Mavzu: angliyaning eng yangi iqtisodiy tarixi


Monopoliyalar va davlat tomonidan tartibga solish



Download 43,93 Kb.
bet2/3
Sana12.04.2022
Hajmi43,93 Kb.
#546059
1   2   3
Bog'liq
Angliya

Monopoliyalar va davlat tomonidan tartibga solish
Birinchi jahon urushiga qadar Angliya boshqa mamlakatlardan ishlab chiqarishning konsentratsiyalashuvi va monopoliyalarni tashkil etilishi borasida orqada edi. Ammo urush davrida, daro- madli davlat buyurtmalarini eng yirik firmalar olayotgan sharoit- da, hamda urushlar oralig'idagi inqirozli va depressiyali yillarda, mayda va kuchsiz firmalar to'xtovsiz xonavayron bo'layotgan vaqtda, Angliya sanoatini monopolizatsiyalash jarayoni muvaf- faqiyatli yakunlandi. 80-yy. boshlarida jahonning 5 yirik monopo- liyalaridan 3 tasi amerikaniki, 2 tasi angliyaniki edi: "Royyal Datch Shell" va "British Petroleum" (ikkalasi neft monopoliyalari). GFR va Yaponiyaning hech qaysi monopoliyalari birinchi beshlikka kir- magandi.
Boshqa korporatsiyalar orasida "Yunilever" - jahonning yirik oziq-ovqat monopoliyasini ajratib ko'rsatish mumkin.I Ushbu konsern o'z korxonalarida sovun, margarin va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradi. Aynan ushbu korporatsiya tomonidan Yevropada iste'mol qilinadigan margarinning asosiy qismi ishlab chiqariladi. Xom ashyoning asosiy qismi Afrikadan kelardi: palma yog'i, kokos va yer yong'oqlari va boshqa yog' mahsulotlari. Aynan Afrikada konsern ishchilarining yarmi faoliyat yuritishadi. Konsern nominal ingliz-golland hisoblanadi, hujjat bo'yicha esa unda ko'p mam- lakatlar ishtirok etishadi. U turli mamlakatlarda 600 dan ortiq sho'ba korxonalarga ega.
Undan tashqari "BAT indastriz" tamaki kompaniyasi va "Impe­rial kemikl indastriz" kimyo kompaniyasini ajratib ko'rsatishimiz mumkin.
Angliyaning moliyaviy kapitali ham shunday xususiyatlarga ega. Sanoat korporatsiyalaridan farqli o'laroq birinchi 5ta banklar tarkibiga ingliz banklari kirmaydi, birinchi 10 talikka esa ikkita ingliz banki kiradi: "Barkleyz benk" va "Vestminster benk". Lekin ingliz banklarining "katta to'rtligi" boshqa mamlakatlarnikiga nis- batan ko'proq xorijiy filiallarga ega.
Angliya iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solish jaray- oni AQShdagidan ko'ra boshqacharoq kechgandi. Birinchi turtki 1929-1933 yy.dagi inqiroz bo'ldi. Davlat bu yillarda aksilinqiroz choralarini qabul qildi va buning uchun maxsus davlat organlari tashkil etildi. Lekin Angliyada yana bitta shakl mavjud edi - aral- ash davlat-kapitalistik kompaniyalarni tashkil etish, ya'ni davlat nazorati ostida faoliyat yuritadigan davlat kapitali ishtirokidagi kompaniyalar. Bunday aralash shakllar elektroenergiya ishlab chiqarish va taqsimlash, radioeshittirish (BBC) va boshqa tarmo- qlarda qo'llanildi.
Davlat tomonidan tartibga solishni kuchaytirishga turtki bo'lgan keyingi sabab - Ikkinchi jahon urushidir. Davlat ishlab chiqarishni konsentratsiyalashuvini rag'batlantirdi. Harbiy buyurt- malarni yirik kompaniyalar olishar edi. Ushbu buyurtmalarni ijrosi- ni ta'minlash maqsadida davlat xom ashyo, energiya taqsimotini o'z qo'liga olgandi va ular bilan harbiy buyurtmalarni ijro etu- vchi yirik kompaniyalarni ta'minlardi. Undan tashqari davlat ba'zi mayda firmalarni yopdi yoki ularni buyurtmalarni ijro qilish uchun yirik firmalarga qo'shib yuborishdi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish jarayoni ikkinchi jahon urushidan so'ng chuqurlashdi. 1945 yilda Angliya hukumati tepasiga leyboristlar (ingliz ishchi partiyasi) kelishdi. Ular o'z das- turlarida Angliyada sanoatni davlat mulkiga o'tkazish orqali sot- sialistik tuzumga o'tishni targ'ib etishdi.
Firmalar davlat mulkiga o'tayotganda aksionerlarning aksi- yalari davlat zaymlariga almashtirilib berildi (bunda ular keltirila- digan daromad o'zgarmadi).
Xususiy mulkni davlat mulkiga o'tkazishning asosiy natijalari:

  1. Asosan "eski", kamrentabelli tarmoqlar davlat mulkiga o'tkazilgan edi. Davlat ularni sotib olib, ushbu tarmoqlarning xara- jatlarini to'liq o'z bo'yniga oldi, korxonalarning oldingi egalariga esa "yangi" istiqbolli tarmoqlarni egallashga imkon berildi.

Davlat mulkiga o'tkazilgan tarmoqlar, ayniqsa ko'mir va met- allurgiya sanoati rekonstruksiyaga muhtoj edi. Avvalgi egalarin- ing bunday rekonstruksiyani amalga oshirish imkonlari yo'q edi, chunki ular yuqori daromad keltirmasdi. Endi davlat ushbu rekon- struksiyalarni davlat budjeti hisobiga amalga oshirdi.

  1. Davlat tasarrufiga asosan iqtisodiyotga xizmat ko'rsatuvchi tarmoqlar o'tib, iqtisodiyotni yoqilg'i, energiya, metall bilan ta'minlardi, tashish xizmatlarini ko'rsatardi. Davlat tasarrufiga o'tgandan so'ng xususiy sektorga energiya, xom ashyo va trans­port xizmatlarini arzonlashtirilgan narxlarda ko'rsatilardi. Shunday qilib, korporatsiyalar xarajatlari davlat hisobiga qisqartirildi, daro- madlar oshdi.

Ammo iqtisodiy jihatdan davlat sektori kamsamarali bo'lib qoldi. Uni saqlash uchun katta xarajatlar zarur edi. Davlat iqti- sodiyoti asosan ma'muriy usullar yordamida boshqarilar edi. Shu sababdan hukumat tepasiga konservatorlar kelganda ular darrov xususiylashtirish jarayonini boshlashar edi.
XX asr 80-yy.da M.Tetcher hukumati bir qator firmalarni xususiylashtirdi. Avval to'liqligacha davlat sektori hisoblangan tarmo- qlarga xususiy sektor kiritildi. Iqtisodiyotda davlat investitsiyalari qisqartirildi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish usul- lari qisqartirildi. Lekin ushbu choralar iqtisodiyotda davlat ulushi- ni katta hajmda qisqarishiga olib kelmadi. Bu davrda kommunal xizmatlar va uy-joylar xususiylashtirildi, millionlab inglizlar dav- latdan uylarini sotib oldilar va natijada 65% aholi shaxsiy uyiga ega bo'ldi.
Angliya davlat sektorida sanoat mahsulotining 20% ishlab chiqarilardi. YaMMning 40% davlat budjeti orqali o'tardi. Angliya- da iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda asosiy vosita sifatida davlat budjeti hisoblanardi.
Iqtisodiyotni tartibga solish jarayoniga qishloq xo'jaligi ham jalb qilingandi. Birinchi jahon urushi boshida Angliya qishloq xo'jaligi shahar yaqinida joylashtirilganligi sababli iste'mol qilina- digan oziq-ovqatlarning 2/3 qismi import qilinardi. Birinchi jahon urushi davrida Germaniya Angliyaga oziq-ovqat olib borayotgan kemalarni cho'ktirganligi sababli mamlakatda oziq-ovqat yetish- movchiligi yuzaga keldi va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini ko'paytirishga majbur bo'lindi. Urushdan so'ng "ichki" oziq- ovqatlarga ehtiyoj qisqardi. Lekin bu holat Ikkinchi jahon urushi davrida ham qaytarildi va bu urushdan so'ng davlat fermerlarni qo'llab-quvvatlash usullaridan foydalana boshladi. Bunda fermer- lar ishlab chiqarish xarajatlarining taxminan % qismi qoplanar edi: davlat tomonidan kafolatlangan narxlarda mahsulotlar sotib olinardi, hosildorlik oshirilsa mukofotlar to'lanardi va boshqalar. Natijada 50-yillarning boshlaridan 80-yy.ning boshlariga qadar Angliyaning qishloq xo'jalik ishlab chiqarishi 3 marotaba o'sdi, va Angliya iste'mol qilayotgan oziq-ovqatning 60%ni o'zi yetishtira boshladi.
Angliya "Umumiy bozor"ga kirishi bilan uning qishloq xo'jaligi muammolarga duch keldi. Angliyaning qishloq xo'jalik mahsu- lotlari "Umumiy bozor"dagi hamkorlarning mahsulotlaridan qim- matroq bo'lib chiqdi, va u o'z raqobatbardoshligini yo'qotdi. Shu sababdan bu holat Angliya va "Umumiy bozor" ishtirokchilari o'rtasida kelishmovchiliklarni keltirib chiqardi.

Download 43,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish