Mavzu: arifmetik amallarni o‘rgatishning umumiy masalalari. Mundarija: kirish


-BOB. ARIFMETIK AMALLARNI O‘RGATISHDA QULAY METOD VA USULLARDAN FOYDALANISH



Download 359 Kb.
bet4/12
Sana01.07.2022
Hajmi359 Kb.
#725869
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Sobirovaga MO`Mdan kurs ishi 19.39 Dguruh 1996

2-BOB. ARIFMETIK AMALLARNI O‘RGATISHDA QULAY METOD VA USULLARDAN FOYDALANISH
2.1. Nomanfiy butun sonlar ustida arifmetik amallarni o‘rgatish metodikasi
O‘quvchilarni matematikadagi arifmetik amallarni bajarishga o‘rgatish metodikasi. Bu mavzu ustida ishlashda o‘qituvchi oldida turgan asosiy maqsadlar quydagilardan iborat:
1) O‘quvchilarni qo‘shish va ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish amallarining mazmuni bilan tanishtirish;
2) Hisoblash usullaridan o‘quvchilarni o‘nlik foydalanishlarini ta’minlash;
a) Sonni qismlari bo‘yicha qo‘shish va ayirish usuli.
b) Yig‘indining o‘rin almashtirish xossalaridan foydalanish qo‘shish usuli.
c) Sonlarni ayirishda qo‘shishning tegishli holini bilishdan yoki yig‘indi va qo‘shiluvchilardan biri bo‘yicha ikkinchi qo‘shiluvchilarni topish malakasidan foydalanadigan holda yig‘indi bilan qo‘shiluvchilar orasida bog‘lanishlarni bilganlikda asoslanib ayirish usuli.
3) Qo‘shish va ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish ko‘nikma, malakalarni shakllantirish. Qo‘shish va ayirishni o‘rganish ishini o‘zaro bog‘langan bir nechta bosqichga bo‘lish mumkin.
O‘quvchilarda og‘zaki va yozma ko‘nikmalarni tarkib toptirish matematika dasturining asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Arifmetik amallarni o‘rganishdan oldin bolalar ongiga uning ma’nosini, mazmunini yetkazish kerak. Bu vazifa turli xil amaliy ishlarni bajarish asosida o‘tkaziladi. U “O‘nlik” mavzusini qo‘shish va ayirish amallarning ma’nosi ikki to‘plam elementlarini birlashtirish va to‘plamdan uning qismlarini ajratish kabi amallar yordamida olib boriladi. Ko‘paytirishni uning komponentlari bilan natijasi orasidagi bog‘lanishlarni o‘rganish asos bo‘lib xizmat qiladi.
Demak, o‘qitishning birinchi bosqichida abstrakt bo‘lgan narsa navbatdagi bosqichda yanada abstraktroq bilimlarni shakllantirish uchun aniq asos bo‘lib xizmat qiladi. Turli hisoblash usullarining o‘zlashtirilishi uchun dasturda arifmetik amallarning ba’zi muhim xossalari va ulardan kelib chiqadigan natijalar bilan tanishtirishni nazarda tutadi.
Og‘zaki hisoblashlarning asosiy ko‘nikmalari 1- va 2-sinflarda shakllanadi. Og‘zaki hisoblash usullari ham, yozma hisoblash usullari ham amallar xossalari va ulardan kelib chiqadigan natijalarni amallar komponentlari bilan natijalari orasidagi bog‘lanishlarni bilganlikka asoslanadi.
Barcha konsentrlar materialining mazmuni, ketma-ketligi va o‘rganish uslubida ko‘p umumiylik mavjud bo‘lib, bu o‘qitishning ma’lum uslubida ishlashning umumiy usullarining shakllanishiga imkon beradi, o‘quvchilarning ziyrakligini va mustaqil fikrlashlarini rivojlantiradi. Shu bilan birga, har bir konsentr o‘ziga xos xususiyatga ega, bu uni ajratib ko‘rsatishga asos bo‘ladi. Bu bir tomondan, arifmetik materialning xususiyatlaridan ham kelib chiqadi. Masalan, 10 ichida sonlarni nomerlash o‘ndan katta sonlarni nomerlashdan farq qiladi. Og‘zaki hisoblash usullari ko‘p xonali sonlar ustida hisoblashlar bajarish usullariga nisbatan o‘ziga xos tomonlarga ega. Konsentrlarning ajratib berilishiga ishning ayrim bosqichlarida o‘qitishning maqsad va vazifalarining o‘ziga xosligi sabab bo‘ladi. Masalan, bir xonali sonlarni qo‘shish va ko‘paytirish hollari (jadvallar) boshqa hamma hollardan farqli ravishda yod olinadi (boshqa hollarda), hisoblashlar jadvallardan foydalanib bajariladi va natijalar yod olinmaydi. Boshlang‘ich arifmetika kursining konsentrik tuzilishi kichik yoshdagi o‘quvchilarning psixologik xususiyatlariga mosdir: sanoq, o‘lchash, arifmetik amallar bilan dastlabki tanishtirishni narsalar to‘plamlari yordamida. ko‘rsatish mumkin bo‘lgan va katta bo‘lmagan raqamlar misolida bajarish zarur.6
Interfaol metod - ta’lim jarayonida o‘quvchilar hamda o‘qituvchi o‘rtasidagi faollikni oshirish orqali o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlarni qo‘llash dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. Interfaol ta’limning asosiy mezonlari: norasmiy bahs - munozaralar o‘tkazish, o‘quv materialini erkin bayon etish va ifodalash imkoniyati, o‘quvchilar tashabbus ko‘rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, sinf jamoasi bo‘lib ishlash uchun topshiriqlar berish va boshqa metodlardan iborat bo‘lib, ular ta’lim-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o‘ziga xos muhim ahamiyatga ega. Matematika o‘qitish usullari o‘qituvchi va o‘quvchining birgalikdagi faoliyati usullarini, xususiyatlarini ochib beradi,ular yordamida bilimlar, ko‘nikmalar va malakalar egallanadi, o‘quvchilarning dunyoqarashi, mantiqiy tafakkuri shakllanadi va qobiliyatlari rivojlanadi.
Hozirda ta’lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo‘nalishlardan biri interfaol ta’lim-tarbiya usullarini joriy qilishdan iboratdir. Barcha fan o‘qituvchilari, shu jumladan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ham dars mashg‘ulotlari jarayonida interfaol metodlardan keng ko‘lamda foydalanmoqdalar. Interfaol metodlarini qo‘llash natijasida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o‘z fikrini bayon qilish, uni asoslangan holda himoya qila bilish, sog‘lom muloqot, munozara, bahs olib borish, sog‘lom raqobat ko‘nikmalari rivojlanib boradi.
Interfaol metodlar deganda o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘rtasida hamkorlik aloqalari asosida dars samaradorligi oshadi, yangi darsni o‘quvchi mustaqil harakat, mulohaza, bahs-munozara orqali o‘rganadi, qo‘yilgan maqsadga mustaqil o‘zi erisha olishi hamda darsda o‘quvchi faol ishtirok etgan holda kichik guruhlarda javob topishga harakat qiladi, ya’ni ham fikrlaydi, ham baholaydi, ham yozadi, ham gapiradi, ham tinglaydi, eng keragi o‘zi faol ishtirok etadi. Interfaol usullarining negizidagi topshiriq mazmunini anglab yetgan o‘quvchilar ta’lim jarayoniga o‘zlari bilmagan holatda qiziqish bilan kirishib ketadilar.
Boshlang‘ich sinflarda qo‘llanadigan texnologiyalardan foydalanishning maqsadi - o‘quvchilarda hozirjavoblik hissini rivojlantirish, bahs-munozara, erkin fikrlashga asoslangan tafakkur tarzini shakllantirishdan va ta’lim sohasida egallashi kerak bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni rivojlantirishdan iborat. Hozirda keng qo‘llanib kelayotgan interfaol metodlar turlari juda ko‘p bo‘lib, ularning hammasi ham boshlang‘ich ta’limda qo‘llash uchun yaroqli emas. Bunga birinchi navbatda boshlang‘ich sinf o‘quvchisining o‘qish, yozish tezligining yosh jihatlari va sinfda aksariyat hollarda 30 tadan ortiq o‘quvchi o‘qishi bo‘ladi. Interfaol metodlar nisbatan kichik auditoriyalarga (30 tagacha) va ko‘proq uzluksiz ta’lim tizimining o‘rta va yuqori bo‘ginlariga mo‘ljallangan bo‘lib, boshlangich sinflarda qo‘llash tajribalari juda kamdir. Shuning uchun yangi texnologiyalarning faqat boshlangich sinf matematika darslarida qo‘llash mumkin.
Boshlang‘ich sinflarda arifmetik amallarni o‘rgatishda axborot texnologiyalari va interfaol metodlarning ahamiyati juda kattadir. Arifmetika kursining konsentrik tuzilishi kichik yoshdagi o‘quvchilarning psixologik xususiyatlariga mos hisoblanadi.
Interfaol metod sinfda o‘tiladigan mavzular yuzasidan muammoli vaziyatlarni muhokama qilishda “Aqliy hujum”, “Adashgan zanjirlar”, “Savol bering”, “Insert”, ”Sinkven”, “Bahs-munozara”, “Muammoli ta’lim”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Burchaklar” va “Kubiklar” metodlari asosida bahs, munozara orqali ularni yechimini topishda yaqindan yordam beradi.
“Kubiklar” metodidan darsni mustahkamlash vaqtida foydalansa yaxshi natija beradi. O‘quvchilarga mavzu o‘tilgandan so‘ng unda biror tushuncha shakllanadi. Shakllangan tushunchani quyidagicha yozish taklif etiladi:
1. Tasvirlang;
2. Taqqoslang;
3. O‘xshating;
4. Tahlil qiling;
5. Ishlating;
6. Foydali va zararli tomonlari yozing kabi topshiriqlar beriladi.
“Muammoli ta’lim” texnologiyasini qo‘llash bir muammoni hal qilish yo‘lidan turlicha va iloji boricha ko‘proq taklif, fikr-mulohazalarni yig‘ishdan iborat. Avvaliga har qanday takliflar qabul qilinadi. Keyin esa, ularning ichidan eng ma’qulini tanlab olinadi. Bu metodni qo‘llashda eng nozik tomoni hamma takliflarni “Eslab” qolishdir. Shuning uchun ularni yozib borish kerak bo‘ladi. O‘qituvchi ularni shartli belgilar va qisqartirishlar bilan doska yoki oq qog‘ozga yozib boradi.
Masalan, 3-sinfda mavzuga oid quyidagi mashqni hal qilish yuzasidan hamma takliflarni yig‘ish mumkin.
























“Quyidagi berilgan shaklda nechta kvadratlar bor?”
Bunda takliflar kvadratlarlar sonini sanash usuliga oid bo‘lib, ularning sonini to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytish talab qilinmaydi. Bunda turli takliflar bildirish ham mumkin. Eng qulayi avval bir katakli, keyin 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8 katakdan tuzilgan kvadratlar sonini sanashni taklif qilish mumkin yoki biror ifoda qiymatini qulay usulda hisoblash yuzasidan takliflar yig‘iladi. Masalan: 1 dan 20 gacha bo‘lgan barcha natural sonlar yig‘indisini topish usuli so‘raladi. O‘quvchilardan tinglangan hamma takliflar qabul qilinadi. Ularning bir nechtasi bo‘yicha yig‘indi topiladi va usullar taqqoslanadi. Eng qulay usulni taklif qilgan guruh yoki juftlik taqdirlanadi.
Dars davomida berilgan masala, misol va topshiriqni guruh bo‘lib hal qilishi ham o‘quvchilarni o‘zaro fikr almashishga, bir-birini to‘ldirishi, kerak bo‘lsa bir-biriga tushuntirishga o‘rgatib boradi. Bunday usulni “Guruhda ishlash” deb ham ataladi. O‘qituvchi o‘quvchilar mustaqil hal qilishi mumkin bo‘lgan istalgan vazifani guruhga topshiradi. Bunday topshiriqni ijodiy harakterda bo‘lishi maqsadga muvofiqroqdir.7
O‘qituvchi bilim uzatuvchi rolidan o‘quv jarayonini tashkil qiluvchi, o‘qish faoliyatini boshqaruvchi, o‘quvchilar faolligini psixologik va pedagogik jihatdan oqilona qo‘llab-quvvatlab, rivojlantiruvchi rolini bajaruvchi shaxsdir. Hozirgi zamon boshlang‘ich sinf matematika darsining asosiy xususiyatlaridan biri, uning maqsadliligi va ko‘p rejaliligidir.

Download 359 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish