Tashqi iqtisodiy aloqalar
Birinchi Jahon urushiga qadar Angliya jahonning eng yirik savdo mamlakati hisoblanardi. Tashqi savdo unda katta ahami- yat kasb etardi, xorijdan 90% zarur xom ashyo, 70% oziq-ovqat olib kirilardi, uning sanoat mahsulotining 1/3 qismi eksportga mo'ljallangan edi. Lekin urushdan keyin u jahon bozorlarida o'z pozitsiyalarini yo'qota boshladi. Jahon kapitalistik eksportida un- ing ulushi keskin qisqardi.
Tashqi savdoda o'z pozitsiyasini mustahkamlash uchun ingliz hukumati o'z tovarlarini sotilishi uchun bozorlarni yaratish maqsa- dida iqtisodiy ittifoqlar tashkil eta boshladi.
yilda "sterlingga oid blok" tashkil etilib, u Angliyani mus- tamlaka imperiyasi, Gollandiya, Skandinaviya mamlakatlari, Portu- galiya bilan birlashtirdi. Ushbu mamlakatlar o'zaro savdoda funt sterlingda hisob-kitob qilishga kelishib olishdi, bu davrda boshqa mamlakatlarda AQSh dollarida savdo qilardi. Shunday qilib, ushbu mamlakatlarning tashqi dunyodan ko'ra o'zaro savdo qilish imkoniyatlari kengroq edi.
yilda preferensial tariflarning imperiya tizimi joriy etildi: Britaniya imperiyasi mamlakatlari o'zaro savdo vaqtida bojlarni pasaytirishar edi, boshqa mamlakat tovarlariga bojlar ko'tarilar edi. Shunday qilib, 30-yy.da "yarimyopiq" bozorlar vujudga kelib, ularda ingliz tovarlari ustuvorlikka ega edi.
Urushdan keyin Angliyaning jahon savdosidagi ulushi pasay- ishda davom etdi. 90-yy. boshlariga kelib ushbu ko'rsatkich jahon kapitalistik eksportining 6%ni tashkil etdi. Avvaliga Angliya oldingi tashqi iqtisodiy siyosatini (o'z tovarlarini sotish uchun hududlar yaratish orqali) davom ettirishga harakat qildi. 50-yy. oxiriga kelib "Umumiy bozor"ga qarama-qarshi qilib 7 mamlakatdan iborat "erkin savdo hududi"ni tashkil etildi. Angliyadan tashqari ushbu savdo ittifoqiga Norvegiya, Shvetsiya, Daniya, Avstriya, Shveysari- ya va Portugaliya kabi mamlakatlar - ya'ni avvalgi "sterlingga oid blok" mamlakatlari kirishdi. O'zaro savdoda ushbu mamlakatlar bojlarni pasaytirishardi, ittifoqdagi hamkorlarning tovarlarni us- tunligini ta'minlashardi.
Britaniya imperiyasi parchalandi. Ingliz mustamlakalari mus- taqil davlatlarga aylanishdi. Mustamlakalarni yo'qotilishi ingliz iqtisodiyotiga katta zarba berdi va endi ushbu yo'qotishlardan Angliya o'ziga kela olmaydi deb taxmin qilingandi. Lekin ma'lum vaqt o'tgandan so'ng ingliz diplomatlari oldingi mustamlakalar bilan munosabatlarni tiklab olishdi. Britaniya imperiyasi Britaniya hamdo'stligiga aylandi. Hamdo'stlik mamlakatlari hanuz sterling hududiga kirishar, ma'qul bo'lgan tariflar (ya'ni o'zaro savdoda pasaytirilgan bojlar)ni qo'llashar, Angliya bilan iqtisodiy kelishuv orqali bog'liq edilar. Angliya hamdo'stlikda o'z o'rnini va ta'sir ku- chini saqlab qolishiga quyidagi omillar ta'sir ko'rsatdi: hamdo'stlik mamlakatlarida yirik ingliz kapital qo'yilmalari kiritilganligi (ya'ni
bu mamlakatlardagi yirik xo'jalik obyektlari inglizlar mulki edi); hamdo'stlik mamlakatlari ingliz iqtisodiyotini xom ashyo bilan ta'minlovchi ekanligi.
Lekin bu ham yordam bermay qo'ydi. Hamdo'stlik mamlakatlari endi Britaniya eksportining 30%ni iste'mol qilardi, chunki ozod bo'lgan mamlakatlar tovarlarni Yaponiya, GFR va AQShdan sotib olishga xohish bildirishardi. Britaniya eksportining yarmidan ortig'i endi industrial mamlakatlarga yo'naltirilardi.
Huddi shu tashqi savdo yo'nalishlarini keskin o'zgarishining asosiy sababi edi: 70-yy. boshida Angliya avvalgi aloqalardan voz kechib "Umumiy bozor"ga a'zo bo'ldi. Hukumat shunday qilib Angliya xalqaro mehnat taqsimotida qulayroq pozitsiyani egal- laydi, mahsulotlarni industrial mamlakatlarga sotilishini oshiradi, "Yagona Yevropa"ning to'laqonli a'zosi bo'lishiga ishongandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |