Mavzu: angliyaning eng yangi iqtisodiy tarixi



Download 43,93 Kb.
bet1/3
Sana12.04.2022
Hajmi43,93 Kb.
#546059
  1   2   3
Bog'liq
Angliya







MAVZU: ANGLIYANING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI

(XX ASR)
Reja:


1.Sanoat rivojlanishi xususiyatlari.
2.Monopoliyalar va davlat tomonidan tartibga solish
3.Tashqi iqtisodiy aloqalar

Sanoat rivojlanishi xususiyatlari.


Tarixda shunday voqealar yuz beradiki, bu voqealar jahon siyosiy taraqqiyotida muhim ro’l o’ynaydi. Ana shunday voqealardan biri XVII asr 40-yillarida bo`lib o`tgan Angliya burjua inqilobidir.
XVII asr 40-yillardagi ingliz inqilobi ilk bor burjua jamiyati va davlati tamoyillarini e`lon qildi. Bu inqilob Fransiya, Italiya, Germaniya, Pol`shada yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar bilan bir vaqtda bo`lib, qo`shni Fransiyaga juda katta g’oyaviy ta`sir ko`rsatdi. Inqilob Angliyada rivojlangan falsafiy va siyosiy xarakterdagi burjua g’oyalari, ayniqsa XVIII asr Fransiya burjua inqilobi arafasida Fransuz burjua mafkurasining shakllanishiga yordam berib, Angliyaning o`zida kapitalizm taraqqiyoti uchun keng imkoniyat ochib berdi. Natijada XVIII asr 2-yarmida bu yerda tarixiy ahamiyatga ega bo`lgan sanoat to’ntarishi yuz berdi.
Angliya XVI-XVP asrlarda agrar mamlakat bo`lib, XVII asr boshida Angliyadagi aholining 1|5 qismi shaharlarda yashar edi. XVII asr 1-yarmida ingliz savdo floti kichik edi. Shu sababli, Golland kemalaridan foydalanib, turli mamlakatlardan va hatto mustamlakalardan ham Angliyaga juda ko`p mahsulotlar tashib kelinar edi. Angliyaning chetga chiqaradigan mollaridan biri dag’al movut bo`lib, u Gollandiyada qayta ishlanar edi.
Movut sanoati Angliyaning turli sharqiy grafliklarda (asosiy markazi-Norfolkdagi Norich shahri), shimoliy okruglarda Yorkshir grafligi, markaziy grafliklarda-N`yuberi shahri va janubiy-sharkda Devonshir, Uiltshir va Dosert grafliklarida rivoj topgan edi. Movut ishlab chiqarishda sex hunarmandchiligining roli ishlab chiqarishning manufaktura shakliga qaraganda ancha kichik edi. Lekin hali yashab kelayotgan hunarmandchilikdan ham kapitalistik elementlar ajralib chiqa boshlayotgan edi.
Shunday qilib, inqilobdan oldingi davrda, ingliz sanoati uchun, garchi kapitalizm hali qisman niqob ostida maydonga chiqayotgan bo`lsa ham, ishlab chiqarishning kapitalistik shakli yetilib kelayotganligi xarakterlidir.
XVI asr 2-yarmi va XVII asr boshlarida dengiz ortidagi turli mamlkatlar bilan savdo qiluvchi ko`plab monopol kapitalistik kompaniyalarning paydo bo`lishi ingliz kapitalining yer sharining hamma taraflariga panja sola boshlaganligidan dalolat berardi. Rossiya bilan savdo qilish maqsadida tuzilgan Moskva kompaniyasi Ost-Hind kompaniyasi eng yirik aksiyali savdo tashkilotlari edi.
Amerikani kolonizatsiya qilishda dastlabki qadam qo`yilishi, Hindistonda va g’arbiy Afrika qirg’oqlarida ba`zi tayanch punktlarining bosib olinishi, ingliz lustamlakachilik siyosati boshlaganligidan dalolat berardi. Mustamlakachilik siyosati ko`proq. Yuqori tabaqa dvoryanlar manfaati bilan bog’lik, edi, bu tabaqa dvoryanlar esa o`ziga yer olishni istar va Evropa talab qilayotgan ba`zi mahsulotlarni ko`paytirishdan manaatdor edi.
Shu tariqa kapitalistik munosabatlarning qishloq xo`jaligiga kirib kelishi, ingliz feodalizmining yemirilishiga muhim turtki bo`ldi. Ingliz qishlog’i ilk davrdan boshlab dastlabki tashqi bozor bilan bog’langan edi. Ayniqsa XIII-XIV asrlardan boshlab Angliyadan Evropa qit`asiga juda ko`p jun chiqarilar edi. Angliyaning o`zida movut to`qish qanchalik rivojlanayotgan bo`lsa mamlakat ichida shunchalik ko`p jun talab qilinar edi. Tashqi va ichki bozorda ingliz juniga talabning o`sishi Angliyada qo`ychilikning rivojlanishiga olib keldi. Qo`ychilikning rivojlanishi esa XV-XVI asrlardagi va XVII asrning birinchi yarmida mashhur bo`lib ketgan “g’ov tutish” ning boshlanishiga turtki bo`ldi. Qo`y boqishning ommaviy suratda ko`paytirilishi muhim iqtisodiy natijalar berdi. Gov tutishni ingliz qishlog’ida katta yer egalari majburiy ravishda ochiqdan-ochiq ekspropriasiya qilishnig ayovsiz formalari orqali amalga oshirdilar. Yerdan mahrum qilingan dehqonlarning ko`payishi g’ov tutishning natijasi bo`ldi.
Angliyada kapitallarni o`z qo`liga to`plangan yirik burjuaziya sinf sifatida o`smoqda edi. Burjua manufakturachilari savdo burjuaziyasi bilan birlashib ularga davlat qarz berib turgach chet el bilan aloqador bo`lgan bank-sudxo`r burjuaziyasiga yaqinlashdilar. Yer egasi bo`lgan ingliz feodallari XVI asrdayoq bo`linib ketayotgan edi. O`z xo`jaligini kapitalistik izga qo`yayotgan yangi dvoryanlar rivojlana bordi, bular asosan o`rta va mayda dvoryanlardan iborat edi. Bularning bir qismi XVII asr boshiga kelib lord lavozimini ola oldi. Dedford, Pembrok, Sesil va boshqa nomlar buning yaqqol misolidir. Yangi dvoryanlar asosan Angliyaning janubiy-sharqida va markaziy grafliklarida shakllangan edi. Inqilob arafasida Angliyada sinfiy ziddiyatlar keskinlashdi. “Yuqori tabaqalar” bilan “Quyi tabaqalar” o`rtasidagi farq chuqurlashdi. Nagijada qirol boshchiligidagi rahbar sinf bo`lgan feodallar bilan dehqonlar o`rtasida kelishmovchiliklar kuchaydi. Dehqonlar yeriga g’ov tutish va kapitalistik fermerlikning rivojlanishi jamoa manoreal tartibni darhol tugata olmadi. Kopigolder-dehqonlar va boshqa ijorachilar hali ham bor edi. Lekin ularning yerini ijaraga olib egalik qilish sharoiti borgan sari og’irlashib bordi. Lord va jentel`menlar odatdagi "eski" rentani oshirmay dehqonlarni ekspluatatsiya qilishning va boshqa usullarini izlab topardilar. Ular juda katta miqdorda fayn to’lashni talab qilardilar. Ya`ni ijorachilar uchun yillik rentadan bir necha bor ko’proq, bo’lgan bir yo’la olinadigan bir qator tulovlarni tayinlar edilar. Revolyutsiyadan oldingi davrda shaharlarda ham xalq, ommasining chiqishlari yuz berib turdi. Burjuaziya revolyutsiyaning dastlabki davrida o’z manfaati uchun ustalik bilan foydalandi. Keyinchalik u o’zining qirol va eski feodal dvoryanlarga qarshi kayfiyatidan ham foydalanib, dehqonlardan harbiy otryadlarini tuzdi.
Feodal-absolyutistik davlat uzoq vaqt davomida burjuaziya bilan ittifoq, bo’lib turdi. XVI asrda tuyudorlar dinastiyasi davrida bu davlat burjuaziyaga yon berib keldi va bu bilan burjuaziyani XVI asrda g’alayonlar ko`tarish oldida turgan dehqon plebey revolyutsion kuchlar bilan ittifoq tuzishga yo’l qo`ymay, o’z tomonida saqlab qoldi. Tuyudorlar absolyutizmi faqat feodallarga emas burjuaziyalashgan yangi dvoryanlarga tayanar edi. Tyudorlar davlati dvoryanlar davlatligicha qolaverib, kapitalizmning rivojlanishiga va burjua oppozitsiyasining kuchsizlanishiga yordam bergan siyosat olib bordi. Buni shunda ko`ramizki parlament toifa vakillari organi bo`lib butun XVI asr davomida namoyon bo`ldi. Parlamentning umumpalatasida yangi dvoryanlarning vakillari o`tirib burjuaziyaning manfaatlarini yo`qlardi. Ammo parlamentning bunday kelishtiruvchilik roli burjuaziyaning rivojlanishi va kuchayishi bilan o`zgarib bordi. Parlament asta-sekin absolyutizmga nisbatan opiozitsiyaga bo`lgan organga aylandi. Tyudorlar dinastiyasining so`nggi vakili bo`lgan qirolicha Yelizavetta I davrida qirollik bilan parlament o`rtasida kelishmovchilik namoyon bo`ldi. Umumpalata qirolicha hukumatining bir qator ya`ni taxt vorisi to`g’risidagi, diniy masalalar to`g’risidagi savdo-sanoat monopoliyalarini sotish to`g’risidagi tadbirlaridan noroziligini bildirardi. Tyudorlar davrida xalq ommasining chiqishlari o`sib bordi. Irland xalqining ozodlik kurashi ham jiddiy ahamiyat kasb eta boshladi.
Birinchi jahon urushi natijasida Angliya g'oliblar qatorida bo'lganligi sababli yutuq bilan chiqqan bo'lishi kerak edi. Uning asosiy dushmani hisoblangan Germaniya mag'lub bo'lib, Angli- yaga Germaniya mustamlakalarining bir qismi o'tdi. Lekin urush ingliz iqtisodiyoti holatini yomonlashtirdi. Urush davrida Angliya o'z savdo flotining yarmini yo'qotdi. Mustamlakalar bilan aloqalar susaydi - Angliya va mustamlakalar o'rtasida ummonlar bo'lib, ularda nemis suvosti kemalari navbatchilik qilardi. Angliyaning Qo'shma Shtatlarga bo'lgan qarzi shu daraja katta ediki, uni qo- plash uchun har yili davlat budjetining 40% sarflanar edi.
Ikki urush oralig'idagi davrda ingliz sanoati ommaviy ishsizlik va ishlab chiqarish kuchlarini to'liq band emasligi bilan xarakterla- nardi. Angliyaning holati boshqa mamlakatlarnikidan og'irroq edi,chunki uning iqtisodiyotida an'anaviy "eski" tarmoqlar (ko'mir, metallurgiya, tekstil) katta ahamiyatga ega edi, bu tarmoqlar esa "yangi" tarmoqlar tomonidan siqib chiqarilar edi. Angliyada "yangi" tarmoqlar ham asta-sekin rivojlana boshlandi: kimyo, av- tomobil, elektrotexnika, aviatsiya. Shu sababdan 1929 yilda, jahon iqtisodiy inqirozi boshlanishiga kelib, ingliz sanoati urushdan old- ingi darajagacha ko'tarilmadi, ikkinchi jahon urushi boshlanishi davrida esa 1913 yildagi ko'rsatkichdan 22%ga oshdi.
Ikkinchi jahon urushi natijalari bo'yicha ham Angliya g'oliblar qatorida edi, lekin yana bu holat uni rivojiga yordam bermadi. Angliya sanoati urushdan keyingi davrda ham boshqa mamlakat- larga nisbatan sekinroq rivojlanayotgan edi. 1990 yilga kelib in­gliz sanoat ishlab chiqarishi 1938 yilga nisbatan 3,2 marotaba o'sdi, industrial jihatdan rivojlangan kapitalistik mamlakatlarning barchasida 8,5 marotaba o'sish kuzatildi.
XX asrning 90-yy. boshiga kelib sanoat ishlab chiqarish hajmi bo'yicha Italiya Angliyadan o'zib ketdi va Angliya bu ko'rsatkich bo'yicha 5-o'ringa tushib qoldi.
XX asrning 50-80 yillarda Angliya sanoatining 3 barobar o'sishining asosiy sabablari.
Birinchidan, iqtisodiy o'sishni rag'batlantiruvchi kuch sifatida davlatning tartibga soluvchi siyosati.
Ikkinchidan, urushdan keyin asosiy kapitalni to'liq yangilanishi. Vayron bo'lgan korxonalarni tiklashga va boshqa korxonalarning uskunalarini yangilashga majbur bo'lindi, chunki urush davrida ular yemirilib tugagan edi. Yirik qurilishlar ish kuchi, qurilish ma- teriallari, uskunalarga talabni oshirib yubordi - qurilish "bum"i yuzaga keldi, iqtisodiyot jonlandi. Lekin, eng asosiysi, sanoatni tiklashda texnik jihatdan sakrash yuzaga keladi. Sanoatning texnik darajasini ko'tarilishi, uning imkoniyatlarini, raqobatbardoshligini oshiradi. Undan tashqari asosiy kapitalni yangilanishi jarayonida sanoatni tarkibiy qayta qurish jarayoni ham yuz beradi: kapital istiqbolli tarmoqlarga qarab oqib boradi. Avvallari Angliya aynan shu tarmoqlar rivoji bo'yicha orqada qolayotgan bo'lsa, endi ush- bu tarmoqlarga yetarlicha mablag' oqib kela boshladi.
Uchinchidan, mustamlakachilik tizimini yo'q bo'lishi munosa- bati bilan mamlakatdan kapital olib chiqilishi keskin qisqardi, va endi ushbu mablag'lar o'z sanoatiga sarflana boshlandi.
To'rtinchidan, Shimoliy dengizda yirik neft konlarini ochilishi Angliyani o'zini o'zi neft mahsulotlari bilan ta'minlanishini amalga oshirdi, energetik inqiroz davrida boshqa mamlakatlarga nisbatan ustunlikka ega bo'lishga imkon yaratdi.

Download 43,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish