Mavzu: arifmetik amallarni o‘rgatishning umumiy masalalari. Mundarija: kirish



Download 359 Kb.
bet1/12
Sana01.07.2022
Hajmi359 Kb.
#725869
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Sobirovaga MO`Mdan kurs ishi 19.39 Dguruh 1996


MAVZU: ARIFMETIK AMALLARNI O‘RGATISHNING UMUMIY MASALALARI.


Mundarija:


KIRISH.
1-BOB. BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA ARIFMETIK AMALLARNI O‘RGATISH METODIKASINING NAZARIY ASOSLARI

    1. Boshlang‘ich sinflarda arifmetik amallar bajarish metodikasining nazariy asoslari

    2. Arifmetik amallarni o‘rgatishda amallar bajarish metodikasining umumiy masalalari

2-BOB. ARIFMETIK AMALLARNI O‘RGATISHDA QULAY METOD VA USULLARDAN FOYDALANISH
2.1. Nomanfiy butun sonlar ustida arifmetik amallarni o‘rgatish metodikasi
2.2. Yozma va og‘zaki hisoblashlarni qulay usullardan foydalanib bajarish metodikasi
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI.
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Davlatimizda shakllangan uzluksiz ta’lim tizimi barkamol shaxslarni va malakali mutaxassislarni tayyorlash jarayonining samarali tashkil etilishini ta’minlashga xizmat qiladi. Uzluksiz ta’lim tizimini shakllantirish, shuningdek, ta’lim mazmunini yangilash ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning bosh g‘oyasi hisoblanadi. Uzluksiz ta’lim tizimi doirasida faoliyat olib boruvchi ta’lim muassasalari ilg‘or, demokratik va insonparvarlik g‘oyalarga tayangan holda yangicha mazmunga ega bo‘lgan ta’lim jarayonini tashkil etishda muhim o‘rin egallaydi.
O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi sharoitida uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi omillarni izlab topish, bu borada eng maqbul omil deb topilgan. Yangi pedagogik texnologiyalarni umumiy o‘rta ta’lim, akademik litseylari va oliy o‘quv yurti faoliyatlariga tatbiq etish borasida amaliy harakatlarni olib borish maqsadga muvofiq deb hisoblanmoqda.
Mamlakatimizda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarda matematika o‘qitish umuman matematika kursini o‘zlashtirishning dastlabki bosqichi sifatida qaraladi. Shu sababli, boshlang‘ich sinflarda ishlashda o‘rta maktabda matematika o‘qitishda ko‘zda tutilgan umumiy masalalarni hisobga olish va bu masalalarni hal etishda boshlang‘ich ta’limning ahamiyatini to‘g‘ri baholash lozim.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ta’limning yangi tizimi va mazmunini shakllantirish uchun “Ilg‘or texnologiyalarni hamda o‘quv-tarbiyaviy jarayonning didaktik ta’minotini yaratish” talab etiladi. Ushbu muhim vazifaning ijobiy hal etilishi ta’lim jarayonini tashkil etishga nisbatan yangicha yondashuvni taqozo qiladi. Ta’lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish borasidagi umumiy o‘rta ta’lim tizimida izlanishlarning tashkil etilayotganligi muhim ahamiyatga egadir. Oliy ta’lim tizimi ijtimoiy zaruriyat sifatida namoyon bo‘layotgan malakali mutaxassisni tarbiyalash jarayonida o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va oliy o‘quv yurtlarida turli yo‘nalishlarda malakali kadrlarni tayyorlash davrning juda muhim talabi bo‘lib, bu borada barcha imkoniyatlarni ishga solish alohida dolzarblik kasb etadi.1
Oliy ta’lim mazmunini yangilash jarayonida bo‘lajak mutaxassislarning umumiy mehnat va kasbiy ko‘nikma hamda malakalarga ega bo‘lishlarini ta’minlash masalasining samarali hal etilishiga alohida ahamiyat qaratilishi zarur.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlash jarayoni talabalarda zaruriy ishlab chiqarish iqtisodiy mazmunga ega faoliyat, ko‘nikma va malakalari sifatini shakllantirishga e’tiborni qaratish talab etiladi. Biroq, ta’lim jarayonlarini takomillashtirishga qo‘yilayotgan yangi, yanada yuqoriroq talablar, shuningdek, talabalarning kasbiy ko‘nikma va malakalarini, yangi pedagogik texnologiyalarni rivojlantirish bilan yangicha fikrlovchi mutaxassisni shakllantirish imkonini beruvchi sharoitlarning ishlab chiqilmaganligi o‘rtasida ob’ektiv qarama-qarshilik mavjud.
Kelajakda har tomonlama barkamol, komil insonni shakllantirish bugungi kundagi jamiyatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biri bo‘lmoqda. Hozirgi maktab o‘rindiqlarida o‘tirgan yosh avlod ertaga bizning qo‘limizdan ishimizni oladigan, hayotimizni davom ettirib, o‘zidan keyingi avlodlarga yetkazuvchi vorislarimiz, ya’ni buyuk va yangi O‘zbekiston kelajagining egalaridir!
Ta’lim-tarbiya jarayonining sifatini va samaradorligini oshirish kelgusi taraqqiyotimizni asosi ekanligi bizga ma’lum. Bugungi kun ta’lim jarayoniga pedagogik texnologiyalarni olib kirish “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning juda muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Ta’lim - kelajakdagi muvaffaqiyatlar kaliti ekan, uning mahsuli sifatida bugungi o‘quvchi kelajakda huquqiy-demokratik jamiyat a’zosi sifatida bu jamiyat hayotida to‘laqonli ishtirok eta olishi, zamonning bozor iqtisodiyoti qo‘yayotgan talablariga to‘la javob bera olishi kerak. Axborot oqimi keskin ortgan, turli yangiliklar hayotimizga shiddat bilan kirib kelayotgan davrda mustaqil tanqidiy fikrlash ko‘nikmalariga ega bo‘lgan, yangilikni o‘rganishga doim tayyor bo‘lgan, hamkorlikdan cho‘chimaydigan, muloqotga erkin kirisha oladigan shaxsni tarbiyalash ta’lim-tarbiya jarayonining asosiy maqsadi bo‘lishi shart va bu borada ta’limda yangi texnologiyalarning qo‘llanishiga yo‘l ochilishi maqsadga erishish yo‘lidagi ilk to‘g‘ri qadamdir.
Hozirgi kunda yangi texnologiya elementi bo‘lgan interfaol usullardan keng foydalanilmoqda. Boshlang‘ich sinf matematik darslarida zamonaviy texnologiyadan foydalanib dars o‘tilsa, o‘qitish jarayoni yanada takomillashadi. Kurs ishi dolzarbligi ana shu bilan asoslanadi.

Download 359 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish