:
1. Hisoblashlar yozuvlarsiz ( ya’ni xotirada bajariladi) yoki yozuvlar bilan tushuntirib berilishi mumkin. Bunda yechimlarni:
a) tushuntirishlarni to‘la yozish bilan (ya’ni hisoblash usulini dastlabki mustahkamlash bosqichida) berish mumkin. masalan: 34 + 3 = (30 + 4 ) + 3 = 30 + ( 4 + 3) = 37, 9 + 3 = 9 + ( 1 + 2 ) = ( 9 + 1) + 2 = 12 va hokazo.
b) berilganlarni va natijalarni yozish mumkin. masalan,
34 + 4 = 37; 9 + 3 = 12.
d) hisoblash natijalarini raqamlab yozish mumkin. Masalan,
1) 37, 2) 12....
2. Hisoblashlar yuqori xona birliklaridan boshlab bajariladi. Masalan,
430 - 210 = ( 400 + 30 ) - ( 200 + 10 ) = ( 400 - 200 ) + ( 30 - 10 ) = 200 + 20= =220
3. Oraliq natijalar xotirada saqlanadi;
4. Hisoblashlar har xil usullar bilan bajarilishi mumkin. masalan,
26 * 12 = 26 * ( 10 + 2 ) = 26 * 10 + 26 * 2 = 260 + 252 = 312:
26 * 12 = ( 20 + 6 ) * 12 = 20 * 12 + 6 * 12 = 240 + 72 = 312;
26 * 12 = 26 * ( 3 * 4 ) = ( 26 * 3 ) * 4 = 78 * 4 = 312
5. Amallar 10 va 100, engilroq hollarda 1000 ichida va ko‘p xonali sonlar ustida hisoblashlarning og‘zaki usullaridan foydalanib bajariladi. Masalan: 54024:6=9004

Download 359 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish