Mavzu: Aholi punktlarida qutqaruv va boshqa kechiktirilmaydigan ishlarni bajarish. Mashg'ulotning maqsadi


Kommunal-eniergetika tarmoqlaridagi avariyalarni



Download 24,63 Kb.
bet3/5
Sana12.04.2022
Hajmi24,63 Kb.
#545479
1   2   3   4   5
Bog'liq
mm...

Kommunal-eniergetika tarmoqlaridagi avariyalarni
sheklash yoki bartaraf etish
Kommunal-energetika tarmoqlaridagi avariya oqibat-larini bartaraf etishda ixtisoslashtirilgan, tayyorgarlik ko'rgan va qurollangan maxsus tuzilma mutaxassislari ishtirok etadilar. Ularga yordam berish uchun umumiy tuzilma a'zolari jalb etilishi mumkin.
Elektr tarmoqlaridagi avariyalar elektr-energiya o'chirilganidan keyingina bartaraf etiladi. Umumiy elektr energiya tarmoqlari o'chirilgandan keyin elektr energiyani vaqtinchalik tiklash tadbirlari ko'riladi. Zilzila sodir bo'lganda, vayron bo'lgan yoki yong'in sodir bo'lgan bino va inshootlarda odamlarni qutqarish ishlari olib borayotganlarni elektr-energiya bilan ta'minlash blarinchi darajadagi vazifalardan hisoblanadi.
Elektr-energiya bilan ta'minlash yoki avariya sodir bo'lgan elektr-energiya tarmoqlarini tiklash imkoniyati bo'lmagan taqdirda ko'chma elektrostansiyalar yoki energopoyezdlardan foydalanish zarur. Suv tarmoqlarida sodir bo'lgan avariya oqibatlarini bartaraf etishda joylarda vayrona uyumlarini tozalash, shikastlangan suv tarmog'ini to'xtatish kerak. Ko'chalardagi suv tarmog'i quduqlari, vayrona uyumlarida suv paydo bo'lishi va suv quvurlarida suv bosimining pasayishi suv tarmoqlarining buzilganligini ko’rsatadi. Bino yoki inshootlar konstruksiyadagi mustahkam bo'lmagan qism-larni mustahkamlash yoki buzib tashlash. Zilzila sodir bo'lganda devorlar, qavatlar o'rtasidagi to'siqlar, bino va inshootlarning konstruksiyasida yoriqlar hosil bo'lishi natijasida ular qiyshayib yoki osilib qolishi mumkin. Bunday holatlar aholi uchun ham, qutqaruv ishlarini olib borayotgan tuzilmalar uchun ham xavf soladi. Shuning uchun bunday bino va inshootlarning konstruksiyalari buzib tashlanishi yoki mustahkamlanishi kerak.
Shikastlanganlarni jamlash va tibbiy shaxobchalarini jihozlash. Shikastlanganlarni jamlash va tibbiy yordam ko'rsatish uchun qulay, saqlanib qolgan binolar yoki yerto'lalarni tanlash mumkin. Ularga eng qulay va xavfsiz kirish yo'llari tanlanadi. Zarurati bo'lsa, vaqtinchalik kommunal-energetika tarmoqlar tiklanib, suv, gaz, elektroenergiya bilan taminlanadi. Suv bilan ta'minlash shaxobchalarini jihozlash. Suv bilan ta'minlash shaxobchalari aholi va tuzilmalarni suv bilan ta'minlash uchun zarur bo'lib, ular saqlanib qolgan suv manbalari, artezian quduqlar, ochiq suv havzalarini tashkil etadi. Birinchi navbatda, avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo'lmaydigan ishlar bajarilayotgan hamda shikastlanganlarni jamlash va tibbiy punktlar joylashgan hududlar suv bilan ta'minlanadi.
Avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo'lmaydigan ishlarni olib borishda xavfsizlik tadbirlari. Avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo'l-maydigan vayrona uyumlari orasida yurish; buzilgan bino va inshootlarga kirish, qulab tushishi ehtimoli bor bo'lgan binolar yaqinida turish xavflidir. Zararlangan bino va inshootlar oldiga faqatgina ularning xavfsiz tomonidan kelish mumkin. Bino va inshootlarning ichki qismini ko'zdan kechlarganda ochiq shakldagi yoritgichlardan va kerosinli fonarlardan foydalanish ham xavfli, chunki ular ikkilamchi vaziyat sodir bo'lishiga sabab bo'lishi mumkin.
Yonayotgan, tutun bosgan va vayrona uyumlari bilan to'silib qolgan joylarga kirayotganda arqonga boylanib, arqonning ikkinchi uchini kirish joyida turadigan sherigingizga qoldirsangiz, bu holat xavfsizligingizni ta'minlaydi. Yonayotgan xonalarga kirayotganda kirish eshiklarini ehtiyotkorlik bilan ochish va alanganing otilib chiqishini to'sa oladigan yoki qizigan gaz alanga olganda yong'indan muhofaza qila oladigan matodan foydalanish ham sizning xavfsizligingizni ta'minlaydi. Yonayotgan xona ichida emaklab yoki engashib harakat qilish, zarurati bo'lganda xonadan tez chiqib ketish uchun derazaga yaqin joylarda harakatlanish xavfli vaziyat sodir bo'lishining oldini oladi. Uzoq vaqt davom etgan yong'indan so'ng yerto'lalarga gazniqob kiyib yoki yaxshilab shamollatilgandan so'ng ish jarayonini boshlash xavfli vaziyat sodir bo'lishining oldini oladi.
Vayrona uyumlari orasida hovuzlar tayyorlashda ularning chetlarini mustahkamlash kerak bo'ladi. Mustahkamlash uchun metall va yog'och konstruksiyalarning bo'laklarini ishlatish mumkin. Mustahkamlanmagan vayrona uyumlaridan tushish va chiqish joylari sifatida foydalanish maqsadga muvofiq emas.
Baland joylarda ishlash kerak bo'lgan hollarda albatta ehtiyot vosita-laridan foydalanish kerak (qutqaruv arqonlari va belbog'lar). Gazlashgan obyektlarda ish olib borish jarayonida yakka muhofaza vositalaridan foydalanish xavfsizlikni ta'minlaydi. Zarar ko'rgan yoki buzilgan binolarda ish olib borayotganda himoyasiz qo'l bilan elektr simlarini va elektr simlari tegib turgan metall buyumlarni ushlash xavfli hisoblanadi. Shuning uchun ishni boshlashdan oldin elektr tarmoqlari o'chirib qo’yiladi.
Vayrona uyumlari, shaxtalarda, kirish joylari shikastlangan bino va inshootlarda ogohlantiruvchi qizil chiroq o'rnatib qo'yiladi.


Download 24,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish